Foydalanilgan adabiyotlar
1.B.С. Бойко «Разработка и эксплуатация нефтяных месторождений», Москва, Недра, 1990г.
2.Разработка и эксплуатация нефтяных, газовых и газоконденсатных месторождений. Под редак. Гиматудинова Ш.К.- М: Недра, 1988.
Ma'ruza-7. Neft konlarini ishlatish jarayonining tahlili, nazorati va boshqarilishi
Ma`ruza rejasi:
7.1.Neft' konlarini ishlash holati tahlili
7.2.Neft va gaz uyumlari ishlatishni kon geologik nazorat qilish usullari.
7.3.Neftli uyumlarni ishlash jarayonini boshqarish
7.4.Qatlamlar va ishlash sharoitlarini modellashtirish
Tayanch so`zlari
Qatlam neftining gaz miqdori, gazsizlantirilgan neft', neftda erigan gaz, suv bostirish, olinadigan zahiradan foydalanish koeffitsenti, quduqning maqsulot miqdori, quduqlarni tadqiqot qilish, vertikal turlilik, gorizontal turlilik, flyuidlarning turlili, gazsuvneft' omili, aralash tarz, fizik modellar, matematik model, neft' va gaz debiti,
7.1.Neft' konlarini ishlash holati tahlili
Neft' konini ishlash loyihasini amalga oshirishni birinchi davridanoq olingan kon-geologik ko`rsatgichlarni va ishlash ko`rsatgichlarini tahlil qilish boshlanadi.
Konni ishlash jarayonini boshlang’ich, har kunlik tahlil qilishni boshqarmaning geologik xizmati yoki markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (TsNIL) yoki ilmiy va ishlab chiqarish ishlari cexi (TsNIPR) tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlashni boshlang’ich tahlil qilishning vazifalari quyidagilar:
1. Quduqlar va qatlamlarni geofizik gazogidrodinamik va maxsus tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
2. Konni ishlashni nazorat qilish bo`yicha ma`lumotlarni tahlil qilish.
3. Neft' olishni jadallashtirish bo`yicha olib borilgan ishlar natijalarini tahlil qilish.
4. Konni ishlash loyiqasini aloqida qismlariga tuzatish kiritish.
quduqlar va qatlamlarni tadqiqot qilish natijalarini qayta ishlash quyidagilarga yordam beradi:
- qatlam ko`rsatgichlarini aniqlaydi;
- quduqqa neftni oqim tenglamasidagi sirqish qarshiligini aniqlaydi;
- yangi va ishlatilayotgai quduqlar uchun texnologik tartibni o`rnatish;
- qalinlik bo`yicha maqsuldor yotqiziqlarni sirqish darajasini - ishlovchi va ishlamaydigan oraliqlarini aniqlash;
- quduqlar va qatlamlarni joriy gazkondensat tasnifini o`rnatish.
Dostları ilə paylaş: |