O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Ishlab chiqarish gimnastikasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə90/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

16.2. Ishlab chiqarish gimnastikasi
Sanoatda ishlab chiqarish jarayoniga kompyuterlarning kirib kelishi, mehnatni har tomonlama mexanizatsiya va avtomatizatsiya- lashning joriy etilishi fuqarolar oldiga yangi-yangi talablar qo'yib, uning mehnat faoliyatiga ta'sir ko'rsatmoqda. Ko'pgina ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishda yuqori aniqlikni va harakat uyg'unligini, zo'r diqqatni jalb qilishni talab qilmoqda, har qanday ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun yuqori mehnat qobiliyati talab qilinmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar ishlab chiqarish gimnastika- sining mehnatkashlar sog'lig'iga va jismoniy rivojlanishiga, ularning mehnat qobiliyatini oshirishga, jarohatlanish va ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulotlar kamayishiga, ishlab chiqarish unumdor­ligini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishini asosli tarzda tasdiqlayapti. Gimnastikaning ish rejasiga joriy etilishi bilan mehnat unumdorligi o'rtacha 1,5—2,0 % ga oshganligi ma'lum.
Gimnastikaning kishi organizmiga foydali ta'sirini ilmiy tad­qiqotlar ma'lumotlaridan tashqari o'zida his etib, sinab ko'rgan ishchilar bildirgan fikrlar ham tasdiqlaydi. Mehnat jarayonida qo'llaniladigan gimnastika mashqlari odam organizmiga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. Ular yordamida organizmning turli tarmoqlariga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish mumkin. Mashqlarni mun- tazam ravishda bajarganda harakat aniqligi oshadi, ular tejamli, chaqqon va ko'zda tutilgandek bo'ladi. Shunday qilib, ishlab chiqa­rish gimnastikasi bilan doimiy tarzda shug'ullanganda (kirish



U yoki bu sexda, bo'limda ishlab chiqarish gimnastikasi mashg'ulotlarini boshlashdan (joriy etishdan) oldin talabga mos keladigan gigiyenik shart-sharoitni yaratib olish zarur. Keyin mashqlar to'plarni tuziladi va ular kassetaga yozib olinadi, ishchi- xizmatchilar orasidan mashqlar to'plarni mazmuni bilan tanish- tiradigan jamoatchi yo'riqchilar tayyorlanadi.
Ish kuni tartibiga gimnastikaning joriy qilinishi buyruq orqali rasmiylashtiriladi. Yo'riqchilar, sex boshliqlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishlab chiqarish gimnastikasining bevosita tashkilotchilari va joriy qiluvchilari hisoblanishadi.
Maslahat berish, rahbarlik qilish va nazorat qilish ishlari uchun «salomatlik kengashi» (usuliy kengash) tasdiqlanadi. Uning rah- barligida korxonada gimnastikani joriy qilish, yo'riqchilarni tayyor- lash (25—30 ishchiga 2 kishidan) kabi ishlar olib boriladi.
Ishlab chiqarish gimnastikasini tashkil qilish shug'ullanuvchi- larning kasb faoliyati xususiyatlarini yaxshi o'rganish va hisobga olishni talab qiladi. Biroq kasblar juda ko'p va turli-tumandir. Shuning uchun o'z tabiati jihatdan o'xshash ixtisoslar ishlab chiqa­rish gimnastikasining vazifasiga ko'ra, quyidagi guruhlarga bo'lingan:

                1. guruh — asab zo'riqishi, jismoniy yuklamalarning ozligi va ish harakatlarining odam organizmiga ta'sir qilishi bilan ifoda- lanadigan hamma (mayda mexanizmlarni yig'uvchilar, elektr lampalari montajchilari, perforatorchi ayollar, tikuvchi-motorist ayollar, konveyerlarda, masalan, soatsozlik zavodlari, poyabzal tikish fabrikalari ishchilari va boshq.) ish turlari kiradi. Odatda, ularni mehnati o'tirib bajariladigan, ishchilarning harakati cheklan- gan bo'lsa ham, ammo bu mehnat ishchidan aniqlik va diqqatning o'ta jamlangan bo'lishini, ko'z nurini talab qiladi;

                2. guruh jismoniy va aqliy mehnat birga ishtirok etadigan (tokar- lar, frezerchilar, randalovchilar, motor yig'uvchilar va boshq.) ish turlari kiradi. Ish tik turgan holatda bajariladi. Bu ishda dinamik va statik holatlar tez-tez almashinib turadi. Bunday ish doimiy diqqatni va qarab turishni talab etadi;

                3. guruh katta jismoniy kuchni talab etadigan turli (qolipchilar, prokatchilar, qurilish ishchilari va boshq.) ishlar kiradi;

                4. guruhga doimiy aqliy quwat va uzoq muddat diqqat bilan qarashni talab qiladigan (hisobchi xodimlar, dispetcherlar, shifo- korlar, muhandis va boshq.) kasblar kiradi.

Bundan tashqari, zo'r diqqatni, katta asabiy quwatni, o'zga- ruvchan sharoitga tez javob berishni, shovqinda, tebranma joyda va boshqa tashqi qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida ishlashni talab qiladigan kasblar (uchuvchilar, haydovchilar, lokomotiv boshqaruvchilari va boshq.), yer ostida ishlovchilar (konchilar, shaxtada lahim qazuv- chilar), o'zgaruvchan harorat va boshqa sharoitlarda ishlash bilan bog'liq kasblar (balandga chiquvchilar, qishloq xo'jaligi ishchilari) va boshqalar alohida ajralib turadi.
Mashqlar to'plamini tuzayotganda quyidagi tamoyillardan kelib chiqish zarur:

                  1. kompleksning mazmuni kirish gimnastikasi yoki jismoniy tarbiya tanaffusining vazifalariga mos kelishi;

                  2. har bir to'plamga tanlangan mashqlar shug'ullanuvchilar organizmiga har tomonlama ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi;

                  3. to'plamlarni tuzayotganda qo'llaniladigan mashqlar shu­g'ullanuvchilar tarkibiga va mashg'ulot o'tkaziladigan sharoit (sex, ishchi kiyimi, jinsi, yoshi va boshq.)ga mos keladigan bo'lishiga e'tibor berish;

                  4. mashqlarni shunday tartibda joylashtirish kerakki, oldingi mashq keyingi mashqning muvaffaqiyatli bajarilishiga zamin tayyorlaydigan bo'lishi;

                  5. jismoniy yuk shug'ullanuvchilarning tayyorgarligiga mos keladigan bo'lishi kerak.

Kirish gimnastikasi mashqlari to'plamining jadvali:

                    1. Yurish.

                    2. Qaddi-qomatni cho'zish (chuqur nafas olib).

                    3. Gavda mushaklari uchun mashqlar.

                    4. Sakrashlar, turgan joyda yugurish yoki tez o'tirib-turishlar.

                    5. Yelka bo'g'ini, qo'l va barmoqlar uchun mashqlar.

6—7. Ish harakatlariga (mushaklar kuchlanishi, harakatlar xarakteri va sur'ati) o'xshash maxsus mashqlar. Bu mashqlarni meh­nat paytidagi harakatlarning o'rtacha sur'atidan yuqoriroq sur'atda bajarish tavsiya qilinadi.
Jismoniy tarbiya tanaffusi mashqlari to'plamining jadvali:
1. Qaddi-qomatni cho'zish.
2—5. Gavda, qo'l va oyoq mashqlari.

                    1. Harakat uyg'unligi mashqlari.

                    2. Yakunlovchi mashqlar.



Jismoniy tarbiya tanaffusi to'plamiga mehnat harakatlar ta'si- ridan ko'ra, boshqacha ta'sir ko'rsatadigan, boshqa mushak guruh- lariga va tana qismlariga ta'sir qiladigan mashqlar kiritilishi kerak, chunki bir faoliyatdan ikkinchisiga o'tishda faol dam olish tamoyili ko'proq amalga oshiriladi.
Mashg'ulotlamio'tish usuli.
Ish vaqti davomida o'tkaziladigan gimnastika mashg'ulotlari oddiy ish kiyimida, yoshi va tayyorgarligi turlicha bo'lgan barcha ishchi (erkaklar va ayol)lar bilan o'tka­ziladi.
Mashg'ulotni uslubiyatchi yoki jamoatchi yo'riqchi o'tkazadi, bunda u mashqlar to'plamini namuna tarzida ko'rsatib qolmasdan, har bir ishchining mashq bajarish sifatini ham kuzatib boradi, harakat maromini buzmasdan xatolarini tuzatadi.
Gimnastika mashqlari radio orqali eshittirilganda, musiqa jo'rligidagi mashqlarni to'g'ri bajarish uchun har bir ishchi mashqlar bilan oldindan tanishib chiqqan bo'lishi zarur. Bunda mashqlar o'tkazuvchining ko'rsatmalari musiqa jo'rligiga mos kelishi uchun quyidagicha qisqa tushuntirish so'zlari qo'llaniladi: «oyoqlarni balandroq ko'taring», «pastroq engashing», «ko'proq buriling», ^oyoqlarni (qo'llarni) bukmang» va h.k.lar shular jumlasidandir.
Mashqlarning samaradorligini oshirish uchun, har 4—5 kunda ayrim mashqlar mazmuniga o'zgartirish kiritish yoki murakkab- lashtirish mumkin. Butun to'plam esa, odatda, 3—4 haftalik mashg'ulotdan keyin almashtiriladi.
Uslubiyatchi yoki jamoatchi yo'riqchi shug'ullanuvchilar kayfiyatini muntazam kuzatib borishi, to'plamning ayrim mashq­lariga ular munosabatini aniqlashi va yangi to'plam tuzganda shularni hisobga olishi kerak. Mashg'ulotlarning samaradorligini muntazam hisobga olib borish va ishchilar sog'lig'ining ijobiy ahamiyatini oshirish uchun to'plamlar mazmuniga o'z vaqtida zarur o'zga- rishlar kiritib borish lozim.
Shug'ullanuvchilarni o'z-o'zini nazorat qilishning eng oddiy usullari bilan tanishtirish darkor; yurak tomirining urishini hisoblay olishni, gimnastikadan keyin (darhol va mashg'ulotlardan keyin ma'lum vaqt o'tgach) paydo bo'ladigan turli his-tuyg'ularni uyqu, ishtaha, charchash, umumiy holat va boshqalarni baholay olish va h.k.lar.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin