Glutamin kislota (aminoglutar kislota): HOOSSH2SH2SHSOOH
NH2
almashinmaydigan aminokislotalar qatoriga kirmasada, o’simlik va hayvon oqsillarining eng zaruriy aminokislotalaridan biri hisoblanadi. Uning asosida odam organizmining mo’’tadil rivojlanishi ushun zarur bo’lgan ko’plab fiziologik faol birikmalar sintez qilingan.
Glutamin kislota buyrak va jigardagi turli xil buzilishlardan himoy qiluvshi faktor bo’lib xizmat qilish qobiliytiga egadir, shuningdek, dorilarning farmakologik ta’sirini oshirish va turli xil moddalarning zaharli (toksik) ta’sirini kamaytiradi. Mana shunga asosan u medisinada keng ko’lamda qo’llaniladi.
SHuningdek, glutamin kislotaning mononatriy tuzi - natriy glutamatdan ham keng foydalaniladi.
Bu birikma ko’pgina oziqa maxsulotlari ta’mini oshirish, shuningdek, konservalangan maxsulotlarning ta’mini uzoq vaqt davomida saqlab turishini ta’minlaydi. Ko’pshilik mamlakatlarda natriy glutamatdan sabzavotlar, baliqlar va go’shtli maxsulotlarni konservalashda keng ko’lamda foydalaniladi.
Glutamin kislotani ishlab shiqarishning samarali va itiqbolli usllaridan biri - mikrobiologik sintez hisoblanadi.
Glutamin kislota sintez qilish qobiliytiga ega bo’lgan ma’lum mikroorganizmlar orasida ishlab shiqarish ahamiytiga ega bo’lganlari Misrosossus va Breviebasterium turkumiga mansub bakteriylar hisoblanadi. Ushbu kishik, grammusbat, aylanasimon yoki ovalsimon bakteriylar spesifik xususiytiga ko’ra biotin yoki tiaminga talabshan bo’ladilar.
Glutamin kislotani sanoat asosida ishlab shiqarishning lizin ishlab shiqarishdagi kabi ko’plab umumiy texnik jarayonlari mavjud.
Ular quyidagi bosqishlardan tashkil topgan (7-shizma): ekish materialini olish;
oziqa muhiti tayyorlash va sterillash;
fermentasiy;
kristall holdagi moddani ajratib olish;
quritish, qadoqlash va o’rash.
Glutamin kislotalar olish ushun uglerod manbasi sifatida glyukoza, saxaroza, kraxmal gidrolizatlari, melassa va gidrol xizmat qilishi mumkin. Uglevodlardan tashqari xom- ashyo sifatida uglevodorodlar (metan, etan, neftning n-parafinlari), shuningdek, sirka, fumar kislotalar va boshqa maxsulotlardan foydalanish mumkin.
Oziqa muhitida azot manbasi sifatida 1,5-2,0% miqdorida moshevinadan foydalaniladi, ammo ko’p miqdorda solinmasdan talab darajasida qo’shiladi va bunda oziqaning moshevina saqlashi 0,8% dan oshib ketmasligi lozim. Ko’pinsha moshevinaga qo’shimsha sifatida azot manbai bo’lgan ammoniy sulfat (NH4)2SO4 va ammoniy xlorid (NH4Sl) 0,5% gasha yoki ammiakning suvli eritmasi holida qo’llaniladi.
Oziqa muhitida kulturalarning mo’’tadil o’sib rivojlanishi ushun yuzdan yoki o’ndan bir foiz hisobida kaliy (KH2PO4 holida), magniy (MgSO4 7H2O), marganes (MnSO4 4H2O), shuningdek, oziqa muhit rN ini mo’tadillashtirish (rN 7-7,2) bo’r qo’shish zarur bo’ladi.
Glutamin kislota biosintezini oshiruvshilar sifatida biotin, tiamin, ba’zi bir antibiotiklar (penesillin, tetrasiklin), spirt va sirt faol moddalar ta’sir etish xususiytiga ega. Ammo, biostimulytorlar miqdorini qatiy ravishda nazorat qilish lozim bo’ladi. chunki ularning yuqori darajali miqdori masalan, biotin biomassa o’sishini tezlashtiradi ammo, glutamin kislota shiqishini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |