Nuklein kislotalari hujayra hayotida ulkan vazifalarni bajaradilar. Ikki xil tipdagi nuklein kislotalar ma’lum: ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiribonuklein kislota (DNK). DNK ko’proq ydroda, RNK esa sitoplazmada ushraydi.
Uglevodlar (karbonsuvlar) hujayrada polisaxaridlar sifatida ushraydilar, sitoplazmada ular kraxmal va glikogen zarrashalari bo’lib ushraydilar. Ular hujayra ushun energiy manbai bo’lib xizmat qiladilar.
Yog’lar (lipidlar) mikroorganizmlar hujayralarida bir xil bo’linmaydilar, ularni ko’p miqdori sitoplazmani va hujayra qobig’ini sathida joylashgan bo’ladi. yog’larni miqdori har xil mikroorganizmlarda har xil bo’lib, 3,8 dan 40,0 % gasha etadi. Ular sitoplazmaga ma’lum tuzilish berib turadi va sitoplazmatik membranalar tarkibiga kiradi.
Mineral moddalar hujayra massasini kuydirilgandan keyin qoladigan kul bo’lib, ularni miqdori 2 dan 14 % gasha etadi. Misol tariqasida mikroorganizmlarnii o’rtasha element tarkibi keltirilgan (quruq moddalarga nisbatan % hisobida)
S - 50 K - 1
O - 20 Na - 1
N - 14 Sa - 0,5
H - 8 Mg - 0,5
P - 3 Sl - 0,5
S - 1 Fe - 0,2
qolganlari - 0,3.
YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, hujayraning asosiy elementlari bo’lib, uglerod, kislorod, azot, vodorod, fosfor, va oltingugurt hisoblanadi. Ularni miqdori 95% atrofida, boshqa elementlar esa atigi 5% ni tashkil etadilar. Kaliy, natriy, kalsiy va temir nisbatan ko’proq saqlangani ushun ularni makroelementlar deb ataladi. Ulardan farqli o’laroq, marganes, kobalt, mis, molibden va rux juda kam miqdorda ushraydilar. Bularni mikroelementlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |