O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish va tashxislash tamoyillari. Pedagogikada o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tashxislash tamoyillari aniqlangan. Ular: xolislik (ob’yektivlik), tizimlilik va oshkoralik.
Xolislik (ob’yektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma, malakalarni baholashdan aniq maqsadning ko‘zlanganligi kabi talablardan iborat.
Tizimlilik nazorat ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarning o‘zlashtirilishi ularni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan davrlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lishini anglatadi. Bu tamoyil barcha ta’lim oluvchini uning ta’lim muassasasida bo‘lgan birinchi kunlaridan boshlab so‘nggi kunlarigacha muntazam ravishda tashxisga jalb etilishini ifodalaydi. Ta’lim oluvchining bilimi, ko‘nikma va malakalarini ishonchli tekshirish uchun nazoratni muayyan vaqt oraliqlarida muntazam o‘tkazib borish talab etiladi.
Oshkoralik barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchining reytingi oshkora xarakter kasb etadi. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: 1) joriy nazorat (JN); 2) oraliq nazorat (ON); 3) yakuniy nazorat (YAN).
Asosiy turlari
JN o‘quvchilarning o‘quv dasturida belgilangan mavzular bo‘yicha
o‘qituvchi tomonidan
BKMni aniqlash, baholash shakli; u
ON o‘quvchilar tomonidan fanning muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha
o‘qituvchi o‘quv jadvali
o‘zlashtirilgan BKMni aniqlash, baholash shakli;uni
YAN choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi; u og‘zaki, yozma,
Nazoratning turi o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq. O‘qituvchi mavzudan kelib chiqib, nazoratning quyidagi shakllaridan foydalanadi:
Dostları ilə paylaş: |