O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tasniflash qatori (A.G. Isachenko, 1991)



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Landshaft

 
Tasniflash qatori (A.G. Isachenko, 1991) 
 
Landshaft tipi:
Sharqiy Yevropa mo‘tadil kontinental boreal (tayga) landshafti. 
Kichik tip: janubiy tayga. 
Sinf: tekislik. 
Kichik sinf: qirli. 
Landshaft xili: 
karbonatli paleozoy yotqiziqlaridagi tepali-morenali landshaft. 
 Mustaqil o’qish uchun savollar: 
1.Landshaftlar dinamikasini o‘rganishda A.G.Isashenko, V.B.Soshava, 
I.I.Mamaylarning roli. 
2. Landshftning maxsus faoliyati. 
3. Landshaftlarning rivojlanishi. 
4. Landshaft barqarorligini buzilishiga sabab bo‘luvchi omillar. 
5.Landshaftlarning tasniflashning ahamiyati. 
6.Landshaft xaritalari taniflashning asosi ekanligi. 
7.Dunyo bo‘yisha landshaft tiplari va ularning zonal guruhlari. 


33 
5-mavzu: LANDSHAFTLARNING MAXSUS FAOLIYATI (O‘Z 
FUNKSIYASINI BAJARISHI) 
 
Reja 
 
1. Landshaftlarda energiya oqimi va uning o‗zgarishini qanday tasavvur 
qilasiz? 
2. Landshaftlarda namlik aylanishi qanday bo‗ladi? 
3. Landshaftlarda moddaning biokimyoviy aylanishi qanday yuz beradi? 
 
Tayansh iboralar: energiya oqimi, namlik aylanishi, biokimyoviy aylanishi, 
moddaning biokimyoviy aylanishi. 
Oldingi boblarda aytib o‗tganimizdek, landshaft ichki tuzilishining 
shakllanishida, unig dinamikasida, evolyutsion o‗zgarishlarida va rivojlanishida 
modda va energiya almashinish jarayoni eng muhim shart-sharoitlardan biridir. Bu 
jarayon landshaftning "yashashi"ning yoki maxsus faoliyatining asosini tashkil 
qiladi. Landshaftning maxsus faoliyati deganda A.G.Isachenko (1991) landshaftda 
ro‗y beradigan modda va energiyaning ko‗chib yurishi, almashinishi va o‗zgarishi 
kabi barcha jarayonlarning majmuasini tushunadi. 
Landshaftning maxsus faoliyati asosida uchta yirik tabiiy jarayon yotadi. 
Bular: 1) energiya oqimi va uning o‗zgarishi; 2) namlikning aylanishi; 3) 
moddaning biokimyoviy aylanishidir. Quyida ana shu jarayonlarni birma-bir ko‗rib 
o‗tamiz. 
Landshaftlarda ro‗y beradigan energiya oqimida asosan uch xil energiya, 
ya‘ni quyosh energiyasi, yerning ichki energiyasi va gravitatsiya energiyasi 
ishtirok etadi. Bularga qo‗shimcha qilib kimyoviy unsurlarning o‗zaro ta‘siridan 
ajralib chiqadigan energiya, nerallarning kristallar panjarasida hosil bo‗ladigan
energiya kabilarni ham aytish mumkin. Ammo oldingi uch xil energiyaga nisbatan 
bularning salmoo‗i ancha kamdir. 
Sanab o‗tilgan uch energiya xillari ichida quyosh energiyasi ayniqsa katta 
ahamiyatga ega bo‗lib, u landshaftlarning maxsus faoliyatidagi moddalarning 
barcha aylanma harakatlarida ishtirok etadi. Yerdagi hayotning bor-yo‗qligi ana 
shu energiyaga bog‗liqdir. Quyosh energiyasining yerdagi modda aylanishiga 
qo‗shilib ketishi asosan o‗zida xlorofill moddasi bo‗lgan organizmlar: yashil 
bakteriyalar, ko‗k-yashil suv o‗tlari, fitoplankton va yuqori tabaqa o‗simliklarning 
fotosintezi orqali bo‗ladi. 
Quyosh energiyasi Yer atmosferasiga yetib kelar ekan, uning 30 foizdan 
ortiqrog‗i atmosferadan aks etib qaytib ketadi (Yer sun‘iy yo‗ldoshlaridan olingan 
ma‘lumotlarga qaraganda Yer kurrasining albedosi 0,33 ga teng). Quyosh 
energiyasining ana shu qismi fazoda yo‗qolib, atmosferadagi havo harakatlarida va 
Yerdagi jarayonlarda ishtirok etmaydi. Quyosh energiyasining 20 foizga yaqini
atmosfera qatlamidan o‗tish vaqtida yutilib qoladi va atmosferaning isishiga sarf 
bo‗ladi. Yerga esa o‗rtacha olganda Quyosh energiyasining 50 foizga yaqini yetib 
keladi. 


34 
Yerga yetib keladigan energiya oqimining asosiy qismi qisqa to‗lqinli Quyosh 
radiatsiyasidir. Bu oqim ba‘zan Quyosh doimiyligi deb ham ataladi va mutloq 
emas, 1,5-2 foiz orasida o‗zgarib turadi. Ana shu qisqa to‗lqinli quyosh radiatsiyasi 
energiyasining jadalligi 1.98 dan 2.0 kal/sm.min gacha deb hisoblanadi. 
Landshaftlarga kirib kelayotgan Quyosh energiyasi oqimining o‗zgarishi 
haqidagi umumiy tasavvurni 12-rasmdan olsa bo‗ladi. Quyosh energiyasining turli 
landshaftlarda ro‗y beradigan o‗zgarishini Yu.L.Rauner (1972), M.I.Budiko (1977) 
ishlarida ham ko‗rish mumkin. 
-----------------------¬
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦ ¦ 
¦
¦ ¦ 
¦ ¦ 
L---------------------- 
Landshaftlarga quyosh energiyasi asosan to‗g‗ri va tarqoq radiatsiya sifatida 
kirib keladi. Ular birgalikda yalpi radiatsiyani tashkil qiladi. Yer yuzasiga yetib 
keladigan yalpi radiatsiyaning kuchi o‗rtacha olganda 5600 MDJ/m
2
yilga 
tengdir. Yalpi radiatsiyaning ma‘lum bir qismi landshaftlardan aks etib yana 
atmosferaga qaytadi. Bu ko‗satkich esa ko‗p jihatdan landshaftlarning albedosiga 
bog‗liq. Turlicha landshaftlarda albedo turlichadir. Masalan, yangi yoqqan qor
yuzasining albedosi 0.80-0.95; yashil o‗t-o‗lanlarniki 0.20-0.25; keng bargli 
o‗rmonlar albedosi 0.15-0.20; igna bargli o‗rmonlarniki 0.10-0.15; barxan qumlari 
tarqalgan landshaftlarda -0.24; ustida o‗simlik bo‗lgan gryada qumlarida 0.22; 
o‗rta zich bo‗lgan saksavulzor albedosi-0.20; Mirzacho‗l, Qarshi dashti kabi gillik 
cho‗llarda ham 0.27-0.35 atrofida bo‗lar ekan. 
Yalpi radiatsiya bilan aks etib qaytgan radiatsiya orasidagi farq qisqa 
to‗lqinli balans deyiladi. 
Landshaftning o‗simliklari, tuproq yuzasi quyosh radiatsiyasini yutishi 
natijasida o‗zi uchun to‗lqinli nurlanish manbaiga aylanadi.Landshaftlarning uzun 
to‗lqinli nurlanishi mutloq qora yuza nurlanishiga teng bo‗lib, ko‗pincha 0.90-1.00 
atrofida bular ekan (M.I.Budiko, 1977). 
Landshaft ustidagi atmosfera tarkibida bo‗lgan suv bug‗lari va turli gazlar 
uzun to‗lqinli radiatsiyani yutib atmosferaning landshaftga qarata nurni qayta aks
ettirishiga sabab bo‗ladi. 
Landshaftdan qaytgan va unga nisbatan yana atmosferadan qaytgan radiatsiya 
orasidagi farq uzun to‗lqinli balans deb ataladi. Landshaftga kirib kelgan va undan 
12-rasm. Landshaftlarda energiya oqimning o‗zgarishi 
(A.A. Makunina bo‗yicha).
1 - yalpi radiatsiya; 2 - to‗g‗ri radiatsiya; 3 - tarqoq 
radiatsiya; 4 - aks etgan radiatsiya; 5 - uzun to‗lqinli 
balans; 6 - issiqlikning turbulent almashinishi; 7 - 
qisqa to‗lqinli balans; 8 - radiatsion balans; 9 - 
fotosintezga sarf bo‗ ladigan issiqlik; 10 - tabiiy 
bug‗lanishga sarf bo‗ladigan issiq- lik; 11 - 
transpiratsiyaga sarf bo‗ladigan issiqlik; 12 - tuproq 
bilan issiqlik almashinishi. 


35 
yana atmosferaga qaytadigan radiatsiya energiyasining oqimi yig‗indisi radiatsiya 
balansi deb ataladi. Radiatsiya balansi qisqa to‗lqinli balans bilan uzun to‗lqinli 
balans orasidagi farqqa teng bo‗ladi. Undan tashqari landshaft yuzasi bilan 
atmosfera orasida turbulent issiqlik almashinish jarayoni ham mavjuddir. Bu 
jarayon O‗zbekiston cho‗l hududlarida radiatsiya balansining 80 foizdan ortiqroq 
qismini qamrab oladi. Yer yuzasida yutiladigan quyosh energiyasining asosiy 
qismi issiqlik sifatida tuproqdagi, o‗simliklardagi, daryo va ko‗llardagi suv va 
namlikning bug‗lanishiga sarf bo‗ladi. Bu energiya asosan tabiiy bug‗lanishga va 
transpiratsiyaga sarf bo‗ladi. Undan tashqari yalpi radiatsiya oqimining 0.5 foizga 
yaqini o‗simliklarning fotosintez jarayoniga sarf bo‗ladi. Bu energiyaning 
yarmidan ko‗proo‗i shu zaxotiyoq o‗simliklarning nafas olish jarayonida 
yo‗qoladi. Qolgan qismi esa o‗simliklarning to‗qimalarida to‗planib, keyinchalik 
oziqa zanjirlarida ishtirok etadi, ayrim qismlari esa jonsiz organik moddaga o‗tib 
ketadi.
Yuqoridagi rasmda quyosh energiyasining deyarli barcha oqimlari va 
o‗zgarishi hisobga olingan. Ammo har bir landshaft sharoitida bu oqimlarning 
nisbati va son ko‗rsatkichlari turlicha bo‗lishi mumkin. Masalan, keng bargli 
o‗rmon landshaftidagi energiya oqimi va uning o‗zgarishini quyidagicha tasavvur 
qilsa bo‗ladi (13-rasm). 
O‗zbekiston hududida tarqalgan asosiy landshaft turlarida energiya oqimining 
ayrim jabhalari qay darajada ekanligini quyidagi jadvaldan ko‗rish mumkin (6-
jadval). 
6-jadval 
Issiqlik balansini tashqil qiluvchi ko‗rsatkichlar yig‗indisi (kal/sm 52 0) va 
issiqlik oqimlari (kal/sm 52 0.min) (B.A.Ayzenshtat, 1966 bo‗yicha) 
Kuzatilgan 
joy 
va 
uning qisqacha ta‘rifi 

Σ R ΣP ΣB ΣLE ΣP 


ΣR 



LE 
Janubiy Qizilqumdagi: 
Qumlik 
cho‗l 
landshaftlari 
0,25 387 289 48 0 
86 0,78 0,64 0,14 0,00 
Sakzovulzor landshafti 
0,20 381 255 38 88 
67 0,92 0,69 0,09 0,14 
A – albedo; R – radiatsiya balansi oqimining peshingi ko‗rsatkichi; P – 
turbulent issiqlik almashinishi; V – tuproqdagi issiqlik oqimi; Σ – yig‗indisi. 
13-rasm. O‗rmon landshaftlarida energiya 
oqimi. 
1 - quyosh energiyasi, 100%; 2 - issiqlik 
energiyasi, 74%; 3 - aks etgan energiya, 
10%; 4 - Yerga yetib kelgan energiya, 15%; 
5 – organik moddaga birikkan 1% quyosh 
energiyasi; 6 - energiya yo‗qolishi, 50%; 7- 
o‗simlik moddasi, 50%; 8 - 40% i yemish 


36 
bo‗ladi; 9 - 60% i yemish bo‗lmaydi; 10 - energiya yo‗qotilishi, 30%; 11 - 
fitofaglar; 12 - 42% i yemish bo‗ladi; 13 - 58% i yemish bo‗lmaydi; 14 - energiya
yo‗qotilishi, 20%; 15 - 1-tartibli yirtqichlar; 16 - 45% i yemish bo‗ladi; 17 - 55% i 
yemish bo‗lmaydi; 18 - energiya yo‗qotilishi, 20%; 19 - 11-tartibli yirtqichlar; 20 -
biomassa o‗sishi (mahsuldorlik); 21 - yemish bo‗ladigan o‗lik organizmlar; 22 - 
25%; 23 - bioredutsentlar; 24 - 68% yemish bo‗lmaydi; 25 - saprofitlar; 26 - 
kaprofaglar; 27 - 75% yo‗qoladi. 
Quyoshdan kelayotgan energiya oqimining ayrim qismlari landshaftlarning 
ma‘lum holatida ayrim jarayonlarda ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, yilning 
qish oylarida fotosintez yoki transpiratsiya jarayonlari har doim ham 
bo‗lavermasligi mumkin. Shuning uchun ham landshaftda yuz beradigan energiya 
oqimlarini aniqlash va hisoblashda ish jarayonining vaqt chegaralari haqida ham 
tasavvurga ega bo‗lishi kerak. Umuman olganda statsionar izlanishlar sharoitda 
landshaftdagi energiya oqimini va uning o‗zgarishini aniqlash mumkin, ammo bu 
juda murakkab masala bo‗lib, ko‗p vaqt va ko‗p mexnat talab qiladi. Chunki u yoki 
bu landshaftlarda energiyaning to‗planish tezligi kun sayin, soat sayin, xattoki har 
daqiqada o‗zgarib turadi va bu o‗zgarishlar juda ko‗p omillarga bog‗liqdir. 
Xullas, quyoshdan keladigan energiya landshaftning maxsus faoliyatini 
ta‘minlab turuvchi eng asosiy hamda boshqa meteorologik, gidrologik, 
geomorfologik, biogeokimyoviy kabi turli jarayonlarni bog‗lovchi va 
A.A.Grigorev aytgan "bir butun tabiiy geografik jarayonni" hosil qiluvchi asosiy 
omil hisoblanadi. 
Landshaftlarning maxsus faoliyatidagi energetik omillardan yana biri Yerning 
ichki energiyasidir. Bu energiya asosan geotermik issiqlik, vulqonlar otilishidan 
ajralib chiqadigan issiqlik, issiq suvlar energiyasi kabilardan iboratdir. 
O.G.Soroxtin (1977) ma‘lumoti bo‗yicha Yer yuzasiga ta‘sir etuvchi geotermik 
energiya kuchi 0,82 x 10
2
erg (s.sm
2
) atrofida bo‗lar ekan. Vulqonlar otilishidan 
ajralib chiqadigan energiya esa o‗rtacha 10
20
-10
0
0erg oralig‗ida bo‗lar ekan 
(G.Makdonald, 1975). Geotermal suvlar bilan chiqadigan issiqlik energiyasi 
yiliga o‗rtacha 100 erg (s.sm 520 0) ga teng bo‗ladi. Ammo bu xil energiyaning 
ta‘siri landshaftlarning shu xil energiya manbalariga uzoq- yaqin joylashganligiga 
ko‗proq bog‗liqdir. Umuman yerning ichidan bo‗ladigan energiya quyosh 
energiyasining 0,04 foiziga yaqin kuchini beradi holos. 
Landshaftlarda ro‗y beradigan energiya oqimlarida gravitatsiya energiyasi 
ham ishtirok etadi. Bu energiya landshaftlardagi modda aylanish jarayoni 
mavjudligi va tezligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Gravitatsiya energiya oqimi aylanma 
harakatga ega bo‗lmay bir tomonga yo‗nalgandir. Moddaning og‗irlik kuchi 
absolyut balandlikka, tog‗ jinslarining zichligi va boshqa omillarga bog‗liq. Ammo 
bularga energiyaning boshqa turlariga nisbatan juda kam e‘tibor beriladi. Aslida 
esa moddaning oo‗irlik kuchi landshaftlardagi moddaning gravigen oqimlarini 
hosil qiladi. Gravigen oqimlar esa landshaftdagi abiogen modda almashinishida 
katta rol o‗ynaydi va modda harakatining deyarli barcha shaklida ozmi-ko‗pmi 
ishtirok etadi. 


37 
Geografik qobiqda eng keng tarqalgan moddiy birikmalardan biri suv bo‗lib, 
u okeanlar, qorlik va muzliklar, ko‗llar, daryolar va soylar, botqoqliklar, tuproq va 
atmosferada 1.5 mlrd. km
3
ga yaqin hajmda turli holatda mavjuddir (7-jadval). 
7-jadval. 
Gidrosferadagi suvning hajmi va uning tiklanish faolligi
(M.I.Lvovich, 1986 bo‗yicha) 
Suv resurslari manbalari 
Suv hajmi, 
km

Suv balansi 
elementi km
3

yil 
Suv zahirasining 
tiklanish davri, yil 
Dunyo okeani 
1 370 000 
000 
452 000 
3 000 
Yer osti suvlari 
60 000 000 
12 000 
5 000 
Qutb muzliklari 
24 000 000 
3 000 
8 000 
Quruqlikdagi yer usti 
suvlari
280 000 
40 000 
7
Daryolar 
1 200 
40 000 
0, 03 
Tuproqdagi namlik
80 000 
80 000 

Atmosfera bug‗lari 
14 000 
525 000 
0, 027 
Gidrosfera 
1 454 000 
000 
525 000 
2 800 
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, gidrosferadagi suvning asosiy qismi (94 foizi) 
dunyo okeaniga to‗g‗ri keladi. Dunyo okeanidagi suv to‗la yangilanishi uchun uch 
ming yil kerak bo‗ladi. Daryolardagi suvlar esa o‗rtacha har II kunda yangilanar 
ekan. Atmosferadagi namlikning almashinishi ham tahminan shuncha kunga 
to‗g‗ri keladi. 
Suv Yerdagi hayot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uning 
fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari maxsus adabiyotda keng yoritilgan. 
Uning ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, organizmlarning hayot jarayoni uchun 
mos harorat sharoitida u suyuq holatda bo‗ladi. Yana bir xususiyati uning 
nihoyatda singuvchanligidir. Suvning jismlarga (tuproq, o‗simlik va x.k) singish 
darajasi boshqa suyuqliklarga nisbatan yuqori bo‗lganligi uchun tabiatda kimyoviy 
jihatdan toza suv deyarli uchramaydi. Uning tarkibida albatta qandaydir eritmalar 
va aralashmalar bo‗ladi. Xatto atmosfera yog‗inlari tarkibida ham turli xil erigan 
tuzlar mavjuddir. Masalan, (O‗rta Osiyoning) baland tog‗lik hududlarida agar har 
yili o‗rtacha 221 km
3
atmosfera yog‗inlari tushsa uning tarkibida 7 mln.t dan ortiq 
turli-tuman tuzlar bo‗ladi. Tekislik va tog‗ oldi hududlarida esa bundan 8-9 marta 
ko‗proqdir. 
Landshaft tarkibidagi suv nihoyatda kuchli geokimyoviy omil hisoblanadi. 
Landshaftlardagi asosiy kimyoviy jarayonlar ana shu suvda yoki uning ishtirokida 
ro‗y beradi. Suv kimyoviy moddalarning harakatida transport vazifasini o‗taydi. 
Moddaning bir landshaftdan chiqib ketishi, ikkinchi bir landshaftga kirib kelishi va 
to‗planishidasuvning ahamiyati benixoyadir. Bundan tashqari landshaftlardagi 
jonli moddaning shakllanishi va hayotida ham suv eng asosiy omillardan biridir. 


38 
Landshaftlardagi namlikning yillik yig‗indisi asosan atmosferadan tushadigan 
yog‗in-sochin hisobiga hosil bo‗ladi. Landshaftga kirib kelgan yog‗inning ayrim 
qismini o‗simlik qoplami ushlab qoladi. O‗simliklarning tanasi va bargida ushlanib 
qolgan namlik yana atmosferaga bug‗lanib ketadi (14-rasm).
14 - rasm. Landshaftlarda namlik aylanishining umumiy ko‗rinishi. 
1 - yog‗inlar bilan kirib keladigan namlik; 2 - namlikning o‗simliklar bilan 
tutilib qolishi va o‗simlik tanasidagi namlik; 3 - o‗simliklar tagidagi namlik; 4 - 
namlikning oqar suvlar bilan kirib kelishi; 5 – oqar suvlar bilan chiqib ketishi; 6
- grunt suvlari oqimi; 7 - tabiiy bug‗lanish; 8 -namlik transpiratsiyasi. 
tuproqdagi namlik zaxirasi 
qor qoplamidagi suvlar 
Namlikning katta qismi tuproq yuzasiga yetib keladi, uning bir qismi 
tuproqqa singadi va qolgan qismi esa yer yuzasidagi oqar suvlarni hosil qiladi. 
Masalan, (O‗rta Osiyo) tog‗lariga har yili o‗rtacha 575 mm yog‗in yoo‗adigan 
bo‗lsa uning 374 mm bug‗lanib, qolgan 201 mm oqim hosil qiladi 
(V.L.Shuls,1965). Rossiya tekisliklaridagi keng bargli o‗rmon landshaftlarida 
esa 750 mm yog‗inning 140 mm oqim hosil qiladi, 60 mm ga yaqini bug‗lanib 
ketadi, 70 mm daraxtlarning bargida qolib ketar ekan. Ammo 480 mm esa 
tuproqqa singib ulguradi. Uning 400 mm yana transpiratsiya jarayoniga, qolgan 80 
mm esa yer osti suvlariga qo‗shilib ketar ekan. Ushbu misollardan ko‗rinib 
turibdiki, turli landshaftga tushadigan turli miqdordagi yog‗in-sochin turlicha 
taqsimlanib, turlicha sarf bo‗lar ekan. 
Yuqorida biz suv o‗zining aylanma harakatida turli xil moddalarni ham 
ko‗chib yurishiga sabab bo‗lishini eslatib o‗tgan edik. Oqim hosil qiladigan suvlar 
esa turli xil tuzlardan tashqari yana tog‗ minerallarini, tuproqni yuvish natijasida
turli oqiziqlar hosil qilishini ta‘kidlab o‗tish kerak. 
Masalan, Amudaryoda (Chatli) suv sarfi 1460 m
3
sek bo‗lganda har yili 
o‗rtacha 69.5 mln.tonnaga yaqin turli oqiziqlar oqimi hosil bo‗lar ekan. Suvining 
har kub metrida o‗rtacha 1507 gramm loyqa borligi aniqlangan. Bunday 
ko‗rsatkichlarni Sirdaryoda, Zarafshon va Chirchiq daryolarida qanday darajada
ekanligini quyidagi 8-jadvaldan ko‗rish mumkin. 


39 
8-jadval. 
Daryo 
va 
punkt nomi 
Kuzatish 
davri 
O‗zan tubi 
oqiziqlari, 
kg / sek 
Suv sarfi,
m
3
/ sek 
Loyqa 
miqdori,
g / m

Oqiziqlar 
oqimi 
o‗rtacha ko‗p 
yillik, T 
Amudaryo, 
Chatli 
1913-1917 
1931-1962 
2200,0 
1460,0 
1507,0 
69 388 000 
Sirdaryo, 
Kazalinsk 
1912-1962 
630,0 
484,0 
1302,0 
19 870 000 
Zarafshon, 
Dupuli 
1914-1962 
140,0 
154,0 
909,0 
4 416 000 
Chirchiq, 
Chinoz 
1915-1917 
1923-1962 
63,0 
124,0 
510,0 
1 983 000 
Atmosferadan tushgan yog‗inning tuproqqa yetib kelgan qismidan 70 foizga 
yaqini tuproqqa singib, ichki namlik aylanishining ilk faol qismini tashkil qiladi. 
Tuproqdagi namlikning katta qismi ildizlar orqali o‗simlikka o‗tadi va biotik
jarayonlarda ishtirok etadi. 
Atmosfera yog‗inlari miqdori, bug‗lanish, transpiratsiya va boshqa 
jarayonlarning bir-biriga nisbati landshaftning qaysi tabiat zonasida 
joylashganligiga qarab turli xil bo‗lishi mumkin. Masalan, tundra landshaftlarida 
agar 500 mm yog‗in tushsa, bug‗lanish 200 mm bo‗lib, qolgan 300 mm oqim hosil 
qiladi. O‗zbekiston qumlik cho‗llarida 100-120 mm yog‗in tushsa, uning deyarli 
hammasi bug‗lanib ketadi. Mumkin bo‗lgan bug‗lanish hisoblab ko‗rilganda uning 
miqdori yoqqan yog‗inga nisbatan 20-25 marotaba ko‗p bo‗lishi aniqlangan. 
Amudaryo etaklarida suv tarmoqlari oralig‗idagi quruq joylarda atmosfera
yog‗inlari 80 mm ga teng va yer osti suvlari yuzasi 2-3 mm chuqurda bo‗lgan 
taqdirda bug‗lanish 480-500 mm gacha yetgan. Bu joylarda tabiiy o‗simliklar ham 
500 mm ga yaqin namlikni transpiratsiya qilar ekan. Amudaryo deltasidagi 
qamishzorlardan esa aprel va oktyabr oylari oralig‗ida o‗rtacha 760-820 mm 
namlik transpiratsiya bo‗ladi. Demak, o‗simliklar tuproqdagi namlikdan suv ichar 
ekan, uning asosiy qismini transpiratsiya jarayonida yana havoga bug‗lantirib 
yuboradi. To‗qay landshaftlaridagi transpiratsiya uchun sarf bo‗lgan namlik 
miqdorining yoqqan yog‗inga nisbatan bir necha barobar ko‗p bo‗lishi yer osti 
suvlari hisobiga yoki daryodan toshgan suvlar hisobiga bo‗ladi. 
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlikning qanday sarf bo‗lishini 
o‗rganishda o‗simlik tanasida qoladigan namlik ham e‘tiborda bo‗lishi kerak. Bu 
namlik asosan o‗simliklarni o‗rib olib tortib ko‗rish va qurigandan so‗ng yana 
tortib ko‗rish orqali, ya‘ni o‗simlikdan quruq organik modda hosil qilish yo‗li bilan 
aniqlanadi. Umuman o‗simlik fitomassasini,undagi biologik modda aylanishini 
o‗rganish metodlari N.I.Bazilevich va boshqalar (1978) ishida yaxshi berilgan. 
Landshaftlardagi moddaning biokimyoviy aylanishi, kengroq ma‘noda 
qarasak, moddaning biologik aylanishi landshaftlarning o‗z maxsus faoliyatini 
bajarishida eng muhim omillardan biri bo‗lib xizmat qiladi. 


40 
Moddaning biologik aylanishi deganda o‗zaro aloqada va bog‗liq bo‗lgan bir 
qancha jarayonlarning yig‗indisi tushuniladi. Bu jarayonlarga o‗simliklar badanida 
kimyoviy moddalarning ushlanib qolishi va biokimyoviy sintez, hayvonot va 
mikroorganizmlarning oziqa zanjirlarida kimyoviy birikmalarning o‗zgarishi, tirik 
organizmlarning yashash jarayonida unsurlarning yana atmosfera va tuproqqa 
qaytishi, tuproqdagi organik moddaning yangi hosilalar barpo qilishi va ularning 
parchalanishi kiradi. 
Landshaftlarning o‗simliklari atmosferadan uglerod oladi. Azot va boshqa kul 
unsurlarini esa tuproqning ildizlar tarqalgan qismidan oladi. Tuproq hosil qiluvchi 
ona jins hajmi bo‗yicha asosan (94 foizga yaqin) kislorod atomlaridan iborat 
bo‗lib, boshqa elementlar 6 foiz atrofida bo‗ladi hamda o‗simliklar oziqlanishi 
uchun zarur moddalar ancha tarqoq holda bo‗ladi. Faqat biologik modda 
almashinishi jarayoni oqibatidagina tuproq hosil bo‗lishi mumkin va o‗simliklar 
uchun zarur bo‗lgan oziqa moddalari bilan boyib borishi mumkin. 
Moddaning organik aylanishi asosida o‗simliklarning mahsuldorligi jihatlari,
ya‘ni yashil o‗simliklarning quyosh nuri yordamida atmosferadan karbonat 
angidrid (SO 42 0) ajratib olishi, tuproqdan azot va kul unsurlarini olishi yotadi. 
Fotosintez natijasida hosil bo‗ladigan organik moddaning yarmiga yaqini 
oksidlanib yana atmosferaga qaytadi. Fitomassaning qolgan qismi toza birlamchi 
mahsulot hosil qiladi. Uning ayrim qismi o‗simlik bilan oziqlanuvchi hayvonlarga, 
so‗ngra esa o‗simlikxo‗r hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlar 
organizmiga o‗tadi. 
O‗simlik va hayvonot dunyosi hosil qiladigan organik moddaning asosiy 
qismi ular nobud bo‗lgandan keyin ko‗plab turli xil bakteriyalar, zamburg‗lar va 
boshqa mikroorganizmlar tomonidan yemiriladi. Oqibatda jonsiz organik modda 
yana mikroorganizmlar tomonidan turli xil mineral tuzlarga aylanadi. Hayot 
shunday davom etaveradi. Tabiatdagi biomassaning hosil bo‗lishi va buzilishi 
jarayonlari ozmi-ko‗pmi muvozonatlangan va faqat ozgina qismigina (bir foizdan 
kamrog‗i) har yili biologik aylanishdan tushib qolib, tuproqda chirindi sifatida 
qolib ketishi mumkin. 
Moddaning biologik aylanishini o‗rganish nafaqat landshaftlarning maxsus 
faoliyatini tushunib yetishda, balki landshaftlardan to‗g‗ri va oqilona foydalanish 
masalalarini hal qilishda bevosita amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
landshaftlardan qishloq xo‗jalik maqsadlarida, u yoki bu mahsulot beruvchi 
o‗rmon, yaylov, pichanzor sifatida, qishloq xo‗jaligi ekinlari ekib hosil olish 
maqsadlarida foydalanishda moddaning biologik aylanishini to‗g‗ri tushunib olish 
va o‗rganishning ahamiyati kattadir. 
Landshaftlarda moddaning biologik aylanishi turli xil ko‗rsatkichlar bilan 
ifodalanishi mumkin. Landshaftshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda ikkita 
ko‗rsatkich muhim bo‗lib ko‗rinadi. Bular fitomassaning yillik zahirasi va yillik 
birlamchi biologik mahsulot miqdoridir. Bulardan tashqari o‗simliklarning 
ma‘lum vaqt davomida landshaftda to‗kilib, tuproq yuzasida va tuproq tarkibida 
qolgan o‗simlik qismi hamda to‗planib boradigan o‗limtik organik moddaning 
miqdori ham hisobda bo‗lishi kerak. 


41 
Landshaftlarning o‗z maxsus faoliyatini bajarishida biota qanchalik 
ahamiyatli ekanini aks ettiruvchi biogeokimyoviy ko‗rsatkichlardan moddaning 
biologik aylanish sio‗imi, ya‘ni birlamchi biologik mahsulotning hosil bo‗lishi 
uchun sarf bo‗ladigan oziqa unsurlari miqdori va ularning kimyoviy tarkibi, 
o‗simliklarning yer ustiga to‗kilgan o‗limtik qismi va o‗simliklarning ko‗p yillar 
davomida yer ustida to‗planib qolgan qismi - to‗shalmada to‗plangan unsurlar 
miqdori kabilarni aytish mumkin. Quyida O‗zbekiston qumlik cho‗llariga xos 
bo‗lgan moddaning biogeokimyoviy aylanishiga tegishli ayrim ko‗rsatkichlar 
keltirilgan. Bu ma‘lumotlar (N.I.Bazilevich, 1986) oq saksovul va iloq o‗sgan 
qumlik cho‗l landshaftlarini sharoitini aks ettiradi. 
Tirik organik modda (T/ ga)
8.90 
Fitomassa miqdori (T/ ga) 8.73 
Shu jumladan: 
Yashil qismi (foiz) 8.2 
Ko‗p yillik yer usti qismi (foiz) 35.1 
Yer ostidagi qismi (foiz) 56.7 
Hayvonoti (T/ ga)
0.02 
Shu jumladan: 
Fitofaglar (foiz) 20.0 
Saprofaglar (foiz) 75.0 
Zoofaglar (foiz) 5.0 
Sof birlamchi mahsulot ( yillik T ga) 2.78 
Sof birlamchi mahsulotning tirik biomassaga nisbati 0.30 
O‗limtik organik modda (T ga)
25.12 
Shu jumladan tuproqdagi chirindi (foiz) 99.5 
Moddaning biologik aylanish sio‗imi (yillik kg/ ga) 126.0 
Mahsulotdagi azotning o‗rtacha miqdori (foiz) 0.90 
Mahsulotdagi kul elementlarning o‗rtacha miqdori (foiz) 3.78 
O‗simliklarga oziqa bo‗ladigan kimyoviy elementlar Sa, K, 
N, Mg 
Fitofaglar hazm qiladigan mahsulot (foiz) 12.0 
Organik moddaning abiotik oqimlari (kg/ga): 
Landshaftga kirib kelishi 2.0 
Landshaftdan chiqib ketishi 30.0 
Ushbu ma‘lumotlarni namlik yetarli miqdorda bo‗lgan ayrim landshaftlarga 
xos ko‗rsatkichlar bilan solishtirilsa, o‗ziga xos xulosalarga ega bo‗lish mumkin. 
Masalan, havo harorati yoki termik sharoiti bir xil bo‗lgan, ammo namlik bilan 
issiqlik nisbati yaxshi bo‗lgan sharoitda landshaft mahsuldorligi yuqori bo‗ladi. 
Shuning uchun namgarchilik yetishmaydigan oq saksovul va iloq o‗sgan 
landaftlarda esa mahsuldorlik nihoyatda kam. Undan tashqari ushbu landshaftda 
quyoshdan keladigan energiya miqdori katta bo‗lganligi va mahsuldorlik kam 


42 
bo‗lganligi sababli organik moddaning buzilish (destruksiya) jadalligi 
biomassaning unumlik to‗planishidan anchagina ko‗p bo‗ladi va o‗lik organik 
moddaning to‗planishi yo‗q darajada bo‗ladi. O‗lik organik modda va o‗simlik 
tanasidagi biomassa zahirasi landshaftlarning tashqi muhit ta‘siriga chidamliligini 
hosil 
qiluvchi 
asosiy 
omillardandir. 
Yuqoridagi 
jadvalda 
keltirilgan 
ma‘lumotlardan yana bir narsa e‘tiborni o‗ziga jalb qiladiki, u ham bo‗lsa organik 
moddaning abiotik oqim ta‘sirida landshaftga kirib kelishidan chiqib ketishi 
ko‗proq ekan. Bunda organik moddaning yo‗qolishi asosan shamol uchirib olib 
chiqib ketishi hisobiga bo‗lib, har yili tahminan 10 foizga yaqin birlamchi 
mahsulot yo‗qoladi. 
Moddaning biologik aylanishi ham suvning aylanishi kabi miqyosi jihatidan 
katta (dunyo miqyosida) va kichik (masalan, tuproq qatlamining o‗zida yoki biror 
landshaft, fatsiya va h.k.doirasida) bo‗ladi. Har bir kichik aylanishlar dunyo 
miqyosidagi aylanishning alohida shahobchalari bo‗lib, ular orasidagi doimo 
o‗zaro ta‘sir va aloqadorlik mavjud. Bu ta‘sir va aloqadorliklar moddaning 
dunyomiqyosidagi aylanishiga madad berib, boshqa tabiiy jarayonlardan, jumladan 
moddaning katta geologik aylanishidan ajralmagan holda ro‗y beradi. Shuning 
uchun bu jarayonni moddaning biogeokimyoviy aylanishi deb ataydilar. 
Abiotik tabiatga ega bo‗lgan modda aylanishi biologik modda aylanishidan 
farqli o‗laroq bir tomonga yo‗nalgan oqimlar ko‗rinishida bo‗lganligi uchun 
yuqorida aytib o‗tilgan biologik jarayonlarga qo‗shimcha qilib landshaftga yog‗in-
sochin va oqar suvlar orqali kirib keladigan va landshaftdan chiqib ketadigan 
moddalarni ham o‗rganish kerak bo‗ladi. 
Landshaftlarda moddaning abiotik ko‗chib yurishi asosan ikki xil shaklda ro‗y 
beradi: 1) nurash yoki yemirilish natijasida hosil bo‗lgan va turli katta-
kichiklikdagi jismlarning o‗z oo‗irlik kuchi bilan yonbag‗rlarda pastga siljishi, 
oqar suvlar tarkibida mexanik oqiziqlar hamda havoda chang zarralarini hosil 
qilishi shaklida; 2) suv bilan birga harakatlanuvchi va turli geokimyoviy yoki 
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan suvda erigan moddalar (turli gazlar) 
shaklida bo‗ladi. 
Landshaftlarning jonli va jonsiz komponentlari orasidagio‗zaro ta‘sir organik 
yoki mineral birikmalar ko‗rinishidagi moddaning doimo muttasil almashinib, 
aylanib turishidadir. Tirik organizmlar yaralishi uchun zarur bo‗lgan kislorod, 
uglerod, azot, fosfor, oltingugurt kabi 30 dan ortiq biogen elementlar to‗xtovsiz 
tarzda glitsid, lipid, aminokislotalar kabi organik moddalarga aylanadi yoki turli 
organik bo‗lmagan tuzlar ko‗rinishida avtotrof o‗simliklar tomonidan, keyinchalik 
geterotroflar: hayvonotlar, so‗ngida esa destruktor - mikroorganizmlar tomonidan 
iste‘mol qilinadi. 
Landshaft doirasida ro‗y beradigan moddaning to‗la biogeokimyoviy 
aylanishini, ya‘ni biogeokimyoviy siklni bilish uchun organizmlarning barcha 
guruhlarini: o‗simliklar, hayvonot, mikroflora, mikrofauna, bakteriyalar va 
xokazolarni o‗rganish kerak bo‗ladi. Hozirgi vaqtda bularning ichida ozmi-ko‗pmi 
o‗rganilgani o‗simliklardir. Ularning hammasi orasidagi modda va energiya 
almashinishini birvarakayiga o‗rganish murakkab vazifadir. Maxsus adabiyotda 
esa ko‗proq u yoki bu kimyoviy unsurlarning aylanishini ko‗pincha alohida-


43 
alohida o‗rganilganligi qayd etilgan. Masalan, tabiatda kislorodning aylanishi yoki 
uglerodning, azotning, fosforning aylanishi va x.k. Ba‘zan esa ularning o‗zaro 
bog‗likligi haqida ma‘lumotlar topish mumkin. Ammo bularning hammasi 
landshaftda ro‗y beradigan biogeokimyoviy sikl haqida to‗la va yaxlit tasavvur 
bera olmaydi. 
Biogeokimyoviy sikl deganda, kimyoviy moddalarning landshaft doirasida 
organik bo‗lmagan komponentlardan o‗simlik va hayvonot orqali o‗tib yana 
organik bo‗lmagan komponentlarga qaytib kelishi tushuniladi. Bunda quyosh 
energiyasi va kimyoviy reaksiyalardan hosil bo‗lgan energiya, gravitatsiya 
energiyasi va xokazolar ishtirok etadi. Biogeokimyoviy aylanish (biogeotsikl) ning 
umumiy ko‗rinishi haqidagi tasavvurni 15-rasmdan olsa bo‗ladi. 
15-rasm. Landshaftlardagi biokimyoviy aylanish (biogeotsikl) ning umumiy 
ko‗rinishi. 
1 - fotosintez jarayonida faol ishtirok etadigan quyosh radiatsiyasi; 2 - namlik 
transpiratsiyasi va moddaning yo‗qotilishi; 3 - moddaning yog‗in-sochin bilan 
kirib kelishi; 4 - fotosintez natijasida organik modda hosil bo‗lishi; 5 - o‗simlik 
tanasida moddaning ko‗chib yurishi; 6 - moddaning o‗simlikdan yuvilib tushishi; 7 
- o‗simlik qismlarining yer yuzasiga to‗kilishi; 8 - to‗shama va shox-shabbadan 
tuproqqa modda o‗tishi; 9 - tuproqdan o‗simlikka ildiz orqali modda o‗tishi; 10 - 
tuproqdan o‗simlikka namlik o‗tishi; 11 - moddaning yer osti suvlaridan kirib 
kelishi va chiqib ketishi; 12 - tuproqdan yer osti suvlariga modda o‗tishi va aksi.
- to‗kilgan shox-shabba 
- to‗shama 
Landshaftlarda doimo ozmi-ko‗pmi tirik fitomassa yoki o‗simlik massasi 
bo‗ladi. Agar quruq fitomassani kuydirilsa, uning tarkibidagi mineral moddalarni 
yoki kul elementlarini aniqlab olsa bo‗ladi. Quruq organik moddaning qolgan 
qismini asosan uglevod, lignin, lipid, ishqor moddalar, smola, mum hamda turli 
organik birikmalar (kislotalar, glyukozidlar, efir moylari, kauchuk, alkoigedlar, 
vitaminlar, antibiotiklar) tashkil qiladi. 
Landshaftlardagi biogeotsiklning asosini ikkita muhim biologik jarayon 
tashkil qiladi. Bu o‗simliklarning fotosintezi va nafas olishidir. 
Fotosintez - juda kuchli tabiiy jarayon bo‗lib, har yili landshaftdagi turli xil 
biogeokimyoviy jarayonlarning sozlovchisi desa bo‗ladi. Fotosintez quyosh 
energiyasi va yashil o‗simliklardagi xlorofill ishtirokida ro‗y beradigan kimyoviy 
reaksiyadir. Bunda uglekislota va suv hisobiga organik modda sintez bo‗ladi va 


44 
erkin kislorod ajralib chiqadi. Fotosintezning eng oddiy mahsuloti glyukozadir. 
Glyukozid o‗simliklarda ro‗y beradigan fotosintez va nafas olishning kimyoviy 
tenglamasini Fransua Ramad (1981) quyidagicha keltiradi: 
fotosintez 
nCO
2
+ 2nH
2
O + N nO
2
+ nH
2
O + (Cn (H
2
O)n) 
nafas olish monosaharid
bu yerda N - 0.65 - 0.70 uzun to‗lqinli quyosh energiyasi (kkal). 
Landshaftlarda ro‗y beradigan ana shu jarayon biogeotsiklning asosini 
yaratadi. Birlamchi biologik mahsulotning hosil bo‗lishida ko‗plab turli xil 
reaksiyalar bo‗ladi. Ammo umumiyroq qilib aytganda bu jarayon quyidagicha 
ko‗rinishda bo‗ladi. Yoruo‗lik va mos harorat sharoitida o‗simliklarda suv, 
karbonat angidrid va mineral moddalardan birlamchi organik mahsulot hosil 
bo‗ladi. Shu bilan birga havoga kislorod ajralib chiqib, namlik esa transpiratsiya 
bo‗ladi. Boshqa ko‗pgina mineral oziqlarni o‗simliklar tuproqdan ildiz orqali oladi. 
Bu moddalar o‗simlik tanasida skelet organlar orqali yuqoriga, o‗simlikning 
shoxlari va barglariga tarqaladi. O‗simliklarning bargida to‗plangan oziq unsurlari 
uning qolgan organlaridagidan 10-20 martagacha ko‗p bo‗ladi. Bu unsurlar vaqt 
o‗tishi bilan barglar va shox-shabbalarning uzilib yerga tushishi orqali yana 
tuproqqa o‗tadi.Unsurlarning ayrim qismi esa barglardan va o‗simlik tanasidan 
yomo‗ir suvlari bilan ham yuvilib tushadi. Buni biz atmosferadan tushgan
yog‗inning kimyoviy tarkibi bilan o‗simlikning barglaridan va tanasidan oqib 
tushgan yog‗in suvlari tarkibini solishtirish orqali aniqlab olsak bo‗ladi. 
Landshaftning 
maxsus 
faoliyatini 
aniqroq o‗rganilganda kimyoviy 
moddalarning o‗simlik orqali hayvonot tanasiga o‗tishi, u yerda yangi organik 
birikmalarni hosil qilishi, keyinchalik hayvon halok bo‗lgandan so‗ng esa boshqa 
guruh organizmlar tanasiga yoki yana tuproqqa o‗tib ketishi kabi jarayonlar ham 
o‗rganilishi kerak. Biogeokimyoviy siklning oxirgi pog‗onasida tuproqdagi 
organik moddalar sintezi va yana o‗simliklar tanasiga o‗tishi ro‗y beradi. 
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, landshaftning maxsus faoliyatini, 
uning hamma jabhalarini bir vaqtning o‗zida va to‗la yoritib berish murakkab va 
ko‗p vaqt talab qiladigan ishdir. Bu ishlarni landshaftshunoslikning an‘anaviy 
usullari bilan amalga oshirib bo‗lmaydi. Bunda ko‗proq landshaftlar geokimyosi va 
landshaftlar geofizikasi kabi fan tarmoqlari usullaridan foydalanish hamda albatta 
statsionar kuzatishlar olib borishga to‗g‗ri keladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin