O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə33/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Ko'maklashish va ehtiyotkorlik usullari
O'qituvchining talabaga ko'maklashishining xilma-xil usullari bor. Masalan, mashq bajarish paytida nima qilishni aytib turish, harakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli haqida oldindan yo'l-yo'riq ko'rsatish va h.k.lar.
Ko'maklashish va straxovka usullarining maxsus bir guruhi o'qituvchi bilan talabaning birgalikdagi faoliyati bilan bog'liq. Masalan, talaba harakat vazifalarini amalga oshirar ekan, unga xatosini tuzatish, texnika elementlarini aniqlash yoki xavfsizlikni ta'minlash uchun jismoniy ko'mak zarur bo'ladi. Shu maqsadda o'qituvchi, alohida dastlabki turish holatini qayd etishda, hara­katlar ketma-ketligini takrorlashda, mashqni yaxlit taqlidan baja­rishda talabaga yordam beradi. Bunda o'qituvchi talabaning harakatini sekinlatib, sun'iy qarshilik hosil qiladi, straxovkani ta'minlab turadi.
O'rgatish vaqtida bu usullarni qo'llash samaradorligi ko'p jihat­dan o'qituvchining qobiliyatiga bog'liq bo'lib, u ayni shu paytda zarur bo'lgan eng yaxshi usulni, talabaning qaysi tomonida turishini va mashqlami birgalikda bajarish uslubini tanlay bilishi kerak. Shuning uchun o'qituvchi o'zining amaliy mehnat faoliyati davomida hamma usullarni maxsus o'rganib va takomillashtirib borishi lozim.
Qo'shimcha belgilar qo'llash, awalo, yangi gimnastik mashq­lami o'zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday belgilar harakat para- metrlari haqidagi tasawurni aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini to'g'ri bajarishga, bajarilgan harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi.
Ko'rinadigan belgilar sifatida, odatda, quyidagilardan foydala­niladi: gimnastika jihozlarining ayrim qismlari, talaba gavdasining ba'zi qismlari, tabiiy belgi (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyum)lar, qo'shimcha buyum (to'plar, tayoqchalar, arg'am- chi)lar, shuningdek, maxsus chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar.



Akrobatika yo'lakchalaridagi belgilarga muvofiq, akrobatika mashqlarini bajarish yuzasidan yoki gimnastika jihozlaridan sakragandan keyin muayyan chegarada yerga aniq qo'nish yuzasidan talabaga berilgan topshiriq bunga misol bo'la oladi.
Ayrim tovushlar (qarsak, hushtak) harakatga jo'r bo'lib turishi yoki sur'at va ritmni belgilab turishi mumkin. Bunday belgilar o'qituvchi yoki o'rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi. Tovushli belgilar davom etish vaqti va kuchining o'zgarib turishi bilan ko'rinadigan belgilardan farq qiladi. Bunday holat ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, talabaning e'tiborini mashqlarni imo- ishoralar almashinishiga muvofiq bajarishga jalb qilish imkonini beradi.
Daktil imo-ishoralarni (signal) mashq bajarganda talabaning ko'rib turib bajarishi qiyin bo'lgan hollarda qo'llasa bo'ladi. Talabaning o'zi nimagadir (gimnastika jihoziga, biror-bir belgiga) tayanib mashq bajarayotganini his etishi, unga harakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab ko'rishi va o'z harakatiga o'zgartirishlar kiritishiga hamda mashq o'rganishni davom ettirishning oqilona usullarini tan- lashga yordam beradi. O'qituvchining sun'iy daktil imo-ishoralar hosil qilishi (talaba gavdasining ayrim qismlariga qo'l tekkizib qo'yishi) ham talabani mashqlarni to'g'ri bajarishga majbur qiladi. Bu usullar samaradorligi o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq.
Yangi mashqlarni o'rganish jarayonida har xil qo'shimcha belgilarni (oriyentir) birga qo'shib qo'llash—o'rgatish uslubiyatining talablaridan biridir.
O'rgatishda texnik vositalardan foydalanish mashq bajarilishi natijasining sifatiga baho berishdan oldin aniq miqdoriy ma'lumot olish, bajarilishi kerak bo'lgan mashqlar dasturiga o'zgartirish kiri- tish, shuningdek, mashqlarni bajarish mobaynida qo'yilgan xatolarni tuzatib borish imkonini beradi. Quyidagilar texnik vositalarga kiradi: eng oddiy o'lchov asboblari (vaqt o'lchagich, santimetrli lentalar, burchak o'lchagichlar); qayd qilish va yozuv apparatlari (diktofon, videomagnitofon, kino va videokameralar, fotokameralar, dinamo- graflar), dastur va nazorat-axborot apparatlari.
Harakat ritmi (ayrim harakatlar)ning muayyan vaqt ichidagi ketma-ketligi yorug'lik va tovush dasturlarini idrok etish hamda takrorlash gimnastika mashqlarini o'rgatishda texnik vositalardan foydalanishga misol bo'la oladi. Bunda yangi mashq o'rgatish oldidan shu mashq haqida tasawur hosil qilish uchun ham, yangi mashqni bajarish jarayonida harakat natijalari haqida tezkor axborot olish uchun ham foydalaniladi, ushbu holat o'rgatish jarayonini bosh- qarishni osonlashtiradi.

4.6. Gimnastika mashqlarini o'rgatishda harakatning ketma-ketligi
Gimnastika mashqlarini o'rgatish jarayoni o'qituvchi bilan talabaning izchil faoliyatidan iborat bo'lib, bu faoliyat o'rgatishning har bir bosqichidagi vazifalar ifodasi va o'rganish sharoiti bilan belgilanadi:

      1. O'rgatishning boshida o'qituvchi talabaning o'rganadigan yangi mashqni o'zlashtirishga qanchalik tayyor ekanini aniqlab olishi kerak.

Buning uchun o'qituvchi:

  • mashqlarni o'rganish jarayonida talabada bo'lgan barcha mashqlarni bajarish texnikalarini egallash tajribasini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga oladi;

  • talabaning xatti-harakatlarini kuzatib, u bilan suhbatlashib, uning ayni vaqtdagi o'zlashtirish holati va kayfiyatini baholab boradi;

  • talabani funksional tizimlarining imkoniyat darajasi to'g'risida ma'lumot olish uchun uni tibbiy kuzatishlar natijasiga ega bo'lishi shart;

  • talabaning jismoniy tayyorgarlik sifatlaridan (chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik) birini baholash uchun nazorat vazifalar tanlaydi va yangi bajariladigan mashqlarga o'xshash oldingi tanish mashqlarni takrorlash uchun topshiriq beradi.

    1. O'qituvchi talaba to'g'risidagi har tomonlama ma'lumotga tayanib va yangi mashq texnikasiga oid bilimlarga asoslanib reja tuzadi, o'rgatish uslubiyati va usullarini tanlaydi.

    2. O'qituvchi talabani yangi mashq bilan tanishtiradi. O'qituvchi bilan talabaning harakat ko'nikmasini shakllantirish maqsadidagi bevosita aloqasi ana shundan boshlanadi. Buning uchun o'qituvchi:

  • kelgusida o'rgatiladigan mashqlarning umumiy vazifasini o'zi uchun aniqlaydi;

  • talaba oldiga qo'yiladigan vazifa va talablarni rejalashtirib, unga aniqlik kiritadi;

  • talaba oldingi mashqlarni bajarish jarayonida o'zlashtirgan texnika ichidan yangi harakatga o'xshashlarini ko'rsatib beradi;

  • talabaning zaif va kuchli tomonlarini ko'rsatib beradi;

  • yangi mashqlarni o'zlashtirish rejasini tuzib chiqadi.

  1. O'qituvchi bilan talabaning bundan keyingi vazifalari o'rgani­layotgan mashqlar texnikasi asoslari haqida o'rgatishni ko'rsatib berish, tushuntirish, modellarda harakat tuzilmalarini ko'rsatish va boshqa shunga tegishli usullar yordamida talabada tasawur hosil qilishga qaratilgan bo'ladi.




O'qituvchi bilan talabaning shu tariqa yangi mashqlami o'zlashtirishi harakat topshiriqlarini bundan keyin tez va to'g'ri amalga oshirishga zamin yaratadi.

  1. Shundan keyin o'qituvchi talabaga mashqni quyidagicha bajarishni taklif etishi kerak:

  • harakatni yoki alohida mashq elementlarini taqlid qilib ko'rsatish;

  • mashqni harakatning ayrim bo'laklarini ajratib ko'rsatish uchun ko'maklashib turib, past sur'at bilan bajarish;

  • harakatni maksimal oson sharoitda — trenajorda takrorlash.

Bunday faoliyat ayrim mushak sezgilari bilan (harakat axboroti
yordamida) mashq bajarish texnikasi to'g'risidagi ma'lumotlarni to'ldirishga yordam beradi.

  1. Talabaning mashg'ulot jarayonida mashq bajarishida o'qi­tuvchi:

  • harakatlar bajarilishini kuzatib turishi, turli usullardan foydalanib, talabaga yordamlashib turishi, berilgan topshiriqlarning bajarilish natijalarini nazorat qilib borishi va zarurat tug'ilganda talabalarga berilgan mashqlami bajarish davomida, uni tuzata borishi yoki keyingi topshiriqqa oid yo'1-yo'riqlar berib borishi kerak.

Bu davrdagi asosiy vazifa mashqlar bajarilayotganda yuz bera- digan xatolarni o'z vaqtida tuzatishdan iborat. Xatolarning yuz berishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: harakat texnikasi haqidagi tasawurning aniq emasligi, talabalarning harakat sezgilari bilan o'z harakatlariga bergan subyektiv baholarining mos kelmas- ligi; bajarilishi kerak bo'lgan mashqlarning murakkabligi bilan talaba imkoniyatining mos kelmasligi; o'zlashtirib bo'lingan mashq­larning yangi mashqni bajarishga salbiy ta'sir ko'rsatishi; harakat faoliyati paytida yetarlicha dadillik va qat'iylik ko'rsatmaslik va h.k.
Asosiy va ikkinchi darajali xatolarni tuzatish uchun aniq vaziyatdan kelib chiqqan holda o'rgatishdagi xilma-xil usullardan foydalaniladi. Mashqni mukammal o'rganishga qaratilgan faoliyat asosiy texnik harakatlarni avtomatlashtirilgan darajaga yetkazish, mashqlami mustaqil ravishda va texnik jihatdan to'g'ri bajarishda namoyon bo'ladi.
7. Mashqlami bajarish texnikasini o'rganish va takomillashtirish uchun talaba o'qituvchi rahbarligida hamda o'zlashtirilgan mashqlami o'zi mustaqil bajarishni davom ettiradi.

5-bob. MASHG'ULOT O'TKAZILADIGAN JOYLAR
YA ULARNING JIHOZLANISHI


5.1. Gimnastika zallari
Gimnastika o'quv-mashg'ulot darslari, odatda, maxsus jihozlar
bilan jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonchalar
(gimnastika shaharchalari)da o'tkaziladi.
Gimnastika mashg'ulotlarini zallarda o'tkazish uchun:

  1. Umumta'lim maktablari, maxsus maktab-internatlari, aka-
    demik litseylar, kasb-hunar kollejlari va nihoyat, oliy ta'lim muas-
    sasalaridagi zallarda gimnastikaga oid jihoz, jihozlar uchun qo'-
    shimcha xonalar, yo'riqchilar xonalari, yechinib-kiyinadigan xona-
    lar (erkak va ayollarga), yuvinish xonalari va hojatxonalar bo'lishi
    shart. Ular mashg'ulot-darsga qatnashuvchilar uchun qulay joy-
    lashgan bo'lishi kerak.

Kiyinib-yechinish xonalari shug'ullanuvchilarning kiyimlari
saqlanadigan ikki qavatli javonlar (0,3x0,50 m) va o'rindiqlar
bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Maktabiardagi majlis zallaridan
boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari
o'tkazishda foydalanish mumkin.

  1. Maxsus ta'lim talabalari uchun:
T/r

Zal

O'Ichami, m

Bir paytda necha talaba shug'ullanishi mumkin

bo'yi

eni

balandligi

1.

Kichik gimnastika zali

18

9

5,4

40 tagacha

2.

Kichik gimnastika sport zali

24

12

6,0

60 tagacha


3. Klublar uchun 60—65 kishilik kichik (24x12x6) yoki o'rta (30x15x6,5) sport-gimnastika zallari mo'ljallangan bo'ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin