1.2.3. Alkimyo davrining boshlanishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi;
1.2.4. Alkimyogarlar oldiga qo’yilgan 3 ta vazifa to’g’risidagi ma’lumot beradi va ularini tahlil qila oladi;
1.2.5. Turli mamlakatlardagi alkimyogarlarning faoliyatini tahlil qila oladi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: alkimyo, donishmandlik tarozisi (o’lchamlari), arab va yevropalik alkimyogarlar. Ruhoniylarning kimyo fani va uning yutuqlariga munosabati. Koinot markazi. Eritma tayyorlash, cho’ktirish, haydash, bug’lantirish. Sublimatlash, kalsinatsilash (kuydirish), qayta kristallash, ekstraksiyalash. “Zar suvi” yoki “podshoh arog’i”. Cherkov inkvizitsiyasi.
1.4. Dars shakli:guruh va mikroguruhlarda.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: suhbat, ma’ruza-hikoya, bahs, videousul.
Kerakli jihoz va vositalar: rasmlar, videoproyektor, videofilmlar.
O’qituvchi
2
O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu e’lon qilinadi.
2.2. Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi.
O’qituvchi, 15 minut
3
Guruhda ishlash bosqichi: 3.1. Talabalarga muammoli savol beradi (1.1) .
3.2.Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi.
O’qituvchi-talaba, 40 minut
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi: 4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
“Ilohiy mo’jizali san’at” ning mohiyatini tushuntiring.
Misrliklar amaliy kimyo fanini yaxshi o’zlashtirishgan bo’lsa-da, qaysi sohada xatoga yo’l qo’ygan edilar?
Modda va enеrgiya turlari va ularning bir turdan ikkinchi turga aylanishiga misollar keltiring.
XVI asrda fransuz olimi P.Gassеndining atom tushunchasi haqida ta'limotini bayon qiling.