O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə21/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
Укув кулланма 2022

Nazorat uchun savollar:


  1. Pedagogika tarixi fanini predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?

  2. Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi nimaga asoslanadi?

  3. Qadimgi davlatlarda ta’lim-tarbiyaning paydo bo‘lishi, qadimgi yozuvlar.

  4. Xalq og‘zaki ijodida ta’lim-tarbiya mazmuni, usuli va vositalari.

  5. «Avesto»da ta’limiy-axloqiy masalalar xususidagi fikrlaringiz.

  6. Qadimgi Yunoniston maktablari haqida gapirib bering.

  7. Sharq uyg‘onish davri allomalarining ta’limiy, tarbiyaviy asarlari va pedagogik fikrlar taraqqiyoti haqida hikoya qilib bering.

  1. MAVZU: XIV ASRDAN XX ASRNING 90 YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA MAKTAB, PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI VA TA’LIM TIZIMI




Reja:


  1. Markaziy Osiyoda XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi.

  2. XVI-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm- fan va ta’lim-tarbiya.

  3. G‘arb uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti

  4. Turkistonda 1917 yildan XX asrning 70-80 yillarigacha O‘zbekiston ta’lim tizimi va pedagogika.



Tayanch iboralar!


Muvarounnahr, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya, G‘arb uyg‘onish davri, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko maktablari, yangi usul maktablari, O‘zbekiston xalq ta’limi.



  1. Markaziy Osiyoda XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi.

Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun xam tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o‘rta Osiyoda Sharq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas. chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Sohibqiron Amir Temur say’i harakati tufayli Samarqand shahri yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi. Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6yezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi.
Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘iildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm- fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muhim omil bo‘ldi.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib o‘tdilar. Hirot ilmiy- madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu yerda shoirlar, musavvirlar, xattotlar, olimu- fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. o‘quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G‘ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u yerda ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda, haqiqatdan ham XIV- XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytishimiz mumkin.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu-G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilm-fan,
me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomillashdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniksa ibratlidir.
Muhammad Tarag‘ay – Ulug‘bek 1394-yiliing 22-martida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida (bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida) tavallud topdi. U Shohrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay deb ism berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan Ulug‘bek deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va u jahonga shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlari davriga to‘g‘ri keladi. Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug‘ullanib, sevimli nabirasiga o‘qish-yozishni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va rivoyatlar so‘zlab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab bo‘ldi.
1405-1411-yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o‘rgatgan.
Ulug‘bek yoshligidanoq ko‘p kitoblarni mutolaa qilgan bo‘lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga juda qiziqadi. Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug‘bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo‘ldi.
1411-yilda 17 yoshli Ulug‘bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug‘bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug‘bek hokim bo‘lgach, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o‘rta asrlardagi boshqa hokimlardan o‘zgacha yo‘l tutdi, ko‘proq ilm-fanga moyil edi.
Ulug‘bek tashabbusi bilan o‘lkada ilm-fan, adabiyot, san’at ahllari fanlarning yangi-yangi qirralarini ocha boshladilar. Ulug‘bek o‘z faoliyatida asosan falakiyotni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi, bu bilan birga, ko‘plab iste’dodli shoirlar, ijodkorlarni to‘plab, ular faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratadi.
Ulug‘bek 1424-yilda Samarqandda Obirahmat suvi yonida G‘iyosiddin Jamshid, Abduvali Birjoniy, Mansur Koshiy, Mirim Chalabiy va boshqa olimlar bilan birgalikda qurgan rasadxonasida sayyoralar sirini o‘rganadi. Uning boshchiligida yuzdan ortiq olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib boradi, falakiyot va matematika sohasida katta kashfiyotlar qilib jahonga mashhur bo‘ldilar. Bu tadqiqotlar jahonga dong‘i ketgan Samarqand rasadxonasida amalga oshiriladi. Natijada, Ulug‘bek 1018 yuzduzning holati va harakatini aniqlaydi, falakiyotga doir bir necha asarlar yozadi. Bu asarlarning asosiy mazmunini “Ziji Ko‘ragoniy” deb atalmish falakiyot jadvali tashkil etadi. Jadval jahon fani rivojiga muhim hissa bo‘lib ko‘shiladi.
Rasadxona negizida Samarqandda astronomiya maktabi vujudga keladi. Bu maktabda taniqli olimlar dars beradilar. Shunday kilib, Ulug‘bekning falakiyot
maktabi o‘z davrining akademiyasi (“Dorul-ilm”) bo‘lgan va o‘rta asrlar musulmon Sharqi falakiyotining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi.
Ulug‘bek axloqiy tarbiya xususida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o‘zaro munosabat, do‘stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etish kerakligini ta’kidlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ilm va fanning, san’atning, umuman hayotning hamma sohalari bilan yaqindan qiziqkan. G‘ayrat va tashabbus, sinchkovlik va iste’dod Boburni rivojlangan feodal davrning ulug‘ siymolaridan biriga aylantirdi. O‘tkir zehnli Bobur Mirzo 9 yoshida savodini chiqaradi, qur’onni yod oldi, she’rlar yozib uni sharhlay bildi. 10-12 yoshlarida harbiy san’at sirlarini, davlatni boshqarish usulini, jismoniy tarbiya mashqlarini mukammal darajada egalladi.
Boburning ta’lim nazariyasidagi yana bir muhim xususiyati, o‘zi bilgan bilimlarni kelajak avlodga ilinishidir. Avlodim bilsin deb eliga o‘rgatgisi keladi. Bu xol uni bashariyatga buyuk ma’naviy boyliklar qoldirishiga muvaffaq qildi. Undan meros bo‘lib kolgan lirik she’riy asarlar; “Boburnoma”, “Muxtasar”, “Mubayyin”, “Volidiya” va boshqa asarlari jaxon fanida, ayniqsa xalq tarbiya konunlarida alohida o‘rin tutadi. “Boburnoma”da esa shu darajada ko‘p va turli-tuman ma’lumotlar borki, ulardan hozirgi davrdagi mavjud fanlarning deyarli barcha sohalariga tegishli ma’lumotlarni olish mumkin. Boburning “Boburnoma” asari zoologiya, biologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, tilshunoslik sohasidagi qimmatli yodgorlikdir. Shu jihatdan qaraganda, “Boburnoma” bolalar va yoshlar kitobxonligida katta ahamiyatga molikdir.
Umuman olganda Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy merosini o‘rganish yoshlarda mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fan, madaniyat, san’atga, ma’rifatga mehr uygotish hissini shakllantiradi.
Xulosa qilib shuni aytamizki, umuman XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti bilan tanishishdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Amir Temur barpo etgan mustaqil markazlashgan davlatda u qo‘llagan siyosat o‘lkada ilm- fan, san’at, adabiyot, hunarmandchilik va yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron Amir Temur va Temuriy shahzodalar tomonidan ma’rifatga katta e’tibor berilishi natijasida shahar va qishloqlarda, ovullarda bolalarni 6 yoshdan o‘qitish keng joriy etildi, madrasa ta’limi isloh qilindi, qurilish inshootlari, me’moriy obidalar, bog‘u-rog‘lar, savdo shaxobchalari barpo etildi, “Buyuk ipak yo‘li” jonlantirildi. Davlatni boshqarish, siyosat, hukukshunoslik, iktisodiyot-tadbirkorlik mezonlari ishlab chikildi.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin