O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə24/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Chiqishkirishga teskari harakat qilib, boshqa qismga o'tish.

Uchib o'tish —gimnast qo'llarini qo'yib yuborib, jihozning ikkinchi tomoniga, shuningdek, bir jihozdan ikkinchisiga yoki qo'shpoyaning bir yog'ochidan ikkinchisiga ko'chishi.
Sakrab tushish— gimnastika jihozlarida osilib yoki tayanib turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning oldinga tebranib, orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib, yoysimon, aylanib, to'ntarilib, qo'llarning orasidan salto kabi turlari mavjud.
Sakrash —oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib, ma'lum masofadan yoki to'siqdan o'tish.
Tayanib sakrash— qo'llarda qo'shimcha tayanib bajariladi. Tayanib sakrashning oyoqlarni bukib sakrash, oyoqlarni kerib sakrash, yonlama sakrash, burchakli sakrash, to'ntarilib sakrash kabi turlari bor.
Silkinish— depsingandan keyin oyoqlarni orqaga dastlabki siltash.
Akrobatik mashqlar atamalari
Dumalash —tayanchga birin-ketin qo'l tekkizib gavdani aylantirish. Dumalashning quyidagi turlari bor: oldinga dumalash, yonga dumalash, aylanma dumalash, orqaga bukilib dumalash.
G'ujanak bo'lish— gavdaning buklangan holati (tizzalar yelkalarga tortilgan, iliklarni tutgan qo'llarning tirsaklari biqinlarga yopishgan). G'ujanak bo'lishning yotib, o'tirib va cho'qqayib bajarish kabi turlari bor.
Umbaloq oshish —gavdaning awal tayanib, ketma-ket bosh orqali to'ntariladigan aylanma harakati. Umbaloq oshishning oldinga, qo'llarga va chap oyoqni siltab, qo'llarni yonga tutgan holdagi turlari mavjud. 1—2 va bir necha qadam yugurib, umbaloq oshish (yon tomonga).
Jihozlarda bajariladigan mashqlami yozish. Jihozlarda bajariladigan mashqlami yozganda jihozning nomini yozishdan tashqari quyidagilarni ham ko'rsatish shart:

        1. Dastlabki holat (osilishdan, tayanishdan, sakrab, yugurib kelish) yoki birinchi elementdan oldin bajariladigan harakat (tebranish, chayqalish).

        2. Harakat nomi (ko'tarilish, tashlanish, uchib o'tish. Aylanish, yelkadan aylanish).

        3. Bajarish usuli (keskin yozilib, yoysimon oldinga tebranib, to'ntarilib).


Akrobatika mashqlarini yozish. Akrobatika mashqlarini yoz- ganda, ayrim xususiyatlarni hisobga olib, quyida ko'rsatilgan qoidalar qo'llaniladi:



          1. To'liq to'ntarilishga yetmaydigan elementlarni (masalan, umbaloq oshishlar) bajarganda oxirgi holatni ko'rsatish kerak. Masalan, yotib tayanish holatidan oldinga umbaloq oshib, ko'krakda tik turish.

          2. Ba'zan bir holatdan ikkinchisiga o'tishni maxsus atama orqali ifodalash talab etilmaydi. Masalan, o'ng (chap) oyoqda muvozanat saqlashdan, boshda tik turish yoki qo'llarda tik turishdan va boshqalardan.

          3. Sportchining u yoki bu belgidan (harakatdan) keyingi holati navbatdagi elementning bajarilish usulini belgilaydi. Masalan, tizzalarda tik turishdan oldinga dumalab, bir yelkada tik turish yoki cho'qqayib tayanishdan orqaga dumalab, ko'krakda tik turish va shu kabilar.

          4. Oxirgi holat faqat harakat davomida aniq aytilmasa, yoziladi.

Akrobatik mashqlar



44-rasm. 45-rasm. Oldinga Qo'llarda turish. to'ntarilish.

46-rasm. Orqaga 47-rasm. Yonga to'ntarilish. to'ntarilish.




Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin