O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə76/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Ikki oyoqda orqaga burilish. Qaddi-qomatni rostlab, oyoq uchlariga tik turiladi, oyoq va gavda mushaklarini tarang holga keltirib



burilgandan so'ng, oyoq kafti to'la bosiladi. Bosh va gavda tik holatda turishi kerak.
Cho'qqayib o'tirgan holatdan orqaga burilish, bajarish texnikasi yuqorida bayon etilganga o'xshashdir.
O'tirib va tik turib, ikki oyoqda orqaga burilish.
Burilishning birinchi yarmida o'tirish va ikkinchi yarmida turish kerak. Dastlabki ikki burilish o'zlashtirilgandan keyin murakkab mashqlarni o'rganishga o'tish lozim. Chunonchi:

  • oyoqlarni chalishtirib tik turish holatidan 180°, 270° va 360°ga burilish;

  • bir oyoqda orqaga burilish bir tomonlama va qarama-qarshi tomonga bajarilishi mumkin.

Bir tomonlama burilish —tayangan oyoq tomoniga bajariladi. O'ng oyoqni orqaga uzatib, chap oyoqda tik turish holatidan o'ng oyoqni oldinga va biroz chapga siltab, oyoq uchlarini ichkariga va yelkani chapga burish kerak. Siltash bilan bir vaqtda chap oyoq uchida turish va qadni rostlab, shu oyoqni tovon bilan ichkariga burish kerak. Burilishni tugatayotib, butun oyoq kaftiga turiladi va o'ng oyoqni orqada siltashda hosil bo'lgan balandlikda sakrab chiqiladi. Burilishda qo'llar yuqoriga ko'tariladi.
O'rgatish:

    1. qo'l bilan gimnastika devoridan ushlagan holatdan bir oyoqni orqaga (oldinga) uzatib, boshqa oyoq uchida muvozanat saqlash;

    2. shuning o'zini tayanmasdan 5—10 daqiqa davomida bajarish;

      1. gimnastika devori poyasini chap qo'l bilan ushlab, devorga chap tomonlama tik turgan holatdan o'ng oyoq bilan oldinga siltanib, o'ng oyoq uchini pastdan 3—4 poyaga qo'yib, devorga yuz o'girib, chap oyoq uchida tik turish holatining vertikalligini tekshirish;

      2. shuning o'zi, lekin qo'llarni almashtirib ushlab, chap tomondan orqaga burilish;

      3. shuning o'zi, lekin oyoqni poyaga qo'ymasdan bajarish;

      4. qo'l bilan tayanmasdan polda orqaga burilish;

      5. shuning o'zini past va odatdagi balandlikdagi xodada bajarish.

Qarama-qarshi tomonga burilish tayanib turilgan oyoqda
qarama-qarshi tomonga bajariladi. O'ng oyoqni oldinga uzatgancha, chap oyoqda tik turib, o'ng oyoqni orqaga siltab burilish. O'rgatish oldindagi mashqqa o'xshash bo'ladi. Oyoqlarni kerib tik turish holatidan 180° va 360° ga burilib, oyoqlarni kerib tik turish.




Aralash tayanish holatidagi burilishlar —xodada gavda
holatlarini o'zgartirish va tananing pastroq holatidan oyoqlarda tik
turish holatiga o'tish uchun yordamchi elementlar bo'lib xizmat
qiladi.

O'rgatish:

        1. tayanish va orqaga tayanish
          holatidan bir tomonlama siltab
          o'tib burilgancha oyoqlarni kerib
          yoki songa o'tirish;


        2. oyoqlarni kerib o'tirish ho-
          latidan orqaga siltanib burilib,
          oyoqlarni chalishtirish;


d) orqaga tayanish holatidan

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin