O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə37/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

5.5. Gimnastika maydonchasi
Gimnastika maydonchasi —gimnastika mashg'ulotlari o'tka- ziladigan maxsus gimnastikaga oid jihozlar bilan ta'minlangan joy va ko'kalamzorlashtirilgan yer uchastkasi. Maydonchaning o'lchamlari 40x26 m. Maktab yoshidagi bolalar bilan mashg'ulot o'tkaziladigan maydoncha kichikroq (35x25 m) bo'lishi mumkin. Bunday maydonchani maktab hududida, o'yingohlarda, istirohat bog'larida yoki mahalla huzurida shug'ullanuvchilar o'z kuchi bilan jihozlashi mumkin.
Maydonchalarda gimnastika shaharchasi qurishni tavsiya etamiz. Shaharcha, barcha asosiy jihozlardan, ayniqsa, osib qo'yiladigan va uzoq vaqtga mo'ljallangan — qotirilgan gimnastika mashg'ulotlari o'tkazishga mos yoki yordamchi jihozlardan tashkil topgan bitta to'plama qilib birlashtiigan gimnastika moslamalaridan iborat bo'ladi. Bir uchi yerga ko'milgan, balandligi 4,5—6,0 m, yog'och ustunga yoki temir tirgovuchlarga mahkamlab qo'yilgan gorizontal to'sin- larga halqalar, xoda, arqonlar, langarcho'plar, gimnastika devor- chalari, yakkacho'plar (past va baland) va h.k. buyumlar o'rnatiladi.



        1. Magneziyani ehtiyotlab ishlatishlari, mashg'ulot tugagandan so'ng shug'ullanuvchilar yakkacho'pning temir tayog'ini, qo'sh- poyalarning yog'ochlarini, halqalarni, yog'och otning tutqichlarini magneziyadan tozalab, sochiq bilan, to'shaklarni esa ho'l latta bilan artib qo'yishlari.

        2. Jihozlarni maxsus xonalar yoki taxmonlarda (isitish asbob- laridan uzoqroqda) saqlashlari.

        3. Zalni har kuni supurib-sidirishlari, pol, devor, deraza tok- chalarini, eshik va h.k.larni issiq suv bilan yuvishlari, yumshoq jihozlarni (akrobatika poyandozi, erkin mashqlar gilami va h.k.larni) changyutgich bilan muntazam tozalab turishlari.

        4. Mashg'ulotlar orasidagi tanaffuslarda polni ho'l latta bilan artib, zalni shamollatishlari shart.

Zalga kiraverishda quyidagilarga rioya qilinadi:

          1. zalda faqat sport kiyimi va maxsus oyoq kiyimida yurish;

          2. mashg'ulot vaqtida o'qituvchi (murabbiy) ko'rsatmalarini aniq bajarish, o'rtoqlariga ko'maklashish;

            1. xavfsizlik qoidalarini, o'zini himoya qilish usullarini bilib olish;

            2. zalga kirish va chiqishda faqat o'qituvchidan ruxsat so'rashni eslatuvchi yo'riqnomalarni osib qo'yish shart.

O'quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun jihozlarni xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda joylashtirish kerak. Gimnastika jihozlarini tashishga ko'p vaqt sarflamaslik uchun ularni saqlana­digan joyga yaqinroq o'rnatgan ma'qul. O'quv bo'limlari (kichik guruhlar)ni bir tur mashg'ulotdan ikkinchisiga eng yaqin yo'l bilan, tez o'ta oladigan, ammo bunda boshqalarga xalaqit bermaydigan qilib joylashtirish lozim.
6-bob. GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARIDA SHIKASTLANISHNING OLDINI OLISH
6.1. Shikastlanish sabablari
Gimnastika mashg'ulotlarida mehnat va turmush tajribasida nihoyatda kamdan kam uchraydigan xilma-xil mashqlar qo'lla­niladi. Ular murakkab harakat faoliyatidan tashkil topib, ularni bajarish esa o'ziga xos sharoitlar bilan bog'liq. Bu sharoitlarni belgi- laydigan omillardan eng muhimi quyidagilar:
1. Gimnastikaga oid jihozlarda, maxsus tuzilmalarda bajarila­digan shaklan va mazmunan xilma-xil bo'lgan ko'p sonli harakat- larning mavjudligi.

              1. Gimnast tanasining fazodagi holati doimo o'zgarib turadigan aylanma harakatlarning ko'pligi.

              2. Uchib tushayotganda va yerga qo'nish chog'ida harakatlarni boshqara bilish.

Gimnastika mashg'ulotlarida shikastlanishga yo'l qo'ymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga qaratilgan choralar ko'rilishi kerak.
Quyidagilar jarohatlanishning asosiy sabablari bo'lishi mumkin:

                1. Mashg'ulotni tashkil qilish qoidalari va uning uslubiyatiga rioya qilmaslik.

                2. Jihozlarni o'z vaqtida tekshirib turmaslik.

                3. Sanitariya-gigiyena shartlarini buzish.

                4. Shifokor nazorati yo'qligi yoki muntazam ravishda o'tkazib turmaslik.

                5. Shug'ullanuvchilar o'rtasida tarbiyaviy ishlarni yetarli olib bormaslik.

                6. Shug'ullanuvchilarning yangi va murakkab mashqlarni baja­rishga jismonan tayyor emasligi.

Jarohatlanishning oldini olish maqsadida mashg'ulot va muso­baqalar o'tkazishdan oldin quyidagi talablaiga amal qilish kerak:

                  1. o'quv hujjatlari (rejalar, ma'ruza matnlar)ni tayyorlab qo'yish;

                  2. mashg'ulot o'tkaziladigan joylarning sanitariya-gigiyena talablariga qanchalik tayyorligini, sport buyumlari va jihozlarning buzuq emasligini, shug'ullanuvchilarning sport kiyimi va poyabzali- ning gigiyena talablariga qanchalik javob berishini tekshirib ko'rish;

                  3. gimnastning sog'lig'i yomonlashishi oqibatida yoki biron boshqa sabablar natijasida sodir bo'lgan oraliqdagi uzilishdan keyin mashg'ulotga, musobaqalaiga qatnashishga ijozat berilganligi haqida shifokorning ruxsatnomasi bor-yo'qligini tekshirib ko'rish.

Mashg'ulot o'tkazilayotgan vaqtda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

                    1. mashg'ulotlarni tashkillashtirishning barcha qoidalariga rioya qilish;

                    2. mashg'ulot oldidan har bir jihozning mahkamlanadigan joylari mustahkamligini, gimnastika to'shaklarining jihozlar oldiga qanday to'shalganligini, magneziya va kanifolning sifatini tekshirish;

                    3. zamonaviy o'rgatish, ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, pedagog-murabbiyning talaba-sportchiga mohirlik bilan ko'maklashishi va uni muhofaza qilishi.



  1. Shikastlanishning oldini olish choralari

Yuqorida qayd etilganidek, mashg'ulotlar yomon tashkil etilishi talaba-sportchilarning jarohatlanishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan o'qituvchi va murabbiylarga quyidagilami tavsiya etamiz:

    1. Har bir mashg'ulotning jadvali va rejasiga qat'iy rioya qilish.

    2. Shug'ullanuvchilarda ongli ravishda intizomli bo'lishni tar­biyalash, ulardan hamma ko'rsatmalar bajarilishini talab qilish.

    3. Har bir shug'ullanuvchining xatti-harakatini muntazam ra­vishda nazorat qilishni ta'minlash, ularga gimnastika ko'p- kurashining bir turidan ikkinchisiga o'zbilarmonlik bilan o'tishga ruxsat bermaslik.

    4. Shug'ullanuvchilarga jihozlar, depsinish va yeigaqo'nish joy­lari yaxshi ko'rinib turadigan bo'lishi kerak. Jihozlarni shug'ulla- nuvchilar mashq bajarganlarida bir-biriga tegib ketmaydigan qilib o'rnatish.

  1. Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish

Gimnastika mashg'ulotlarida muhofaza qilish va yordam ko'rsatish gimnastika mashqlari texnikasini o'rganish vazifasini muvaffaqiyatli hal etishga emas, balki talabalarning jarohatlanishi ro'y berishiga ham yo'l qo'ymaslikka imkon beradi.
Mashq bajaruvchi sportchi mashq bajarish jarayonida muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o'qituvchi yoki uning sherigi unga o'z vaqtida yordam berishga tayyor turishini muhofaza qilish, deb tushunish kerak. Muhofaza qilishdan yordam ko'rsatishning farqi, yordam ko'rsatganda qo'llab yuborish, turtki berib qo'yish, sportchi bajarayotgan mashqlarning ketma-ketligini ta'minlash uni «surib borish» deb nazarda tutiladi.
Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish, ayniqsa, murakkab harakatlar bajarilayotganda katta ruhiy ahamiyatga ega bo'ladi. Turli gimnastika mashqlari texnikasini o'zlashtirayotganda murabbiy tomonidan amaliy yordam ko'rsatish shug'ullanuvchilarda aniq harakat tasawurining shakllanishiga ko'maklashadi.
Quyidagilar amaliy yordam ko'rsatishning asosiy turlariga kiradi:

  1. mashqlar bajarishda harakatning yo'nalishi bo'ylab «surib borish»;

  2. harakatning eng murakkab qismida biroz ko'mak berish;

d) shug'ullanuvchini statik holatda qo'llab-quwatlash.

«Surib borish» harakatni bir butun holda o'rganib olishni oson- lashtiradi. «Surib borish»dan foydalanilganda o'qituvchi talaba- sportchining faoliyatini buzmaydigan darajada jismoniy kuch sarflab yordam berishi lozim. Biroz yordamlashib (turtki berib) yuborish harakatning alohida qismlari bajarilayotganda qo'llaniladi, xolos.
Shug'ullanuvchi dastlabki, oraliq va pirovard holatlarda bo'l- ganida, ayniqsa, gimnast o'z kuchini yetarlicha to'g'ri sarllay olmay- digan vaqtlarda murabbiy uni qo'llab-quwatlab turadi. Murabbiy qo'llab-quwatlash paytida gimnastning gavdasi jihozga nisbatan to'g'ri holatda (masalan, osilish, tayanish) bo'lishiga ko'maklashadi yoki kerakli vaqtda sportchiga qo'llarni almashtirishga imkon yaratib beradi. Chunonchi, oldinga siltanib turib orqaga aylanishni (qo'sh- poyalarda) o'rganayotganda o'qituvchi shug'ullanuvchini oldinga siltanishning eng yuqori nuqtasida tutib turadi, aylanishdan keyin unga qo'llarini yog'ochlarga o'z vaqtida va to'g'ri qo'yib olishiga yordam beradi.
Amaliy yordamning turli xillaridan foydalanish natijasida gim- nastda to'g'ri harakat tasavvurlari shakllanadi, bu tasawurlar mashqlami mustaqil bajarish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Mashqlami bajarish texnikasi takomillasha borgan sari talaba- sportchilarga yordamlashishda sarflanadigan kuch darajasi kamaya borib, keyinchalik mutlaqo to'xtatiladi.
Tayanib sakrash, jihozlardan sakrab qo'nish va boshqa mashq­lami bajarishda, odatda, shug'ullanuvchilarning bilagi yoki yelka- sidan tutib yordam beriladi. Ayrim paytlarda ko'maklashishda ikki kishi qatnashadi. Baland jihozlarda yordam berib turish uchun maxsus kursilarga, ba'zan esa yog'och otga, «eshak»ka va h.k.larga chiqib olinadi.
Gimnastika mashg'ulotlarida muhofaza kamarlari (lonjlar), parolon to'shalgan chuqurchalar va boshqa texnik vositalar keng qo'llaniladi. Murakkab mashqlami o'rganishning dastlabki bosqich- larida ko'pincha talaba-sportchilarning qo'llarini jihozlarga maxsus sirtmoqlar yordamida boylab qo'yiladi.
Texnik vositalar yordamida muhofaza qilishga katta ahamiyat berish bilan birga, bu ishda haddan oshib ketmaslik kerak, chunki talaba-sportchi murabbiyning yordamisiz bir narsa qilishga o'zida bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yadi, ba'zi talabalarda esa haddan tashqari qo'rquv paydo bo'ladi, natijada, ular shikastlanib qolish- lari ham mumkin. Yordam ko'rsatish va muhofaza qilish vositalaridan zarur vaqtlarda mohirona foydalanish o'rgatish muddatini



qisqartiradi va shug'ullanuvchilarga rahiy to'siqlardan o'tib olishda (qo'rquvni yengishda) jiddiy yordam ko'rsatadi.
Asabi mustahkam bo'lmagan talabada yangi va murakkab mashqlarni bajarish jarayonida qo'rquv paydo bo'lish bilan bog'liq bo'lgan barcha qiyinchiliklarni tezda yengib keta olmaydi. Sport- chining bu salbiy hissiyotiga qarshi mashqlarning murakkablik darajasini asta-sekin oshirib borish yo'li bilan kurashish kerak bo'ladi. Bunga esa o'rgatilayotgan mashqlar tuzilmasini o'zgartirish yo'li bilan, jihozlar balandligini asta-sekin ko'tarish, amaliy yor­dam ko'rsatish darajasini kamaytirish, masalan, qo'lda ushlab ishla- tiladigan kamar yordamida muhofaza qilishda faqat qo'l bilan muho- faza qilishga o'tish yo'li bilan erishish mumkin.
Mashq noto'g'ri bajarilsa, gimnastga shu elementni darhol takrorlash tavsiya etiladi. Mashqlarning xavfli elementlarini bajarishga sportchini undash uchun murabbiylar har xil yo'l tutishadi. Ba'zi hollarda sportchi qo'rqadigan hech narsa yo'qligi va muhofazaning pishiq ekanligiga ishontirishga harakat qilinadi, ba'zan esa buyruq beriladi. Ba'zan gimnastikachining asab tizimini tiklash maqsadida, o'rgatishni biroz to'xtatgan ma'qul.
Muhofaza qilish va jismoniy yordam ko'rsatish bir-biri bilan bog'liq. Mashqlar mustaqil bajarilib, amaliy yordam ko'rsatish bilan muhofaza qilish minimal darajada bo'lganida esa o'z-o'zini muhofaza qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib qoladi.
Talaba mashqlarni mustaqil bajarar ekan, u o'zini o'zi muhofaza qilish usullarini bilib olishi zarur.
Talaba muhofaza vositalari yordamida mashq qilayotganida muhofaza qiluvchi shaxs (murabbiy yoki o'qituvchi) mashq bata- mom tugagunga qadar, talabaning harakatini diqqat bil^i kuzatib turishi, ayniqsa, yerga qo'nishini kuzatishi zarur, chunki biror muvaffaqiyatsizlik natijasida qulab tushib, shikastlanishi mumkin.
Muhofaza qilish usullari muhofaza qiluvchining va sportchining shaxsiy xususiyatlariga (bo'yi, vazni, jismoniy kuchi, harakat tezligi, kaftlarining o'lchami va h.k.larga) bog'liq. Muhofaza qiluvchi quyidagilarni bajarishi shart:

    1. mashqni bajarish texnikasini yaxshi bilishi va sharoitga qa­rab, muhofaza qilish hamda yordam ko'rsatishga qulay joyni tan- lashi;

    2. gimnastning mashq bajarishiga xalaqit bermay, muhofaza turlaridan mohirona foydalanish;

d) talaba-sportchilarning shaxsiy xususiyatlarini bilishi, jaro­hatlanishning oldini olish maqsadida shug'ullanuvchilardan so'rov yo'li bilan o'rganiladigan mashqlar texnikasi (jihozni qo'yib chi­qish, tanani yozish, siltama harakatlar va h.k.lar) haqida talabalar qanchalik yuqori bilimga ega ekanliklarini aniqlab olgan ma'qul. Ayniqsa, charx aylanishlar (halqalarda, yakkacho'plarda) bilan bog'liq mashqlarni bajarish oldidan umumiy va mushaklarning chigilini yozish maxsus mashqlarning yetarlicha bajarilmasligi jarohatlanish sabablaridan biri bo'lishini yoddan chiqarmaslik lozim. Mashg'ulotlarda sakrash va baland joylardan sakrab qo'nish mashq- lariga ham haddan ortiq berilib ketmaslik kerak.
6.4. Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish usullariga o'rgatish
Talabalar gimnastika mashqlari texnikasini o'zlashtirib borish bilan bir vaqtda, o'qituvchi rahbarligida, o'rtoqlariga amaliy yordam ko'rsatish va muhofaza qilish usullarini ham o'rganishlari kerak. O'qituvchi oldin muhofaza qilish va yordam ko'rsatish usullarini, yangi elementni o'rgatish jarayonida ko'rsatgan holda tushuntirib beradi. Keyin har bir talabaga yordam ko'rsatish va muhofaza qilishga ruxsat beriladi. O'qituvchi esa mashq bajarayotgan talabaning boshqa tomonida turib, muhofaza qilish bilan bir vaqtda muhofaza qilish uchun turgan talabaning o'z vazifasini qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Talaba yordam ko'rsatish va muhofaza qilish usullarini bilib olganiga ishonch hosil qilgandan so'ng o'qituvchi unga o'z sherik- larini muhofaza qilishni ishonib topshirishi mumkin, biroq o'qituv­chi shogirdining xatoga yo'l qo'yganini sezib qolsa, u mashq baja- ruvchi talabaga yordam qilish uchun tayyor bo'lishi kerak.
Talaba-sportchilar muhofaza qilish va yordam ko'rsatish ko'nikmalarini mustahkam egallab olganlaridan keyingina, o'qituvchi ularga bir-birini mustaqil muhofaza qilishni ishonib topshirsa bo'ladi. O'qituvchi har gal navbatdagi talabaga muhofaza qilishga ijozat berish oldidan, undan qanday muhofaza qilmoqchi ekanini so'rab ko'rishi kerak. Talabalar mashqlarni bajarish jarayo­nida muhofaza qilishni yaxshi bilishsa ham, o'qituvchi muhofaza qiluvchilarni diqqat bilan nazorat qilib turishi kerak. Mashg'ulot jarayonida muhofaza qiladigan talaba oldiga qo'yiladigan talab mashq bajaruvchi oldiga qo'yilgan talabdan qattiqroq bo'ladi, chunki mu-



hofaza qiluvchining xatosi uning sherigining shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Charchagan yoki mas'uliyatni sezmaydigan talabani muhofaza qilishga qo'yish qat'iyan man etiladi.
Talabalarga muhofaza qilish va yordam ko'rsatishning barcha usuliarini o'rgatish shart. Bunda gimnastika mashqlarining har birida shu mashqning o'ziga xos muhofaza qilish usullari, xavfsizlik choralari mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak.
6.5. Shifokor nazorati va o'z-o'zini nazorat qilib, shikastlanishning oldini olish
Yuqori toifali sportchilarni tarbiyalashdagi muvaffaqiyat, asosan, ularning sog'lig'iga bog'liq. Gimnastlar bir yilda kamida ikki marta tibbiy ko'rikdan o'tishi shart. O'z-o'zini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega bo'lib, uning natijasi gimnastga va uning tarbiyalaydigan ustoziga sportchining salomatlik darajasini kuzatib borish imkonini beradi. Talaba-sportchi mashg'ulotlardan so'ng o'zini qanday his etayotgani, kayfiyati, charchash darajasi, vazni, mashg'ulotgacha tinch holatda, bevosita mashg'ulotdan oldin, mashqlar bajarish jarayonida yurak tomirlari urishini, ishtahasining qanday ekanligini maxsus kundalik daftarda qayd etish kerak.
Mashg'ulot oldidan o'qituvchi shogirdlaridan ularning kayfiyati, o'zini qanday his etayotgani, mashq bajarishga ishtiyoqi bor- yo'qligini bilib oladi. Shogirdlar charchaganligidan yoki o'z sog'li- g'idan shikoyat qilishsa, ustoz shogirdlariga nisbatan kerakli chora- lar ko'rishi (o'sha kunga belgilangan rejani o'zgartirishi, yukla- mani kamaytirishi, murakkab mashqlar bajarishga shoshilmasligi) lozim.
Qattiq toliqqan talabalarni mashg'ulot jarayonidan oldin bilib olish darkor. Quyidagilar charchoqning asosiy belgilariga kiradi:

      1. sportchining diqqat-e'tibori susayishi, mashqlami baja­rishda lanjlik va loqaydligi;

      2. mashqlami bajarish sifatining yomonlashishi;

      3. harakatlar koordinatsiyasining buzilishi;

      4. rangi o'chishi, oyoq-qo'lning titrashi va h.k.lar.

Ayrim hollarda talaba-sportchilarni shifokor nazoratidan o'tib kelish uchun yuborish zarur.
Qattiq charchashning oldini olish uchun quyidagilami bajarish zarur:

        1. Mashg'ulotlarda yuklamalarni to'g'ri rejalashtirishni tartibga solib borish.

        2. Bir xildagi harakatlari bor, murakkab mashqlami (aylanish, umbaloq oshish, yumalash, qattiq joyga tushadigan sakrashlar) bajarmaslik.

        3. Mashqlami bajarishda yengillashtiradigan shart-sharoitlar (yordam ko'rsatish, muhofaza qilish, texnik vositalar, yordamchi mashqlar)dan foydalanish.

        4. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan oqilona foydalanib, jismoniy sifatlarni tartibli ravishda takomillashtirib borish.

7-bob. GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARINI REJALASHTIRISH YA QAYD ETISH
7.1. Gimnastikada o'quv ishini rejalashtirishning ahamiyati va vazifalari

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin