7
V.V.Dokuchaevni landshaft haqidagi ta‘limotning yaratuvchisi va hozirgi zamon
geografiyasining asoschisi deb atagan bo‘lsa, landashftshunos N.A.Solnsev (1948)
V.V.Dokuchaev landshaftshunoslikning tub asoslarini, ya‘ni poydevorini yaratdi
deb ta‘kidlaydi.
XX asr 20-yillarining o‘rtalariga kelib, birin-ketin landshaft izlanishlari natijalari
va ular tufayli yuzaga kelgan fikrlar e‘lon qilina boshlandi. Ana shunday ishlardan
biri B.B.Polinovga tegishlidir. Uning 1925-yilda ―Priroda‖ jurnalida bosilib
chiqqan ―Landshaftlar va tuproq‖ nomli maqolasida landshaftshunoslikning bir
qator umumiy masalalari ko‘rilgan va shu jumladan, landshaft tushunchasini
aniqlashtirishga ham harakat qilingan. B.B.Polinovning yozichisha,
landshaft deb
yer yuzasining shunday qismiga aytiladiki, uning hududida iqlim, tog‘ jinslari,
rel‘ef, suv havzalari, o‘simlik, tuproq va hayvonot dunyosining ma‘lum tarkibi va
xususiyatlari, ular orasidagi o‘zaro ta‘sir jarayonlarning bir butunligiga sabab
bo‘ladigan darajada saqlanadi.
B.B.Polinov landshaftlarning dinamik holatiga e‘tibor berib, landshaftlarning
tarkibiy qismlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muvozanat holatda emas, balki u
doimo harakatda bo‘ladi hamda landshaftning evolyusiyasini, ya‘ni asta-sekin
muttasil
rivojlanib borishini, hamda uning oqibatida bir lanshaft o‘rnida boshqasi
hosil bo‘lishini ta‘kidlab o‘tadi.
1926-1927 yillarda I.V.Larin (1889-1972) ham o‘zining landshaftlarni o‘rganishga
bag‘ishlangan ilmiy maqolalarini e‘lon qildi. Uning Ural guberniyasi hamda
Kaspiybo‘yi pasttekisliklaridagi Shiji yoyilmalari landshaflariga tegishli ishlarida
o‘simlik qoplami bilan landshaft o‘rtasida juda katta bog‘liqlik mavjudligi va shu
bilan birga landshaflarni o‘simliklarga qarab aniqlash uslubikasi yoritib berilgan.
Ushbu ilmiy ishlarda aniq landshaft xaritalari va ularga bog‘liq holda
landshaftlarning batafsil tahlili ham keltirilgan. Undan tashqari tabiiy geografik
komplekslarning eng kishigi, boshqa bo‘linmaydigan mikrolandshaft haqidagi
g‘oya ham ilgari surilgan.
Landshaftshunoslik sohasidagi nazariy izlanishlar va qizg‘in munozaralarga
L.S.Bergning (1931) landshaft-geografik zonalar haqidagi kitobining bosilib
chiqishi asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Bu yirik ilmiy
asarning kirish qismida
landshaft haqidagi ta‘limot asoslari qisqasha bayon etilgan. Unda L.S.Berg
landshaft tushunchasining izohini to‘ldirishga va aniqlashtirishga harakat qilgan.
Shu bilan birga landshaftlarning vaqt mobaynida o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning
shakllari va sabablari haqida bir qator muhim fikrlarni bildirgan. Ushbu kitobda
yozilishicha, geografik landshaft shunday bir hodisa va jarayonlarning
guruhlashganiki, landshaft iqlim, suvlar, tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot
dunyosi hamda ma‘lum darajada insonning xo‘jalikdagi faoliyati ham uyg‘unlashib
ketgan garmonik bir butunni tashkil qiladi. Shu bilan birga, u yerning ma‘lum
tabiat zonasi ichida tipik qaytalanib turadi. Landshaft tushunchasiga berilgan ushbu
ta‘rif L.S.Bergning 1936, 1938, 1939-yillarda nashr qilingan ishlarida ham
qaytalanadi. Ammo, u keyinshalik 1945 va 1948 yillarda ―Landshaft‖ atamasi
o‘rniga ―geografik aspekt‖ atamasini ishlatishni lozim topadi.
Tabiiy geografiyada Dokuchaevsha genetik bo‘linishni va uni L.S.Berg asarlarida
rivojlantirilishini tahlil qilgan A.G.Isashenko (1955) L.S.Bergning ilmiy
8
faoliyatidagi 3 ta asosiy yo‘nalishni ajratadi. Bular: 1) geografik zonalar haqidagi
ta‘limot, 2) geografik landshaft haqidagi ta‘limot va 3) yer yuzasi tabiati (geografik
muhit) ning rivojlanishi haqidagi ta‘limotdir.
Landshaftshunoslikning
taraqqiyot
tarixi
haqida so‘z yuritilar ekan,
L.G.Ramenskiy (1984-1953) bildirgan fikrlar haqida ham to‘xtalib o‘tmasak
bo‘lmaydi. Shunki landshaft morfologik tuzilishi haqidagi
dastlabki fikrlar va
landshaftshunoslikdagi butun boshlik bir yo‘nalishga asos bo‘lgan tushuncha, ya‘ni
―Landshaftlar regional birliklardir‖ degan tushunchani ilgari surgan kishi
L.G.Ramenskiydir. U o‘zining 1935 yilda e‘lon qilingan maqolasida
landshaftshunoslik uchun dastlabki, eng kichik birlik bo‘lib tabiiy sharoiti jihatidan
bir xil bo‘lgan eng oddiy kompleks -
epifatsiyalar hisoblanadi deb yozgan edi.
Keyinshalik L.G.Ramenskiy (1938) mezokomplekslarni urochishalar deb ataydi va
epifatsiyalarning ma‘lum bir guruhi, ya‘ni o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lganlari
birgalikda urochishalarni tashkil qilishini ta‘kidlab o‘tadi. Uning fikriga qaraganda
landshaftlarni tashkil qiluvchi urochishalar namlik, issiqlik va turli moddalar
almashinuvi orqali o‘zaro bog‘liq va aloqadordir hamda bir butun moddiy tizimdir.
Uning bu mulohazalari landshaftning morfologik strukturasini oshib berishga
qaratilgan dastlabki qadam edi.
Landshaft regional birliklar degan tushunchaning tarafdorlaridan yana biri, tabiiy
geografiyaning nazariyasi, yerning geografik qonuniyatlari va geografik landshaft
haqidagi ta‘limot bo‘yisha bir qator ilmiy asarlar yaratgan olim S.V.Kalesnik
(1901-1977) hisoblanadi.
Uning fikrisha, har bir landshaft tabiiy geografiyaning
asosiy birligidir, ya‘ni tabiiy geografik rayon bilan landshaft ikkalasi bir narsadir.
Landshaftdan kichik bo‘lgan tabiiy geografik komplekslarni o‘rganish boshqa
fanning vazifasidir.
Landshaft va ularning turli taksonomik qiymatga ega bo‘lgan guruhlari regional
tabiiy geografiyaning asl ob‘ektidir deb hisoblagan S.V.Kalesnik (1952), tabiiy
geografiya landshaftlarni, ularning tarkibi, tashqi ko‘rinishi, strukturasi va
rivojlanish qonuniyatlari jihatidan o‘rganadi deb yozadi. Uningsha, landshaft yer
yuzasining
shunday bir qismiki, u boshqa qismlaridan sifat jihatidan farq qiladi,
tabiiy chegaralar bilan chegaralangan bo‘ladi. Landshaft predmet va xodisalarning
o‘zaro bog‘langan bir butun yig‘indisi bo‘lib, anshagina katta hududda tipik
namoyon bo‘lib turadi va har tomonlama yerning landshaft qobig‘i bilan uzluksiz
bog‘liqdir.
Agar V.V.Dokuchaev izlanishlaridan boshlab to 40-yillarning boshlariga qadar
bo‘lgan davrdagi landshaftshunoslikning rivojlanish tarixaga qisqasha yakun
yasaydigan bo‘lsak, quyidagilarni ta‘kidlab o‘tish lozim bo‘ladi:
1) yangi tabiiy geografiyaning, shu jumladan landshaftshunoslikning vujudga
kelishiga asosan V.V.Dokuchaevning (1893-1899) jonli va jonsiz tabiat orasidagi
aloqalar haqidagi g‘oyasi sabab bo‘ldi. 20-asrning boshlariga kelib tabiiy geografik
komplekslar haqidagi yangi bir fanning yuzaga kelishi muqarrar bo‘lib qolgan edi;
2)
A.A.Borzov,
G.F.Morozov,
L.S.Berg,
R.N.Abolin,
B.B.Polinov,
L.G.Ramenskiy va boshqalarning ilmiy izlanishlari natijasida landshaft haqidagi
ta‘limot shakllana boshladi. Yirik va o‘rta masshtabli landshaft xaritalarini yaratish
jarayonida kattami-kichikmi tabiiy geografik komplekslar
mavjud ekanligi va
9
ularni hosil qiluvchi komponentlari haqiqatdan ham bir-biri bilan shambarshas
bog‘liq va uzviy aloqador ekanligi ma‘lum bo‘ldi;
3) landshaftlar o‘zidan kichik bo‘lgan tabiiy geografik komplekslar -
urochisha va
Dostları ilə paylaş: