O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə16/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Укув кулланма 2022

O‘spirinlik (15-18 yoshlar). Bu davr o‘spirinlar kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o‘quvchilari sanaladilar. Mazkur davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga yetgan davridir. Bu davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi.
O‘spirinlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z- o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
Bu yosh davri aqliy faoliyatning rivojlanish davri ham sanaladi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil ifodalab, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. O‘quvchilar o‘zlarini kattalardek tutishga, o‘ziga xosligini namoyon etishga va boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga kattalarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari muhim sanaladi.
4.Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Binobarin, ta’lim jarayonida o‘quvchilarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq bo‘lgan holat va hodisalar o‘rgatiladi. Bu jarayonda o‘quvchi ijtimoiy munosabatlarga kirishadi, jamiyat a’zolari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Har qanday jamiyatning rivojlanish jarayonida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy meyorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqiladi. Ijtimoiylashuv davrida har bir jamyat a’zosi mazkur qadriyat, ideal, meyor va qoidalarning mohiyatini anglaydi, ularga rioya qilish asosida faoliyat yuritadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxsning xatti- harakatlari, xulq-atvori jamiyat talablariga mos kelishi, u bilan o‘zaro uyg‘unlasha olishi, salbiy ijtimoiy hodisalarga, individual rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Shundagina shaxsda ijtimoiylashuv jarayoni o’z ahamiyatiga ega bo’ladi. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo‘ladi: to‘liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko‘p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g‘oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin