Lizin shiqaruvshi biokimyoviy zavodlarda ekish materialini tayyorlash davriy usulda amalga oshiriladi.
Dastlabki kultura GPA (go’sht peptonli agar) qattiq oziqasida probirkalarda 28-300S haroratda bir sutka davomida o’stirib olinadi. O’sgan kulturalardan mikroorganizmlar suspenziysi steril suyuq oziqa muhitiga (kolbalarga) o’tkaziladi va mikrobiologik tebratgishda (180-200 tez/min) bir sutka davomida 29-300S haroratda o’stiriladi. Buni onalik ekish materiali deb ham ataladi. So’ngra onalik ekish materiali tayyorlash kolbalaridan kulturalar ekish kolbalariga olinadi, bunda kolbadagi oziqa muhitining 5% miqdori hajmida onalik ekish materiali solinadi. Ekish kolbalarida ham kulturalar 300S haroratda 1 sutka davomida mikrobiologik tebratgishda o’stiriladi. SHundan keyin ekish materiali kolbalardan kulturalarni aerasiy holatida aralashtirib o’stirish amalga oshiriladigan inokulytorga olinadi va 29-300S haroratda bir sutka davomida o’stiriladi.
Ekish materialini olish ushun oziqa muhiti tarkibi: melassa (3-5%), makkajo’xori ekstrakti (2,5-3,0%) va osh tuzi saqlaydi. rN 7-7,2 gasha bo’lishi Hsl ning 20% li eritmasi orqali ta’minlab turiladi. Inokulytordagi oziqa muhiti tarkibi fermentasion oziqa muhiti tarkibiga yqinroq bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |