O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Muddatdan oldin suvlanishning sabablari suvlanishga karshi kurash



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə94/96
tarix22.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#190155
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

14.4.Muddatdan oldin suvlanishning sabablari suvlanishga karshi kurash

Suv bosimi taziyiki tizimida maxsulot olinadigan quduqlarning suvlanishi-uyumning ilgari neft bilan tuyingan kismi ichiga suv-neft tutash yuzasining xarakati natijasida yuzaga keladigan tabiiy va konunga muvofik jarayondir.


Neft olinuvchi quduqlarga suv yorib utishi bilan neft olishni kuzatish mumkin. Suv yorib utishininг sabablari kuyidagilar bulishi mumkin:
1) Uyumning utkazuvchanligini mintakalanish (maydon buyicha) va qatlamning (qatlam kalinligi) turli jinsligi; sikib chikarishning kovushkoklik va gravitatsion noustivorligi; maxsulot olinuvchi va suv xaydovchi quduqlarni joylashtirish xususiyati.
2) Ostki suvlarning yotishi; qatlam kiyaligi, sikib chikarish frontining yoyilishi.
3) Yuqori utkazuvchanlikka ega kanal va yoriklarning mavjudligi, ayniksa yorik govakli kollektorlarda;
4) Ishlatish quvurlar birikmasining va tsement xalkasining nogermetikliги.
Asosan muddatdan oldin suvlanish kuyidagilar natijasida yuzaga keladi:
a) Uyumning bir jinsli bulmagan mintakalanish maydoni buylab xaydaladigan suvda "til" hosil bulishi (maydon buylab suv bosishi);
b) Ostki suvlarning konussimon shakl olishi;
v) Bir jinsli bulmagan kavatli qatlamda, utkazuvchanligi katta bulgan qatlamchalar suv xarakatini ildamlashtirilishi (qatlam kalinligi buylab suv bosimi);
g) Yuqori utkazuvchanlikka ega yoriklarning suv yorib utishining tezlashishи;
d) Quvurlar birikmasi va cementli xalkaning nogermetikligi tufayli Yuqori, urta va ostki suv qatlamlaridan suvning utishi.
Qatlam va quduqlarning muddatdan oldin suvlanishi joriy neft kazib olishning va sunggi davrdagi neft beraolishlikning pasayishiga (suv yuvilgan mintakalar buylab samarasiz aylanadi, qatlamning boshka mintakasida neft tuplamlari kolib ketadi), katta iktisodiy yukotishlarga, katta suv mikdorini er yuziga chikarish, tayerlash va kayta qatlamga xaydashga; neft tankisligini oldini olish uchun yangi konlarni ishga tushirish zaruriyatini olib keladi. Qatlam va quduqlarning suvlanishiga karshi kurash muammosi yanada dolzarb bulib kolmokda.
Qatlamni va quduqlarni muddatdan oldin suvlanishini oldini olish uchun, ishlash jarayonida kuyidagi boshkarish usullari kullaniladi. Quduqlarni ishining texnologik tizimlarini optimallashtirish bilan tiл va konus xosil qilishini kamaytirishiga erishiladi, kup qatlamli konning Yuqori utkazuvchanlikka ega bulgan qatlamlaridagi suvning ildamlanish xarakatini bartaraf etish uchun esa bir vaktda ajratib ishlatish usuli kullaniladi.
Neftni suv bilan sikib chikarish sharoitida neft konlarini ishlashda qatlamdan olinayotgan suyuklikning 98 % suvlanishga kadar kuzatiladi. SHuning uchun suv yulini berkitishdagi ta`mirlov ishlarini amalga oshirish fakangina quduq muddatidan oldin suvlanish paytida maksadga muvofik. Ajratish - ta`mirlash ishlarini asosiy maksadi loyixaviy neft Bera oluvchanlik koeffitsientiga erishish uchun qatlamni ishlatishni optimal sharoitini yaratishdan iborat.
Quduqlarni suvlanish yullarini ochiq oydin tasavvur etish bilan, ajratish ishlarini maksadini, tanlangan usuli va uni amalga oshiruvchi texnologiyani asoslashni anik ifodalash mumkin. Suvning kirib kelish yullarini urganishda kon - geofizikasi tadkikoti usullari kullaniladi: mustaxkamlanmagan quduqlarda esa radioaktiv indikator xaydash usuli, termometriya, impul'sli, neytron - neytronli karotaj ( INNK), azot xaydash va xokazo. Birok bu usullar xar doim xam ishonchli emas. SHuning uchun okimi yulini ajratish bilan boglik masalalarini ajratish ishlari natijalariga asoslangan xolda sinalgan yul bilan xal etish kerak.
Bir eki bir necha ta`mirlov - ajratish ishlarini bajarganda, xar bir ajratish usuli uzining samarali kullash doirasiga ega. Uni maxsuldor Qatlam yoki suvlantiruvchi qatlamning geologik-fizik xususiyatlarga, quduq konstruktsiyasiga, gidrodinamik sharoitlarga, berilgan kondagi ta`mirlov - ajratish ishlarini utkazish tajribasiga . materiallar va texnika Bilan jixozlanganligiga brglik xolda tanlanadi. Juda keng kulamda tsement suspenziyasi va TSD -9 mum tarkibi kullaniladi. Birinchisi govaklik muxitiga sezilmaydigan va 0,15 mm dan kata ulchamdagi kanallarni tuldira oladigan. Ikkinchisi esa g’ovak muxitiga seziluvchi va xajm buylab kotadiganlar.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin