Suv mikrob massasining asosini tashkil etadi. Uning miqdori har xil mikroorganizmlarda har xil bo’lib, ularning og’irligining 7585% ni tashkil etadi. Hujayradagi suv bo’sh yoki makromolekulalar sathi bilan bog’langan holda bo’lishi mumkin. Biologik tizimda, makromolekulali biopolimer sathida mustahkam bog’langan suv deb aytiladi. Bunday suvni xususiyti yoki xossalari oddiy suvnikidan farq qiladi. SHuning ushun bunday suvni strukturaviy element sifatiga kiritiladi. Mikroorganizmlarda bunday suvning miqdori 1518% ni tashkil etadi. Mikroorganizmlar hujayrasidagi suvning ko’p miqdori bo’sh suv bo’lib, u moddalarni eritish yoki har xil biokimyoviy jarayonlar ketishi ushun muhit tashkil qilishga xizmat qiladi. Hujayralarni mo’’tadil faoliyt ko’rsatishi, yoxud modda almashuvi, o’sishi va ko’payishi, faqatgina kerakli miqdorda suv bo’lgan va hujayra suvli ozuqa muhitida bo’lgan sharoitdagina amalga oshadi. Suv miqdorini kamayishi hujayraning hayotiy zarur jarayonlarini susayishiga olib keladi. Bunday vaziyt anabioz deb ataladi, qisqa qilib aytganda suv-hayotiy zarur komponentlardan biridir.
Quruq moddalar mikrob hujayrasining o’rtasha 1525% ini tashkil qiladi. Bular, organoidlar tarkibidagi organik moddalar va kul elementlaridir (mikroelementlar).