O’qitishni tashkil qilish usullari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o’zaro hamkorlikka asoslangan.
O’qitish vositalari: odatdagi o’qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop) dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari:tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari (o’zaro) aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: butun kurs davomida ham o’qitishning natijalari reyting tizimi asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki yoki test topshiriqlari yordamida ta’lim oluvchilarning bilimlari baholanadi.
Yuqoridagi kontseptual yondashuv va “Kimyo tarixi” fanining tarkibi, mazmuni, o’quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o’qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.
Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari Ma’ruza shakllari va uning o’ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari:
1. Kirish ma’ruzasi. Fan to’g’risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo’nalishlar beradi. Pedagogik vazifasi: o’quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o’rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo’nalishini belgilash, tavsiya qilingan o’quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.
2. Ma’ruza axborot. Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o’quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.
3. Sharhlovchi ma’ruza. Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o’zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo’limlarining kontseptual asosini tashkil etadi.
Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o’zaro aloqadorligini ochish.
4. Muammoli ma’ruza. Yangi bilimlar qo’yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o’quvchining o’qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashadi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo’yish va uni echimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.
5. Vizual ma’ruza. Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarini o’qitishning texnik vositalari va audio-, videotexnika yordamida berish.
6. Binar (ikki kishilik) ma’ruza. Bu ma’ruza ikki o’qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyondasining, o’qituvchi-talabaning dialogidan iborat. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish.
7. Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza. Xatolarni izlashga mo’ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o’tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi. Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilish va talabalarni rag’batlantirish.
8. Ma’ruza konferensiya. Avvaldan qo’yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o’quv dasturi chegarasida o’tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg’ulot oxirida o’qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalariga yakun yasab, to’ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotning mazmunini yoritish.
9. Maslahat ma’ruza. Turli ssenariylar yordamida o’tishi mumkin. Masalan, 1) «Savol-javob» - ma’ruzachi tomonidan butun kurs bo’yicha yoki alohida bo’lim bo’yicha savollarga javob beriladi. 2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotini o’zlashtirishga qaratilgan.