O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Turkistonda 1917 yildan XX asrning 70-80 yillarigacha O‘zbekiston ta’lim tizimi va pedagogika



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə24/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
Укув кулланма 2022

4.Turkistonda 1917 yildan XX asrning 70-80 yillarigacha O‘zbekiston ta’lim tizimi va pedagogika. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Musulmon maktablarini isloh qilish harakati boshlanib ketdi. Bu harakat jadidizm (arabcha “jadid” so‘zidan olingan bo‘lib “yangi” degan ma’noni bildiradi). Ularning maktablari “Yangi usul maktablari” deyilardi. Bu maktablarda bolalar partalarda o‘tirar edi, sinf doskasi, dars jadvali tartibi berildi.
Ta’lim mazmuni ham o‘zgardi, tabiiy fanlar joriy qilindi, ona tilida darslik va qo‘llanmalar yaratildi, zamonaviy o‘qitish metodlari qo‘llana boshlandi.
Kattalar uchun rus kursini o‘qitish maktablari o‘tgan asrning 80-yillarining boshlarida Toshkentda ikkita, Qo‘qonda bitta ochildi.
Rus - tuzem va yangi maktablari keyinchalik O‘zbekistonda sobiq sovet maktablarini tashkil etishga zamin bo‘ldi. Masalan, Toshkentdagi Navoiy nomidagi II bosqich 6-yillik birinchi o‘zbek maktabi, rus - tubjoy maktabi, Narimonov nomidagi Toshkent shahar pedagogika texnikumi tashkil etildi.
Shuningdek, asrimiz boshida Toshkentda hunar maktabi, gidrotexnika maktabi bor edi. Bu maktablar keyinchalik hunar-texnika maktablariga asos bo‘ldilar.
Yangi usul maktabini “rushdiya” deb atashardi. Bunday maktablar, Toshkent, Qo‘qon, Samarqand, To‘qmoqda bittadan bor edi. Qolganlarini “ibtidoiya” deyilardi. Unda bolalar 4 yil o‘qitilar edi. Toshkent va Qo‘qonda qizlar yangi usul maktabi ham ochildi.
1908-1917-yillarda esa chorizm Turkistondagi maktablarni ruslashtirish siyosatini olib bordi. 1908 yildan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlandi. 1911-yilga kelib, 50 ga yaqin maktab yopildi.
1917-yildan tovush usuli bilan o‘qitish metodiga asoslangan sinf-dars tizimidagi maktablar paydo bo‘ldi: ya’ni, bu usul maktablarida faqat mahalliy millat o‘qituvchilari dars berishi zarur edi.
Yangi usul maktablari tarafdorlarini “jadid”lar, panturkistlar deb ta’qib qildilar. “Yangi usul” yoki “usuli jadid” maktabining asoschisi Ismoilbek G‘aspirali bo‘lib,
u butun faoliyatini turkiy xalqlarining ravnaqi va taraqqiyotiga bag‘ishladi.
O‘zbekistonda uning izdoshlari ko‘paydi. Fayzulla Xo‘jayev, Ishoqxon Ibrat, Saidrasul Aziziy, So‘fizoda, Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Abdulqodir Shakuriy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ismatulla Rahmatullayev Abdurauf Fitrat, H.H.Niyoziylar jadidchilik harakatining darg‘alari bo‘lib, ular istiqlol uchun, millatimizning ilm- ma’rifatda dunyoning taraqqiy etgan millatlari qatorida turishi uchun harakat qildilar.
Lekin mazkur davrda Turkiston o‘lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishini Furqat, Anbar otin, Saidaxmad Siddiqiy va boshqalarsiz tasavvur etish qiyin.
Furqatning (1858-1909) xizmati shundaki, u jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalarni hayotga tadbiq etishga harakat qilgan. “Turkiston”dagi taraqqiyotparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkurning yorqin namoyondasi bo‘lgan. Dunyoviy bilimlar va madaniyatining
otashin tarafdori va tashkilotchisi, o‘z mamlakatining ilmiy va texnika taraqqiyoti uchun shijoat bilan kurashuvchi inson sifatida uning o‘z o‘rni bor.

  1. asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbekistondagi taraqqiyparvar, ijtimoiy- falsafiy tafakkurning rivojlanishini Furqat va uning ijodisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Furqat o‘zbekistonda ta’limning yangi tizimini joriy etish kerakligini targ‘ib qildi. “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Vistavka xususida”, “Konsert xususida”, “Suvorov
haqida” asarlari shular jumlasidandir. U o‘zbek bolalariga musiqa o‘rgatishni juda istar edi. Lekin mustabid davrda Furqat bu orzulariga erisha olmadi.
Saidaxmad Siddiqiy (1864-1927) hunarmand-dehqon oilasida tug‘ilgan. Avval eski maktabda, so‘ng rus-tubjoy maktabida o‘qiydi.
U Yevropa va Osiyoga, Rossiyaga sayohat qiladi. Samarqandga qaytgach (1903) til o‘rganish bilan shug‘ullanadi, dehqon va hunarmand bolalari uchun maktab ochadi. Bu maktab rus maktablariga o‘xshar edi. So‘ng kattalar uchun ham savodsizlikni tugatish kurslari ochildi. 1914-yilda maktab uchun o‘quv qo‘llanmalari, darslik va jurnallar sotiladigan “Zarafshon” nomli magazin ochadi. U o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozar edi.
Siddiqiy O‘zbekiston va Tojikistonda ilg‘or pedagogik fikrlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
U o‘zbekistonda pedagogika tarixiga oid katta ishlar olib boradi. Siddiqiy Samarqandda emas, viloyat qishloqlarida ham yangi usul maktablari ochadi, yangicha o‘qitish metodlarini yaratadi, shuningdek tabiatshunoslik, geografiya darslarini tabiat qo‘ynida, ochiq xavoda o‘tkazib, ta’lim jarayonida undan foydalanish usullarini ishlab chiqadi. Chet el madaniyati va adabiyoti bilan o‘quvchilarni tanishtirishga katta e’tibor beradi.
Anbar Otin (1870-1915) o‘zbek shoirasi va ma’rifatparvari. O‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. U 1870-yil Qo‘qonda Farmonqul degan ilg‘or kishi oilasida tug‘ilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o‘rganadi, she’rlar yozadi. So‘ng o‘zi ham darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil qilish qoidalarini o‘rgatadi. Uning butun hayoti she’riyat bilan bog‘liq. Ularda ma’rifiy g‘oyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs erkinligini shakllantira olishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon ham tuzgan. Anbar Otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan asari - “Qarolar falsafasi”dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o‘zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o‘qiydi. Lekin bitirmasdan mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayohat qiladi. 1903-1904 yillari o‘zbek va tojik tillarida “Muntaxabi jo‘g‘rofiya” (“Qisqacha umumiy
geografiya”) asarini, yangi usul maktablari uchun “Kitob ul-atfol” (“Bolalar uchun kitob”, “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom”, “Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” asarlarini yozadi. Shakuriyning qishlog‘idagi yangi usul maktabini 1908-yil Samarqandga o‘z hovlisiga ko‘chirib keladi. “Behbudiy nashriyoti”ni tashkil etib, darsliklar, “Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi”ni bosib chiqaradi. “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalini nashr etadi.
U xalqni ilm - ma’rifatni egallashga chaqiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o‘qitishni targ‘ib qiladi.
Behbudiy 1918-yil “Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi”ning maorif komissari qilib tayinlanadi. Shundan so‘ng o‘quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar kurslarini ochish ishlariga qatnashadi, o‘zi “Yangi hisob” darsligini tuzib nashr etadi.
1918-yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy ishlar xalq komissarligining Nizomi loyihalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida qatnashadi. 1919-yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan Shahrisabzda qamoqqa olinib, Qarshi shahrida qatl qilinadi.
Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi” ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda bu asar Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Axmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”, Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarlari shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr boshlarida bunday asarni yaratish, milliy g‘oya, milliy rux singdirilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning tadbiq etilishi pedagogika olamidagi yirik kashfiyotdir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega.
Darxaqiqat, Abdulla Avloniy tarbiyadagi asosiy g‘oya, bu bizlar uchun: “Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deya mushohada qilishi, uning tarbiya sohasida juda katta va keng bilimga ega ekanligi, komil insonni tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning har bir yo‘nalishiga e’tibor berish kerakligini, ong va tafakkurni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiya katta ro’l o‘ynashini mohirona
ifodalay bilishi, tahsinga loyiqdir. Bu g‘oya o‘z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, mehr- oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g‘ururini e’zozlovchi, ulug‘ ajdodlarimiz an’analari va ilmiy me’roslarini ko‘z-qorachig‘iday asrovchi, axloqi pok inson bo‘lib yetishish borasidagi asosiy me’zon hisoblanadi.
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti.
Asosiy g‘oya: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo falokat masalasidur”
Demak, Abdulla Avloniy, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bola tarbiyasini nisbiy ravishda to‘rt bo‘limga ajratadi:

  1. “Tarbiyaning zamoni”.

  2. “Badan tarbiyasi”.

  3. “Fikr tarbiyasi”.

  4. “Axloq tarbiyasi” hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.

1917-yilgi fevral voqealari va oktabr davlat to‘ntarilishidan so‘ng Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida - ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o‘zgarish yuz berdi.
Turkiston o‘lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usluldagi maktablarning keng tarmog‘ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Ammo O‘zbekiston hududida ma’naviyat va madaniyat 1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to‘siqlar va buzg‘unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya kaloniyasiga aylanitirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilari, ijod ahli bo‘lmish Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Avloniy, Hamza, G‘ozi Yunus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo‘sag‘asida tug‘ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Mo‘min, Mahmud Xodiyev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo‘naltirilgan ijod bilan shug‘ullandilar.
Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bo‘lgan Samarqandda mashxur ma’rifatparvarlar Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), Saidaxmadxo‘ja Siddiqiy, Mardonquli Shomuhammadzoda zudlik bilan maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan maydonga chiqdilar. Ular 1917-yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan “Xurriyat” gazetasi saxifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish zarurligi haqidagi fikrni ilgari surdilar. “Anjumani maorif” jamiyatining mablag‘lariga “Rushdiya” maktabi ochildi, unda bepul o‘qitilar edi. Abdurauf Fitrat bilan Kamol
Shams bu maktabda o‘quvchilarga islom dini ta’limotini, islom tarixini, musulmon huquqini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni o‘qitar edilar. Yoz faslida Samarqandning o‘zida taniqli ma’rifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Mumin Shukrullo “Tarbiyat” maktabini ochdi.
1918-yilning yozida Samarqandda “musulmon o‘qituvchilari uchun pedagogik kurslar” ochildi. O‘sha yilning kuzida Toshkentda - Toshkent uyezdining tub yerli aholisi uchun maktab o‘qituvchilari kurslari ochildi.
1918-yil 9-aprelda Munavvar qori uyida to‘plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo‘limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo‘limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon bo‘limi ham rus bo‘limi kabi uch bosqichdan iborat bo‘lishi belgilandi.
Yuqori bosqich - dorilmuallimin (o‘qituvchilar kursi, keyinroq oliy o‘quv yurti) o‘rta bosqich - boshlang‘ich maktablarni o‘z ichiga olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bo‘lishi sharoitning o‘zidan kelib chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka bo‘lgan ehtiyojdan tug‘ilgandi.
O‘sha yilning 3-mayida dorilfunununning Musulmon bo‘limi rahbariyatiga saylov bo‘lib, unda Munavvar qori rais (rektor), Iso To‘xtaboyev birinchi muovin, Burxon Xabib ikkinchi muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo‘lib saylandi. 13-may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq do‘koni binosi (hozirgi o‘zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun “xalq dorilfununi” ochiladi. Bu bo‘lim tez orada o‘ziga xos yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang‘ich maktab ochish mo‘ljallangan bo‘lsada, aholi ehtiyojiga ko‘ra, ularning soni 24 taga yetdi. Dorilfununning musulmon bo‘limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Undagi muallimlar soni 18 nafarga yetdi.
1918-yil 2-iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining o‘zbeklar uchun maxsus o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi - “Dorilmuallimin” ochildi. Unda Fitrat ona tilidan, Kamol Shams arifmetika va geometriyadan, Xaydar Shavqiy gigiyena, gimnastika va nemis tilidan, Raximboyev arifmetikadan, Abduraxmon Ismoilzoda san’atdan, Rizayev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo‘limning ochilish marosimida Munavvar qori nutq so‘zlab, inson ma’rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdoni uyg‘onmasligini, vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqni erkin muhofaza qila olmasligini, bu iymonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.
Munavvar Qori Yevropacha usuldagi bunday Xalq dorilfununni tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda asosan dunyoviy fanlar o‘qitilib, milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini ham ilgari suradi. Bu qarashlarini - u 1923-yil iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida
bayon etgani, shu yili bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o‘qitilganligi ma’lum.
Munavvar Qori 1922-yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif bo‘limi muboshiri (inspektori) bo‘lib ishladi, o‘sha yili 23-25-martda bo‘lib o‘tgan 2-Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo‘limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abdulqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Ishoqxon Ibrat, O.Dadaxo‘jayev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziyev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Said Rizo Alizoda, To‘xtanazar Shermuhammedov, Rafiq Mo‘min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni ortdi. 1918-yil boshida 330 taga, 1920-yilda esa Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida ham tashkil etilib, ular soni 1405 taga yetdi. Tashkil bo‘lgan maktablar, ayniqsa, qishloq joylarida va tumanlarda asosan 1 - 2 - boshlang‘ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo‘la boshladi. Bunday targ‘ibot natijasida Toshkentda, Andijonda, Qo‘qonda va boshqa joylarda qizlar maktablari xam birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova, Muxarrama Qodirova, Gulsum Kopayeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va boshqalar ta’lim-tarbiya ishlarini olib borganlar.
1922-yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921-yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o‘quvchi bor edi. Lekin 1924-yil o‘rtalariga kelib maktablar 69 tani , o‘quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari va internatlarda 2600 bola ta’lim-tarbiya oldi. O‘zbekiston respublikasi tashkil bo‘lganda turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo‘lib, ularda 116 ming o‘quvchi o‘qir edi.
Ma’lumki, 1924-yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har hil tarzda ta’sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama- qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Xalq ma’rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini oshirish, savodsizlikka barxam berish davr talabi edi. Bu maqsadda ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930-yili umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sovet davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha 1925- 1941-yillar davomida xalq ta’limi maktablari soni muttasil ortib borgan. Masalan, 1924-25-o‘quv yilida o‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi
ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga va ularning o‘qitilayotgan o‘quvchilari soni esa
1 mil. 315 ming kishiga yetgan.
1930 - yillarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini malakasi va saviyasi past kishilar bilan to‘ldirishga, yuzakilik, omilsizlik, qog‘ozbozlik kabi noma’qul illatlarning ildiz otishiga olib keldi. Kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
Bu yillarda respublika oliy o‘quv yurtlari tarmog‘i ham ortib bordi.
20-yillar o‘rtalaridan boshlab mustabid tuzum o‘zbekistonda qator ilmiy- tadqiqot institutlari tashkil qildi. 1932-yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. 40-yillarning boshida O‘zbekistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari, laborotoriya va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan sohalari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy- tadqiqotlar amalga oshirildi. 1940-yil 9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filialiga aylantirildi.
Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida respublika oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar o‘z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishlok xo‘jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo‘lib qoldi. 1943-yilda respublikada 41 ta oliy o‘quv yurti (ularnng 12 tasi ko‘chirib kelingan) va 52 ta o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo‘jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash imkonini berdi. Ular o‘z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo‘shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniqsa sezilarli edi. Urush yillari o‘zbekistonda barcha turdagi qo‘shinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Toshkentda piyodalar bilim yurti ham ko‘chirib keltirilib, respublikamizga joylashtirilgan bir necha harbiy bilim yurtlari, oliy o‘kuv yurtlarining harbiy fakultetlarida, o‘nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.
O‘zbek fan ahlining urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarining yo‘nalishlari front va xalq xo‘jaligi talablari hamda manfaatlariga moslashtirildi. Bu boradagi ilmiy va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FA O‘zbekiston filiali (O‘zFA) va keyinroq, 1943-yil 4-noyabrda uning asosisda tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N.Qori-Niyoziy saylandi. Fanlar akademiyasining tashkil etilishi o‘zbek xalqi hayotida muhim tarixiy xodisa bo‘ldi. Bu akademiya o‘zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo‘lib qoldi. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqli matematik olimlar T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, geolog-olimlar M.Abdullayev, faylasuf

  1. Mo‘minov, kimyogar olimlar O.S.Sodiqov, A.S.Uklonskiy, S.Y.Yunusov va boshqalar samarali izlanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud bo‘lib, ularda 818 ta ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko‘rsatdilar.

  1. asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida qayta qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni demokratlashtirish, tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy qadriyatlar va axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini hal etish zaruriyati yuzaga keldi. Qayta qurishning hal qiluvchi bosqichida jamiyat uchun chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi.

Islohotda o‘kuvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (I-IV sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab (V-IX sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib borish masalalariga ijodiy yondoshish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va jamoatchilikdir. Bola oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning muhim ajralmas qismlari hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib boradi. Shuningdek, bola shaxsini bir butun yaxlit shakllantirishda maktabdan tashqari muassasalarning ahamiyati juda katta. Islohot ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining ish mazmunini tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh talablarini amaliyotga tadbiq etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya birligining namunaviy dasturini ishlab chiqish, darsdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni va shaklini jiddiy qayta qurish, kuni uzaytirilgan guruxlar tuzishni ommalashtirish, maktabdan tashqari muassasalar - bolalar saroylari, uylari, yosh texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar stansiyalari, sport, musiqa, badiiy va xareografiya maktablari, bolalar kutubxonalar, oromgohlar va shu kabilarni vujudga keltirish, istiqomat joylarida olib boriladigan xilma-xil ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb etishga erishish, bolalar tarbiyasida oilaning ma’suliyatini oshirish va g‘oyat qisqa vaqt ichida shu muassasalarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilash zarurligi uqtirildi.
Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O‘quv dasturlari qaytadan tuzildi, o‘quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band etishdan, zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari takomillashtirildi, ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi. O‘kuv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (1-2 sinflarda), “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-XI sinflarda), “Oila etikasi
va psixologiyasi” (X-XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari, Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitildi. O‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash joriy etildi. O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi, hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi. Maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun yetarli emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi.
Pedagogika fanlari doktori, akademik Siddiq Rajabovning O‘zbekiston Respublikasi va jahon pedagogikasi fanini rivojlantirishda xizmati beqiyosdir. U pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, respublikamiz xalq maorifining tarqqiyoti va bu taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari, uning rivojlanish istiqbollari, pedagogika fani metodologiyasi, yoshlar tarbiyasi va xalk pedagogikasiga doir o‘nlab asarlar yaratdi.
Siddiq Rajabov o‘zining butun hayoti va faoliyatini pedagogika fani va ravnaqi uchun bag‘ishladi. U 1937-yili aspiranturani tamomlagach, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutiga ilmiy xodim va Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasiga o‘qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. Shu yillarda S.Rajabov kechki pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘inbosari lavozimida ham yosh o‘qituvchi sifatida mutaxassislar tayyorlashda katta faoliyat ko‘rsatdi, o‘z ishini puxta bilgan rahbar, yetuk ilmiy xodim va mahoratli o‘qituvchi sifatida elga tanildi. Yosh olim matbuotda tez-tez ilmiy, pedagogik, publitsistik maqolalari bilan chiqa boshladi. Jumladan, urushgacha bo‘lgan davrda S.Rajabovning “Oliy pedagogika o‘kuv yurtlarining ish sifatini yuqori ko‘taraylik”, “Oliy o‘quv yurtlari hayotida muhim davr”, “Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar”, “Yan amos Komenskiyning pedagogik qarashlari”, “Imtixonlarning yuqori sifati uchun kurashaylik”, kabi ishlari matbuotda e’lon qilindi. Shu yillarda u “XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif taraqqiyoti ocherki” asarini yozib tamomladi. 1941-yilda ana shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini respublikada birinchi bo‘lib muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu orada u Respublika matbuoti va rahbariy idoralarida samarali mehnat qildi.
Respublikamiz fanini rivojlantirishga beqiyos katta hissa ko‘shgan olimlarimizdan yana biri akademik Habib Abdullayevdir. Uning geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i sohasidagi tadqiqotlari o‘zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda ham e’tirof etildi. H.Abdullayev 1956-1962-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan birga, yirik ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor berdi. Uning
tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi yo‘nalishlariga asos soldilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 2-yarmida O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi olimlari fizika-matematika, mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika, kimyo- texnologiya, tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari va institutlari olimlarining ko‘plab avlodlari fidokorona va yuqori kasbiy darajada olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Aynan ularning mehnati tufayli keng e’tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga keldi, yangi ilmiy yo‘nalishlar rivoj topdi. Ko‘plab ilmiy xodimlar tayyorlandi, ilmiy ishlar amaliyotga tadbiq etildi. O‘zbek olimlari, geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin To‘raqulov, kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik va matematiklar T.N.Kori-Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsaqov, Ubay Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad O‘rozboyev, Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Mo‘minov, tarixchi Yaxyo G‘ulomov, pedagog Siddiq Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab olimlarning nomlari O‘zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin