O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Rejalashtirish hujjatlarini tuzish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə40/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

7.3. Rejalashtirish hujjatlarini tuzish
Shug'ullanuvchilarning tayyorgarlik toifasini inobatga olib, o'quv bazasining holatini va qanday sharoitda o'tkazilishini inobatga olib, gimnastika o'quv-mashg'ulot jarayoni uchun rejalashtirishning ishchi hujjatlarini tuzish texnologiyasi (dastlabki mashg'ulotlarni tahlil qilish, ma'lumotnomalar tayyorlash, mashg'ulotlarni baja­rish ketma-ketligi) yagona mantiqiy jadval asosida amalga oshi- riladi.
Lekin tabiiyki, bu hujjatlarning mazmuni har bir sport tayyor- garligi toifasi uchun boshqa-boshqa bo'ladi. Rejalashtirishning ishchi hujjatlari tayyorlash jarayoni texnologiyasini tushunish oson bo'li­shi uchun, umumiy ta'lim maktablaridagi sport gimnastikasining sho'basi hujjatlarini qarab chiqamiz.

X - 361

113


7.3.1. Ish rejasini tuzish



Dastlabki ma'lumotlar. Sport gimnastikasi sho'basi. O'quv bo'limlari to'rtga bo'linadi: 2 tasi o'smirlar bo'limi va 2 tasi qiz bolalar bo'limi bo'lib, shug'ullanuvchilaming hammasi o'smirlar toifa mezonlarini bajargan bo'lishi lozim. Shug'ullanuvchilar 9—10 yoshda. Mashg'ulotning tayyorlov davri 3 oyga yaqin (30 mash­g'ulot) davom etadi. Mashg'ulotlar haftasiga 3 marta 2 soatdan o'tkaziladi.
Vazifalar Dastlabki ma'lumotlaming tahlilidan keyin, awalo, rejalashtirilayotgan davrdagi o'quv-mashg'ulotjarayonining vazifa­lari aniqlanishi kerak. Ularni bunday ifodalash mumkin:

  1. II o'smirlar toifasining tasnif dasturi va hajmi dasturning ayrim elementlari va birikmalarini bilib olish;

  2. jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini toifa mashqlari shug'ullanuvchilar oldiga qo'yadigan talablardan biroz yuqori darajaga yetkazish;

    1. shug'ullanuvchilarda harakat faoliyatini gimnastika uslubida belgilab qo'yilgan turli parametrlarda bajara bilish malakalarini takomillashtirish;

    2. shug'ullanuvchilaming sport gimnastikasi mashg'ulotlariga qiziqishining yanada barqaror bo'lishiga erishish.

Vositalar Vazifalar belgilab olingandan keyin, ularni amalga oshirish vositalarini tanlash ham uncha qiyin bo'lmaydi. Bizning misolda quyidagilar shunday vositalar jumlasiga kiradi: gimnastika ko'pkurashi mashqlari; buyumlarsiz, mayda buyumlar va jihozlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar; joydan joyga o'tish turlari: xoreografiya (moslamalar yonida bajariladigan mashq­lar); jismoniy va texnik tayyorgarlik, o'yin va estafetalar; kinofilmlar; suhbatlar.
Ishchi rejasini tuzish tartibi
1. Mashqlarning alohida turlari, mashg'ulotning qachon, qa- yerda o'tkazilishini aniqlash. Gimnastika ko'pkurashi mashqlari jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarining asosiy qismida o'quv bo'limlarida o'tkaziladi; umumrivojlantiruvchi mashqlar mash- g'ulotlarini xoreografiya tayyorlov qismida frontal tarzda; joydan joyga o'tish turlari, o'yin va estafetalar ham mashg'ulotning tay­yorlov yoki yakunlovchi qismida frontal tarzda o'tkaziladi.

      1. Mashg'ulotning asosiy qismidagi mashq turlari sonini aniq­lash. Mashq turlari sonini to'g'ri belgilash uchun shug'ullanuvchilar tarkibini, mashg'ulot davrini, mashg'ulotlar qancha davom etishini hisobga olish kerak. Bizning misolda mashq turlarining soni jismoniy tayyorgarlikni ham qo'shib hisoblaganda to'rttadan oshmasligi lozim. Agar turlar soni kamaytirilsa, ya'ni har bir tur bilan shug'ullanish vaqti oshirilsa, unda o'rgatishning samarasi kamayishi va shug'ulla­nuvchilarda bu turlarga bo'lgan qiziqishning yo'qolish xavfi tug'i- ladi. Turlar soni ko'paytirib yuborilganda esa o'rgatish mutlaqo samarasiz bo'lishi mumkin.

      2. Ish rejasi shaklini chizib qo'yish. Bunda faqat shu shaklga rioya qilish shart degan gap emas. Bordi-yu, uni qulay va ko'r­gazmali boshqa shakli bilan almashtirish mumkin bo'lsa, o'sha shakldan foydalansa ham bo'ladi.

      3. Nazariy mashg'ulotlar vaqti va o'rnini belgilab, bu ma'lumot- larni ish rejasiga kiritish. Ikkita shunday mashg'ulotni nazaiga tutishni tavsiya etamiz: biri gimnastika va mashg'ulotlar gigiyenasi haqida suhbat, ikkinchisi esa «II o'smirlar toifasi» mashqlari kinofilmini namoyish qilish. Birinchi mavzudagi suhbatni rejalashtirishning dastlabki davrda o'tkazish, kinofilmni esa shu davrning ikkinchi yarmida, shug'ullanuvchilar toifa mashqlarining elementlari bilan amalda tanishib olganlaridan keyin namoyish qilish kerak. Suhbatga, qolaversa, film namoyish qilishga 30 daqiqa vaqt ajratilsa bo'ladi. Shuning uchun beshinchi mashg'ulotda ham, yigirmanchi mash- g'ulotda ham to'plam (kompleks) rejalashtirsa bo'ladi.

      4. Ish rejasidagi gimnastika ko'pkurashidan tashqari, hamma tur mashqlarning o'mi shartli belgilar bilan belgilanadi (ish dasturi tuzilgandan keyin belgilangan mavzular raqami bilan alrnash- tiriladi). Har bir mashg'ulotdagi mazkur mashqlarning o'rnini belgilashdan oldin quyidagilami amalga oshirish kerak: birinchidan, xoreografiya mashqlari o'zining asosiy vazifasidan tashqari, mushaklar chigilini yozish vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun xoreografiyani va umumrivojlantiruvchi mashqlami bitta mash- g'ulotga mo'ljallab rejalashtirmaslik kerak. Ikkinchidan, yana shu sabablarga ko'ra„ joydan joyga turli xil ko'chishlar va estafetali o'yinlarni bitta mashg'ulotda o'tkazmaslik kerak.

      5. Gimnastika ko'pkurashi mashqlari turlarining jadvalini tuzish. Mashq turlarini kunlarga bo'lib almashtirishning eng yaxshi shaklini

tanlashdan boshlash kerak. Quyidagi shakllar talabaga ma'qul bo'lishi mumkin: har ikki mashg'ulotning birida turlarni batamom almashtirish, bir turni ikki yoki uch marta takrorlash. Bu shakl- larning birinchisi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham muayyan sharoitda eng yaxshi shakl hisoblanadi. Bizning misolda ikkinchi va uchinchi shakllar maqsadga muvofiqdir.
Mashg'ulotning aynan tayyorlov davri uchun jadval tuzayot- ganda mashq turlarining qanchalik og'ir-yengilligini inobatga olish va shunga muvofiq butun rejalashtirilayotgan vaqt mobaynida bu mashq turlarining qancha takrorlanishini hisoblab olish zarur.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin