O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə62/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Yoysimon siltanish (161-rasm). Tayanish holatidan oyoqlarni oldinga, yakkacho'p ostiga yo'naltirib, tos-son bo'g'inidan biroz bukilish zarur va boshni ko'krakka engashtirib, tayanib orqaga aylanish uchun harakatni boshlash kerak. Orqaga aylanishdan farqli o'laroq, bu mashqda, mashq boshlanishidan oyoq uchlarini ko'rib turish lozim.
Bosh pastki holatga kelgandan keyin qo'llar orqaga, bosh orqasiga ohista yo'naltiriladi va qomat biroz bukilgan holatda



b) oldinga va orqaga tebranishning to'g'ri holatlarini (sport - chilarni boldir-tovon bo'g'inidan ushlab) bajartirib ko'rish;

        1. har biriga yana bir bor mashqni bajarish taklif qilib, albatta, xatolarini tuzatish;

        2. shu mashqni navbatdagi har bir mashg'ulotga kiritish va talabalarning xatolarini tuzatib borish.

Qo'llarda tayanib turib tebranish
. Pastki tik holatdan orqaga tebranish, shuningdek, asosiy holatdan oldinga tebranish, umuman, tebranishlaiga o'xshash bo'ladi. Tebranish mashqlarini bajarishning murakkabligi shundan iboratki, bunda, birinchidan, talaba yelkala- rini qo'shpoya dastaklari ustida ko'tarishi zarur (ya'ni ko'krak- o'mrov bo'g'inini «tushib» ketishidan saqlash kerak), ikkinchidan esa yelka bo'g'ini uchun yetarli harakatchanlikni ta'minlashi zarur.
O'rgatish:
Tayanib tebranishni murabbiy yordamida oldinga va orqaga bajarib ko'rish lozim. Talabalardan oldinga tebrangandek qo'llarga tayanishni, akrobatikada ko'kraklarda tik turish holatidan o'tib bajarishni talab qilish zarur.
Oldinga siltanib sakrab tushish (o 'ng tomonga). Tayanib orqaga tebranish holatidan pastga tushishda, tushish tezligini kuch bilan sekinlatib, gavdani to'g'ri tutib vertikal holatga o'tiladi. Tik holatdan o'tgandan keyin, tos-son bo'g'inida biroz bukilish kerak. Oldinga tebranishning oxirgi holatidan oldinroq o'ng qo'l bilan qo'shpoya dastak otdan itarib yuboriladi, shu zahoti chap qo'l bilan chap dastakdan o'ng tomonga itariladi va shu qo'lni gavdadan uzoq- lashtirish kerak bo'ladi. Bu harakat o'ng dastak ustidan o'tishga imkoniyat beradi. Dastak ustidan o'tilgandan so'ng chap qo'l o'ng dastakni ushlaydi (shu paytda tana tayanchsiz holatda bo'ladi). So'ngra sakrab tushiladi. Yerga mustahkam tushish uchun chap qo'lni o'ng dastakdan qo'yib yubormaslik kerak.
Oldinga siltanib (o'ng tomonga) orqaga (chapga) burilib sakrab yerga tushish.Dastlabki barcha harakatlar bundan oldindagi sakrab tushish harakatlariga o'xshash bo'ladi. O'ng qo'l bilan o'ng dastak­dan itarib yuborish biroz oldinroq bajariladi, chap qo'l bilan itarish esa shunday bajarilishi kerakki, u butun tanani uzunasiga joylashgan o'qi atrofida chapga aylanishga yordamlashsin. So'ngra tayanchsiz holatda uzunasiga joylashgan o'q atrofida chapga aylanish sodir bo'ladi. Uning oxirida (tayanchsiz holat qisqa vaqt davom etishi uchun imkoniyati boricha vaqtliroq) o'ng qo'li bilan o'ng


11.2.2. Qo'shpoyada bajariladigan mashqlar



Erkaklar qo'shpoyada ko'proq tayanib, tebranish mashqlari bajariladi. Osilish mashqlari yuqori toifali sportchilar mashg'ulotida qo'llaniladi.
Ko'pkurashning bu turida yaxshi natijalarga erishishni istagan gimnast qo'shpoyada mashq bajarish uchun yakkacho'pda mashq bajarishga nisbatan katta jismoniy kuchga ega bo'lishi zarur (texnik tayyorgarligi bir xil darajada bo'lishidan qat'i nazar).
Qo 'shpoyani ushlash usullari
Osilishda:

          1. tashqaridan — kaftning orqa tomoni va katta barmoq das- taklarning tashqari tomonida joylashadi (masalan, qo'shpoyaning uchidan kuch bilan ko'tarilganda, shuningdek, yuqori toifa mezon- larda bajariladigan murakkab ko'tarilishlarda);

          2. ichkaridan — kaftlarning tashqari tomoni va katta barmoqlar qo'shpoya ichkarisida bir-biriga qaratilgan bo'ladi.

Tayanishda oddiy ushlash, bu tayanishda bajariladigan mashq- larda qo'llaniladi. Gimnastika umumiy kursi dasturi uchun xosdir (teskari ushlash kaftlardan birining orqa tomoni qo'shpoya ichka­risida bir-biriga qaratiladi).
Tayanish va osilishni ketma-ket bajarilganda yuqorida zikr etilgan ushlash usullari biri ikkinchisiga almashadi.
«Keskin siltanish» deb nomlangan mashqlarning bajarish tex­nikasi endi qo'shpoyada qo'llaniladi. U yakkacho'pda bajariladigan mashqlar texnikasiga batamom o'xshashdir («Tebranish» bo'limiga qaralsin). Qo'shpoyada bajariladigan asosiy mashqlar quyida- gilardir:

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin