O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Mustaqil o’qish uchun savollar



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Landshaft

Mustaqil o’qish uchun savollar: 
1. Landshaft komponentlari.
2. Landshaft hosil qiluvchi omillar. 
3. Landshaft chegaralarini o‘tkazish bo‘yisha mulohazalar.
4. Landshaft haqidagi ta‘limotning vujudga kelishi.
5. Landshaftga S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev, A.G.Isashenkolarni ta‘rifi. 
Landshaftga F.N.Milkov, D.L.Armandlarni ta‘rifi 
 
3-mavzu: LANDSHAFTLARNING ICHKI TUZILISHI, CHEGARALARI 
Reja 
 
1. Landshaft tashkil qiluvchi omillar va landshaftning tarkibiy qismlari.
2. Landshaftlarning morfologik tuzilishi.
3. Urochishalar landshaftlarning asosiy morfologik qismi ekanligi va 
fatsiyalarning yig‘indisidan iboratligi.
4. Landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilishda turli modellardan 
foydalanish.
5. Vertikal va gorizontal, to‘g‘ri va teskari aloqadorliklar, ijobiy va salbiy 
aloqadorliklar va h.k. 
6. Landshaftlar chegaralari. 
Tayansh iboralar: landshaft morfologiyasi, fatsiya, urochisha, elyuvial, subakval, 
superakval. urochisha, fatsiya, mezorel‘ef, ona jins, litologiya, lyoss, oddiy 
urochisha, murakkab urochisha. 
 
Landshaftshunoslikdagi eng muhim nazariyalardan biri landshaftlar 
morfologiyasi haqidagi ta‘limotdir. Landshaftning tarkibiy qismlari, ularning 
hududiy joylanish qonuniyati, ularga ta‘rif berish va tasniflash, taksonomik 


20 
ko‘lamini aniqlash bilan landshaftshunoslikning maxsus bo‘limi - landshaft 
morfologiyasi o‘rganadi. 
Landshaftning morfologik tuzilishi asosan ikki bosqichdan - urochisha va 
fatsiyalardan iborat. Urochisha va fatsiya terminlarini birinchi bo‘lib fanga 
L.G.Ramenskiy (1938) kiritgan. Landshaftlarning morfologik qismlarini 
N.A.Solnsev to‘liq ilmiy asoslab bergan. N.A.Solnsev va u boshchilik qilgan 
landshaft laboratoriyasi xodimlari o‘zlarining ilmiy izlanishlarida asosan tekislik 
landshaftlarining tarkibiga kiruvchi geokomplekslarni aniqlab, ularni xaritaga 
tushirdilar. 
Landshaft dala tadqiqot ishlarida fatsiyalar aniqlanib xaritaga tushiriladi. Ammo 
ular turli olimlar tomonidan turlisha nomlanadi. Masalan, epiforma (R.I.Abolin), 
elementar landshaft (B.B.Polinov, I.M.Krashennikov), makrolandshaft (I.V.Larin), 
biosenoz (V.N.Sukatsev) deb atashadi. Bu tushunchalarni ko‘pchiligi hozir 
eskirgan bo‘lsada, landshaftlar geoximiyasida fatsiya elementar landshaft deb 
ataladi. 
Fatsiya A.G.Isashenko ta‘rifiga ko‘ra joylashgan o‘rni, yashash sharoiti bir xil 
bo‘lgan hamda biosenozga ega bo‘lgan eng kichik bo‘linmas birlikdir. Fatsiya 
mezorel‘efning tuproq ona jinslari, gidrologik rejimi, mikroiqlimi hamda tuprog‘i 
bir xil bo‘lgan bir elementida tarkib topadi. 
Urochisha deb rel‘efning qabariq yoki botiq shakllari yoki tekislik qismlarida bir 
xil tog‘ jinslari ustida tarkib topgan, suv oqimining umumiy yo‘nalishi, nuroq 
jinslarning olib ketilishi, ximiyaviy elementlar migrasiyasi umumiy bo‘lgan 
fatsiyalar sistemasiga aytiladi. F.N.Milkov urochishalar fatsiyalarning qonuniy 
kompleksi bo‘lib, ular rel‘efning notekisligi, tuproq va gruntlar tarkibining xilma-
xilligiga bog‘liq ravishda tabiatda bir-biridan ajralib turadi deb ta‘riflaydi. 
Urochishalar tipiga jar, dashtlardagi pastqam joylarni misol keltiradi. 
Tabiatda landshaftning tarkibiy qismlari har doim ham ikki bosqichdan iborat 
bo‘lavermaydi. Ba‘zan ularda ko‘proq bosqichlarni ajratishga to‘g‘ri keladi. 
Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan lanjdshaftlarda joy, fatsiya guruhlari, kichik 
urochishashalar 
ham 
ajratiladi. 
Bunday 
morfologik 
qismlar 
murakkab 
landshaftlarda uchraydigan oraliq birliklardir. Urochisha va fatsiyalar asosiy 
birliklar bo‘lib, har bir landshaftda ajratiladi. 
Ko‘pchilik landshaftlarda bir xil morfologik qismlar bir necha bor almashinadi. 
Bunga qumli cho‘llardagi yirik qum gryadalari va barxanlarni kiritish mumkin. 
Landshaftni tashkil etuvchi birliklar katta kichikligiga qarab turli qatorlarga 
ajratiladi. Masalan, joylar birinchi qatorni, urochishalar ikkinchi qatorni, fatsiyalar 
uchinchi qatorni tashkil etadi. Ayrimlar oraliq birlik bo‘lgan urochishalarni 
uchinchi qator deb hisoblaydi (Yu.Sultonov). Bitta landshaft hududida turli qatorga 
xos bo‘lgan morfologik birliklar uchrashi mumkin. Har bir qator o‘zidan keyingi 
qatordan tashkil topadi. Joy-urochishalardan, urochishalar esa o‘z navbatida eng 
kichik birlik bo‘lgan fatsiyalardan tashkil topgan. 
Morfologik birliklar tashqi o‘xshashlikka ega bo‘lsada, genetik jihatdan turlisha 
bo‘ladi. Landshaftning morfologik birliklari zamon va makonda o‘zgarib turadi, 
shuning uchun ularni o‘rganishga genetik jihatdan yondashiladi. Masalan, dengiz 
shekinganda dastlab tekislikda faqat bitta fatsiya vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan 


21 
esa ishki va tashqi kuchlar ta‘sirida turli fatsiya va urochishalar vujudga keladi va 
ular ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Masalan, suv hosil qilgan jo‘yakshalar 
jarliklarga, keyinshalik kichik soyliklarga aylanishi mumkin. 
Fatsiya takidlab o‘tganimizdek bir xil tabiiy geografik sharoitga ega bo‘lgan eng 
kichik tabiiy geografik birlikdir. Fatsiya termini faqat geografiyada emas, balki 
geologiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlarda ham ishlatiladi. 
Bir xil zonal hamda azonal iqlimiy geologik-geomorfologik, biogeografik 
sharoitga ega bo‘lgan landshaftda fatsial bo‘linishning asosiy omili ular joylashgan 
o‘rnining har xilligidir. Turli fatsiyalarning hosil bo‘lishida landshaft 
taraqqiyotining asosiy xususiyatlari ham katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, tuproqni 
sho‘r bosish, botqoqlanish, ko‘llarda o‘simliklarni ko‘payishi va h.k. 
Fatsiyalar rel‘efning ma‘lum bir elementida: tepalik, jar, vodiy yonbag‘irlari, tog‘ 
etagi, tepasi, tekislik va hakozolarda joylashadi. Rel‘efning bunday elementlari 
eroziya ba‘zisiga nisbatan balandligi, qiyaligi, ekspozisiyasi, mikrorel‘ef 
shakllariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 
Rel‘efning kichik shakllari - tepa, jar, do‘ng tepa yuzasidagi shamollarning 
yo‘nalishi hamda tezligiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu narsa joyning yog‘in taqsimotida, 
harorat sharoitida aks etadi. Balandliklarning shamolga ro‘para tomonida kam, 
teskari tomonida esa ko‘proq to‘planadi. Yog‘inlar ham turlisha tushadi. 
Yonbag‘ir ekspozisiyalari to‘g‘ri quyosh radiasiyasini taqsimlanishiga ham ta‘sir 
ko‘rsatadi. Janubga qaragan yonbag‘irlar quyosh nurlarini tekislikka nisbatan 
ko‘proq, shimoliy yonbag‘irlar esa kamroq oladi. Yonbag‘irlar ekspozisiyasi 
radiasiya rejimi orqali bug‘lanishga ham ta‘sir qiladi. Fatsiya joylashgan turli xil 
joylar issiqlik va namlik rejimi, eroziya, akkumlyasiya jarayonlari, mikroiqlimi, 
nuroq tog‘ jinslari hamda minerallarning tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Natijada har bir landshaftning o‘ziga xos ekologik sharoit vujudga keladi. Bunday 
ekologik sharoitda boshqa joylardagidan farq qiladigan o‘ziga xos biosenoz tarkib 
topadi. Shunday qilib o‘simlik va hayvonot dunyosi tabiatining anorganik 
komponentlari bilan birgalikda rel‘efning ma‘lum bir elementida o‘rnashgan eng 
oddiy geografik kompleksni - fatsiyani hosil qiladi. 
Fatsiyalar landshaftda tirik organizmlardagi hujayralar singari energetik hamda 
geoximik to‘qimalarni hosil qiladi, lekin har bir fatsiya o‘zi mustaqil, 
boshqalargabog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanmaydi, ular o‘zaro bog‘langan holda 
bo‘ladi. 
Landshaftlarda fatsiyalar ko‘plab uchrashi sababli ularni alohida-alohida tadqiq 
qilishning iloji bo‘lmaydi. Natijada ularni tasniflash zaruriyati tug‘iladi.
Fatsiyalarni tasniflash bilan shug‘ullangan olimlardan biri B.B.Polinovdir. U 
landshaftlarda ximiyaviy elementlar migrasiyasini tahlil qilib, fatsiyalarni uchta 
asosiy turga bo‘ladi. Bular: elyuvial, superakval va subakval fatsiyalar. 
Elyuvial fatsiyalar asosan rel‘efning do‘ng joylariga, atrofdan ko‘tarilib turgan suv 
ayirg‘ish yerlarga to‘g‘ri keladi. Bunday fatsiyalarda tuproq hosil bo‘lish jarayoni
o‘simliklar hayoti, moddaning fatsiyaga kirib kelishi asosan atmosfera orqali 
bo‘lib, yer osti suvlari ishtirok etmaydi. Bunda moddalar faqat atmosfera orqali 
keladi, infiltrasiya va oqimlar orqali chiqib ketadi. Moddalarning chiqib ketishi 
keladigan moddalarning miqdoridan ortiq bo‘ladi. Bunday sharoitda turoqlarning 


22 
yuqori gorizontida ishqorlanish sodir bo‘ladi. Tuproqlarning doimiy ravishda 
yuvilib turishi sababli tuproq hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslarining quyi 
qatlamlariga ham kirib boradi. Natijada qalin nurash po‘sti hosil bo‘ladi. 
Superakval fatsiyalar yer osti suvlari yaqin bo‘lgan joylarda hosil bo‘ladi. Bunda 
moddalar atmosferadan kelmasdan bug‘lanish natijasida turli xil suvda erigan 
birikmalarning yer yuzasiga chiqishidan keladi. Shuning uchun ham tuproqlarning 
yuqori gorizontlari erigan moddalarga boyiydi. Bundan tashqari moddalar bu yerga 
undan yuqorida joylashgan elyuvial fatsiyalardan oqimlar orqali ham keladi. 
Subakval fatsiyalar suv havzalari ostida hosil bo‘ladi. Bu yerga moddalar asosan 
oqimlar orqali olib kelinadi. Tuproqning analogi bo‘lgan loyqa pastdan yuqoriga 
ortib boradi. Loyqalarda eng harakatshan elementlar to‘planadi. Subakval 
fatsiyalarda organizmlarning alohida yashash shakllari kuzatiladi. Suv ostida 
joylashganligi sababli organik qoldiqlarning minerallashish sharoiti yer ustidan 
farq qiladi va gumus o‘rniga sopropellar hosil bo‘ladi. 
Urochisha - deb rel‘efning qabariq yoki botiq shakllari yoki tekislik qismlarida bir 
xil tog‘ jinslari ustida tarkib topgan, suv oqimining umumiy yo‘nalishi, nuroq 
jinslarning olib ketilishi, kimyoviy elementlar migrasiyasi umumiy bo‘lgan 
fatsiyalar sistemasiga aytiladi. Ular ayniqsa parshalangan rel‘ef shakllarida aniq 
namoyon bo‘ladi. Mezorel‘efning har bir shakliga tepaliklar, jarliklar, sho‘kmalar, 
gryadalar, terrasalar uchun o‘ziga xos urochishalar mos keladi. Shunday bo‘lsada 
oqim jarayoni, mahalliy atmosfera sirkuliyasiyasi, kimyoviy elementlar 
migrasiyasi rel‘efning musbat va manfiy shakllaridagi fatsiyalarni bog‘lab turadi 
va bitta yondosh qatorni hosil qiladi. 
Mezorel‘ef shakllarining farqi kam bo‘lgan yirik yassi daryo oraliqlarida 
urochishalarning shakllanishi ona jinslar (ularning tarkibi, qalinligi) va tabiiy 
drenajdan uzoqligi bilan belgilanadi. 
Tabiiy drenaj omili namgarchilik ortiqsha zonalarda katta rol o‘ynaydi. Daryo 
vodiylarlaridan uzoqlasha borgan sari daryo oraliqlrida grunt suvlari sathi 
ko‘tariladi, oqim qiyinlashadi, namlikning turg‘unligi kuchayadi, bu esa o‘z 
navbatida tuproq-o‘simlik qoplamida o‘z aksini topadi. Natijada daryo bo‘yi 
yonbag‘irlaridan daryo oralig‘i markaziga tomon urochishalarning o‘zgarishiga 
olib keladi. 
Urochisha - geosistemalar ierarxiyasida fatsiya va landshaft orasidagi muhim 
bosqichdir. Bu dalada landshaft xaritalarini tuzish va aerosu‘ratlarni deshifrirovka 
qilishning asosiy ob‘ekti hisoblanadi. Amaliy landshaft tadqiqotlarida yerlarni 
hisobga olish va baholashda, ulardan foydalanish bo‘yisha tavsiyalar berishda 
urochishalar katta rol o‘ynaydi. 
Sug‘oriladigan qadimgi vohalarda rel‘ef shakllari tekislanib yuborilgan. Bu 
yerlarda tabiiy o‘simliklar o‘rnida madaniy o‘simliklar o‘sib yotadi. Tabiiy 
tuproqlar o‘rnini madaniy tuproqlar egallaydi va ular tabiiy tuproqlardan o‘ziga 
xos xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Madaniy tuproqlar tabiiy tuproqlarga nisbatan 
chirindiga ansha boy bo‘ladi. Tuproq qansha qadimdan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, u 
shuncha serhosil bo‘ladi. Shu sababli ham sug‘oriladigan yerlardagi urochishalarni 
uch guruhga ajratish mumkin: 


23 
1. Eng qadimgi sug‘oriladigan yerlardagi urochishalar (madaniy qatlamlar 
qalinligi 2 metrdan ziyod); 2.Qadimdan sug‘oriladigan yerlardagi urochishalar 
(madaniy qatlamlar qalinligi 1 metrdan 2 metrgasha); 3.Yangidan sug‘oriladigan 
yerlardagi urochishalar (madaniy qatlamlar qalinligi 1 metrgasha). 
Geografik landshaftlar strukturasida egallab yotgan maydoniga ko‘ra urochishalar 
asosiy va ikkinchi darajaliga ajratiladi. Agar jar landshaftning asosiy maydonini 
egallab yotsa bunday urochishalar asosiy urochishalar, kam maydonni egallasa 
ikkinchi darajali urochishalar deyiladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, urochishalarni 
bunday klassifikasiya qilishda ular egallab yotgan rel‘ef shakllarning kelib 
chiqishi, yoki urochishalarni hosil qiluvchi tog‘ jinslarining xarakterini asosiy 
ko‘rsatkish qilib olish zarur.
Urochishalar o‘zining ishki tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab urochishalarga 
bo‘linadi. Agar mezorel‘efning bir elementi bir tipdagi fatsiyadan tashkil topgan 
bo‘lsa oddiy urochisha, agar bir necha fatsiyalardan tashkil topgan bo‘lsa 
murakkab urochishalar deyiladi. 
Murakkab urochishalar quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: ikkinchi darajali 
mezorel‘ef shakllari bilan o‘yilgan yirik mezorel‘eflarda (jarlik va botqoqliklardan 
iborat gryadalar, ko‘llar va botqoqliklardan iborat sho‘kmalar). Litologik jihatdan 
turlisha bo‘lgan bitta mezorel‘ef shaklida. Ikkinchi darajali urochisha yoki alohida 
fatsiyaga ega bo‘lgan suv ayirg‘ishlarda. Ikkilamchi yoki uchlamchi urochishalar 
(balandliklardagi botqoq massivlari va ularning har birlari alohida urochisha 
hisoblanadi). 
Landshaftlarning morfologik qismlari ichida eng kattasi joy (mestnost) deb 
ataladi. Joy deganda ma‘lum landshaft uchun xos bo‘lgan urochishalar 
yig‘indisining alohida varianti tushuniladi. 
Geografik adabiyotda «joy turi» degan atama ham tez-tez uchrab turadi 
(Milkov, 1956). Joy turlari landshaftlarning morfologik qismi hisoblanmaydi-ku, 
ammo u ham xo‘jalikda foydalanishi nuqtai nazaridan qaraganda nisbatan bir xil 
bo‘lgan yirik tabiiy hududiy kompleksdir va urochishalarning majmuidan iboratdir. 
Yuqoridan bayon etilgan morfologik birliklar asosan tekislik o‘lkalarning 
landshaftlari misolida o‘rganilgan birliklar bo‘lib, tog‘lik o‘lkalar landshaftlari 
tadbiq etilganda, ba‘zan qo‘shimsha oraliq birliklarni ajratishga to‘g‘ri keladi. 
Masalan, landashftshunos G.P.Miller (1974) Karpat tog‘lari landshaftlarining 
morfologik 
birliklari 
tizimiga 
sektor-joy-striya-murakkab 
urochisha-oddiy 
urochisha-urochishasha-zveno-fatsiya kabi birliklarni kiritadi. Bunday ko‘p 
pog‘onali morfologik birliklar tizimi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, boshqa 
o‘lkalarda yana boshqasharoq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib qilib landashft o‘zidan kichik bo‘lgan komplekslaran, ya‘ni 
morfologik qismlardan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy kompleksdir. 
Landshaftning har bir morfologik qismi ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan 
kompleks deb qaralishi bilan birga, ular ayrim o‘xshash belgilarga asoslangan 
holda tasnif qilinishi mumkin, ya‘ni tipologik birlik sifatida qaralishi mumkin. 
Landshaftlar bir-biridan turli tabiiy chegaralar bilan ajratilgan bo‘ladi. Landshaftlar 
bir-biriga o‘tishida uning tuzilishi ham o‘zgaradi, ya‘ni landshaftning 
komponentlari va uning morfologik tuzilishi ham o‘zgaradi. Landshaftlarning bu 


24 
birliklari keskin o‘zgarsa uning chegarasi aniq bo‘ladi, agar sekinlik bilan o‘zgarsa 
chegara aniq bo‘lmaydi. Landshaft chegaralarining vujudga kelishi zonal va azonal 
omillarning ta‘siri bilan bog‘liq. Landshaftlar chegaralarini o‘zgarishi turli 
sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, absalyut balandlikning o‘zgarishi, 
to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, iqlimning zonalligi va h.k.
Landshaftlar kamdan-kam hollardagina keskin chegaralarga ega bo‘ladi. 
Uning uchun hamma komponentlar keskin va baravariga o‘zgarishi kerak. Bunday 
hodisa esa tabiatda kam kuzatiladi. Landshaft chegaralari uni hosil qilgan omillar 
keskin o‘zgargan sharoitdagina aniq ifodalanadi. Azonal geologik-geomorfologik 
omillar o‘zining sekin o‘zgaruvshanligi sababli eng turg‘un landshaft chegaralarini 
hosil qiladi. Masalan, baland orfografik ko‘tarilmalar. Azonal chegaralar 
gidrografik chegaralar, ya‘ni daryo va uning tarmoqlariga ham to‘g‘ri kelishi 
mumkin. Ko‘pgina daryolar turli morfostrukturalar chegaralari bo‘ylab oqadi, ular 
o‘ng sohillarini emirib, shap sohilida terrasalarni hosil qiladi. Azonal omillar 
keskin o‘zgarishi sababli ko‘pchilik landshaftlarning chegarasi ham azonal kelib 
chiqishiga ega.
Landshaftning morfologik qismlari landshaft chegaralariga nisbatan aniq 
ifodalanadi. Landshaft chegaralarini ayrim urochishalarning chegaralari bo‘ylab 
o‘tkazib bo‘lmaydi, shunki morfologik birliklarni ba‘zi tiplari ikkala landshaft 
uchun ham umumiy bo‘ladi. Shuning uchun urosheshalarning chegarasi keskin 
bo‘lganda ham landshaftlar o‘rtasidagi chegaralar ham keskin bo‘lishi kerak, degan 
xulosa noto‘g‘ridir.
Landshaftlar faqatgina gorizontal yoki hududiy chegaralarga ega bo‘lmasdan, ular 
balandlik chegaralariga ham ega. Landshaftlarning vertikal chegaralari 
to‘g‘risidagi mulohazalarni biz A.Yu.Regesom (1966), K.N.Dyakonov (1971), 
V.B.Soshava 
(1978), 
N.L.Berushashvili 
(1990) 
kabilarning 
asarlarida 
uchratishimiz mumkin.
A.Yu.Regesomning (1966) yozishicha biogeosenozlarning (fatsiya) yuqori 
chegarasi juda o‘zgaruvshandir va yer yuzasining past-balandligi, meteorologik 
sharoitlari, radiasiya balansi va moddaning biologik aylanishiga bog‘liqdir.
O‘tloq biogeosenozlarda yuqori chegara bir necha o‘n santimetrdan bir necha 
metrgasha balanddan o‘tishi mumkin. O‘rmon biosenozlarida esa bir necha o‘n 
metr yuqoridan o‘tadi. Urochishalarning yuqori chegarasi bir necha o‘n metrdan 
bir necha yuz metrgasha bo‘ladi. Landshaftlarning maydoni kattaroq bo‘lgani 
uchun ularning yuqori chegarasi 0,8-2,0 km balanddan o‘tadi.
O‘rmon-tundra landshaftlarini o‘rgangan K.N.Dyakonov (1971) oq qayinli siyrak 
o‘rmon fatsiyalarining yuqori chegarasini 4-5 metrdan, urochishalarning yuqori 
chegarasini esa yer yuzidan 7-9 metr balanddan o‘tishini aniqlagan. K.N.Dyakonov 
ana shu balandlikda fatsiyalararo va urochishalararo havo haroratining farqlari 
yo‘qolar ekan. Bu ko‘rsatkishlar bir martalik o‘lshash natijalaridir. Boshqasha ob-
havo sharoitida bu ko‘rsatkishlar boshqasha bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun 
A.G. Isashenko (1991) tabiiy geografik komplekslarning taksonomik ko‘lami 
kattalashgan sari ularning yuqori chegarasi balandlashib borishi haqidagi fikrni 
noto‘g‘ri deb hisoblaydi. A.G.Isashenkoning o‘zi landshaftlarning yuqori 
chegarasini yer yuzasidagi o‘simliklar egallagan 10 metr qalinlikdagi qatlamdan 


25 
30-50 m balanddan, ayrim hollarda esa undan ham balanddan o‘tkazgan ma‘qul 
deb hisoblaydi.
A.L.Berushashvili ham tabiiy geografik komplekslarning yuqori chegarasi ob-havo 
sharoitiga, turli komponentlarning holatiga bog‘liq holda tez-tez o‘zgarib turishini 
inobatga olib, bu chegarani aniqlash qiyin ekanligini ta‘kidlaydi. Uning fikrisha 
biogeosenozlarning yuqori chegarasini eng baland o‘simliklarning uchlaridan 
o‘tkazish kerak. Fatsiyaning yuqori chegarasini aniqlab olish uchun yilning turli 
fasllarida maxsus gradient kuzatishlari olib borish zarur va qashon bu chegara eng 
yuqoridan o‘tsa, o‘sha chegarani fatsiyaning chegarasi deb hisoblash mumkin.
Tabiiy geografik komplekslarning pastki chegaralari haqida ham qat‘iy bir 
xulosaga 
kelinmagan. 
A.G.Isashenkoning 
(1991) 
yozishicha, 
landshaft 
zonalarining pastki chegarasi, bir vaqtlar A.A.Grigorev aytganidek yer sathidan 
15-20 m pastdan o‘tishi lozim. Landshaftlarning pastki chegarasi esa zonaning 
chegarasidan past bo‘lmasligi lozim. Landshaftning pastki chegarasi 
komponentlarning o‘zaro ta‘siri, quyosh energiyasining o‘zgarishi, namlikning 
aylanishi, organizmlarning geokimyoviy faoliyati kabi jarayonlarning izlari sezilib 
turadigan qatlamning pastidan o‘tishi, ya‘ni yer sathidan bir necha metr shuqurdan 
o‘tishi kerak. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin