b) ayollar qo'shpoyalari yer sahnidan (balandligi har xil) pastki
yog'ochi 130—150 sm, yuqori yog'ochi 190—249 sm balandlikda
bo'ladi. Yog'ochlar oralig'i 43—55 sm. Umumta'lim maktablari
o'quvcfylari uchun, ko'lami katta bo'lmagan musobaqalarda eski
ramali qo'shpoyalardan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunday
96
holda qo'shpoyalarda mashq bajarishda xavf tug'diradigan bo'rtib chiqqan shikastlangan joylari bo'lmasligi kerak. Yangi zamonaviy qo'shpoyalar (104-rasm) qulayroq;
d) past (yordamchi) qo'shpoyalarning yog'ochlari yer sahnidan 130—150 sm balandlikda bo'ladi. Erkaklar qo'shpoyalarida yog'och- larni muayyan balandlikda tutib turadigan moslama (lo'kidonlar, qisqichlar, vint)lar bo'ladi. Yog'ochlarning balandligini, oralig'ini o'zgartirishda oyoq-qo'l bilan yog'ochni ushlab, ikkinchisi bilan prujinani burab chiqariladi yoki mahkamlanadi. Mashg'ulot oldidan yog'ochlar mahkamlagichlarining qanchalik mustahkamligi, tashqi sirtlarining tekisligi, shikastlanmaganligini tekshirib ko'riladi. Ko'ch- ma qo'shpoyalar omborlarda yoki gimnastika jihozlari qo'yiladigan maxsus xonalarda saqlanadi. Ularni tashishda maxsus aravachalardan foydalanish kerak.
Yakkacho'p (105-rasm) tortqichlar yordamida mustahkam- langan tik tirgovuchlarga gorizontal mahkamlangan, silliqlangan, diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg'ulotni mavzusiga qarab yakkacho'pning balandligini yer sahnidan 120 sm.dan 240 sm.gacha o'rnatsa bo'ladi. Gimnastika mashg'ulotlari bilan shug'ul- lanishni yaqinda boshlagan yosh sportchilar, mashg'ulotlarni devor yonida o'rnatiladigan yakkacho'pda o'tkazishlarini tavsiya etamiz.
Yakkacho'pning tirgovuchlari aniq vertikal, temirdan yasalgan cho'pi esa gorizontal holatda o'rnatiladi. Bunda uning hamma mah-
7 - 361
97
kamlagichlari, ayniqsa, poldagi ilgaklar mahkam bo'lishiga e'tiborni qaratish lozim. Yakkacho'pni tez o'rnatish uchun uni yerga (polga), tirgovuchlari o'rnatiladigan joyga to'g'rilab yotqizib qo'yiladi.
2400±2
105-rasm. Tortqichlari bilan troslarini tekshirib ко'rib, ikki kishi uni tik holatda ushlab turadi-da, boshqa ikki kishi tortqichlarini mahkam- laydi. Bir tomonini to'g'rilab olgandan so'ng, tirgovuchlar bilan yakkacho'pning aniq turishini e'tibordan chetda qoldirmay, tutash- tiruvchi mufta yordamida ikkinchi tomonidagi tortqichlarini tortish mumkin, jihozning kerakli balandligini tezroq aniqlash uchun tirgovuchlarga belgilar (bo'yoq bilan) qo'yiladi. Devor yonidagi yakkacho'pni o'rnatish bundan ham oson, devorga mahkamlab qo'yilgan tirgovuchga qarab ikkinchi (ko'chma) tirgovuch holati belgilanadi va tezgina o'rnatiladi.
Mashg'ulot oldidan tirgovuchlar qanchalik to'g'ri va mustah- kam turganligi, troslarning tortilish darajasi, temir tayoqning ustki tomoni tekshirib ko'riladi. Temir tayoqni mashg'ulot oldidan texnik soda eritmasi yoki benzinda ho'llangan latta bilan (moyi ketkiziladi), mashg'ulotdan keyin esa jilvir qog'oz va sochiq bilan artib chiqiladi.
Erkin mashqlar maydonchasi (gilami)ning o'lchami 12x12 m bo'lib, aylanma oq hoshiyasi bo'ladi. Hoshiya tashqarisida kamida yana 1 m qo'shimcha joy qolishi kerak. Elastik to'shama eng yaxshi qoplama hisoblanadi.
«Ko'prik»cha sakrash uchun, xoda va qo'shpoyalarda mashq bajarish uchun qo'llaniladi (106-rasm). Uning balandligi 12 sm, eni 60 sm, bo'yi 120 sm. Prujinali ko'prikcha (tramplin) balandligi
40 sm, bo'yi 120— 130 sm bo'ladi. Mashg'ulotga ko'prikcha yoki prujinasimon moslamani, odatda, oldingi chetini gimnastika to'sha- giga taqab, polga mahkam turadigan qilib, rezina yo'lagiga qo'yiladi.
Gimnastika xodasi muvozanat mashqlari bajarish uchun qo'llaniladi. Uning uzunligi — 5 m, qalinligi (pastdan yuqoriga) 16 sm, ustki va ostki sathining eni 10 sm. Tashqi sirti tekis va sirg'anmaydigan bo'lishi shart.
Xoda pol sahnidan 120 sm balandlikda bo'ladi. Birinchi mash- g'ulotlarda mushaklar chigilini yozish va yangi mashqlarni o'zlash- tirishda pastroq — 50 sm balandlikda yoki polga yotqizib qo'yilgan xodadan foydalaniladi.
Mashg'ulot oldidan xodaning qanchalik gorizontal va mahkam o'rnatilganligini tekshirib ko'riladi. Uning tashqi sirtiga katta e'tibor beriladi, magneziya yoki kanifol bilan tozalanadi.
Batut — ramaga rezina amortizator bilan tortib bog'langan yuqoriga sakratuvchi gorizontal to'r.
Sakrash uchun tirgovuchlar kvadrat taxta kesimlaridan iborat bo'ladi. Ularning balandligi 2,5 m. Planka (tizimcha)ning balandligi tirgovuchlar muftasidagi «panja» (turtib chiqqan joy)lar yordamida o'rnatiladi.
Tirgovuchlar (стоянки) parallel o'rnatilgan yog'ochlar bo'lib, pastdagi tirgovuchlarga (yoki har qaysisi alohida tirgovuchga) yaxshilab qotirilgan bo'ladi.
To'shaklarning bo'yi 200 sm, eni 125 sm, qalinligi 60—65 sm bo'lib, sportchining yerga kelib qo'nadigan joyiga ikki qavat qilib to'shab qo'yiladi. Ayrim paytlarda bir qavat qilib ham tashlanadi. Murakkab mashqlarni o'rganish paytlarida parolon to'shaklardan foydalaniladi.
Pastlikka sakrash maydonchasi (o'lcham 45x50 sm) ilgaklar yordamida gimnastika devorchasiga o'rnatiladi.
Musobaqa o'tkazishga mo'ljallangan gimnastika jihozlarining shakli, o'lchamlari, egiluvchanligi va polga mahkamlanadigan joylarining qayerda bo'lishi musobaqa o'tkazish qoidalarida belgilab qo'yilgan mezonlarga mos bo'lishi kerak. Umumta'lim maktab- larida, quyi jamoalarda o'tkaziladigan ommaviy (saralash toifasiga ega bo'lmagan) musobaqalarda eski jihozlardan foydalanilsa ham bo'ladi, lekin ular ishchi holatda bo'lishi shart.
5.3. Gimnastika jihozlarining to'plamasi Bunday jihozlarning tuzilmasi quyidagi talablarga javob bera- digan bo'lishi shart:
jihoz qurilmasi guruh bilan mashq qilishga imkon beradigan bo'lishi kerak;
o'lchamlari shug'ullanuvchilarning yoshlari, tayyorgarlik toifalariga mos bo'lishi kerak;
d) jihozlar sodda, ishonchli materialdan yasalgan, tez o'rna- tishga qulay bo'lishi kerak.
Bolalarning universal gimnastika jihozi. Uning ishlatiladigan qismi — g'iloflangan, los arqon.
Uzun yoki ko'p qurilmali yakkacho'p. Uni istalgan balandlikda o'rnatsa bo'ladi. O'zi tirgovuchlarga o'matib qo'yilgan bir qancha temir tayoqlardan iborat bo'ladi
Uzun qo'shpoyalar (past yoki balandligi har xil). Tirgovuchlarga o'rnatilgan bo'ladi (107-rasm).