O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligiO’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi. O’qituvchi
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: 1. Elementlarni sistemalashtirishdagi dastlabki urinishlar. 2. D. I. Mеndеlеyеv tomonidan davriy qonun va kimyoviy elеmеntlar davriy jadvalining kashf qilinishi. 3. Davriy qonunning turlicha ta’riflanishining tarixiy sabablari. 4. Dаvriy jadvallarning xillari. 5. Kimyoviy elementlar barqarorligining atom yadrosining tarkibiga bog’liqligi. 6. Radioaktivlik hodisasi va elеmеntlar to’g’risidagi yangi tushunchalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Davriy qonun. Atomanalogiya. Radioaktivlik hodisasi. Elektron. Elektron orbitallari. Neytron. Pozitron. Yadro. Nuklon. Izotop, α-, β-, γ-nurlari. Siklotron. Nobel mukofoti. Energiya. Bombardimon qilish. "Snaryad". Transuran elementlari, ularning yarim yemirilish davri. Siborg gipotezasi. Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: 1.1. Lavuazye, Kuk Dyuma, Odling, Kannissaro, Shan-Kurtua, Meyer, Nyulendslarning elementlarni tizimlashtirishdagi yutuq va kamchiliklari nimadan iborat edi? Nima uchun aynan D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy qonunini yarata oldi? Uning asosiy va hal qiluvchi omilini bilasizmi? 1.2. Sinflash va tizimlashtirish - har qaysi fanning asosiy funksiyasidir va ular orasidagi munosabat. 1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarni elementlarni tizimga solish ehtiyojlari va bu sohadagi dastlabki urinishlar, davriy qonunning yaratilishi va uning turlicha ta’riflanishining tarixiy sabablari bilan tanishtirish, bilim va malakasini oshirish. Identiv o’quv maqsadlari: 6.1.1. Kimyoviy elementlarni tizimga solish ehtiyojlari va bu sohadagi olimlarning ishlari mohiyatini o’zlashtiradi; 6.1.2. D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonunning yaratilishi va uning nima sababdan turlicha ta’riflanishi haqida tushunchaga ega bo’ladi; 6.1.3. Yulduz usuli yoki “atomanalogiya” usullari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi; 6.1.4. D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar haqidagi bashoratlarini izohlaydi va misollar keltiradi. Yüklə 1,01 Mb. Dostları ilə paylaş: |