Fransiyada jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda “Ta’lim haqidagi” qonun dastlab 1955-yilda qabul qilinib, 1975-yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan “Ta’lim haqidagi qonuni 1989-yil 10-iyulda. qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ga’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsialari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
Davlat maktablar;
Xususiy maktablar; 3.Oraliq maktablar mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalabki va tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Tayyorlov bosqichi;
Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3.Chuqurlashtirilgan bosqich.
Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.
-Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo‘lib, bu bosqichda o‘qish 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olingan bilimlarni yanada takomillashtiriladi.
-Boshlang‘ich maktabning 3 - bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich bosqichida “Grayasdanlik ta’limi”, “Nafosat ta’limi” ham o‘qitiladi. Nafosat ta’limiga musiqa, tasviriy san’at, sport kiritilgan. O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, ularni rag‘batlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta’limda uzluksiz va vorislikni ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan bosh talabdir.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la mas’ul ekan, uning uslub tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga ham to‘la erkinliklar beriladi.
1990-yildagi hukumat qaroriga muvofiq, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga, u yoki bu fanga moyilligiga qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi beriladi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar.
O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda: Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi:
fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar.
Shunday qilib 5-6-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib, 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ish uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talablar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham
alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxabchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy profetsional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi. o‘qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Aksariyat xollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u yana qaytarilib o‘qituvchilikka o‘tkaziladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi.
O‘qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi ishlamaydigan o‘qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o‘qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o‘rtasidagi obro‘si diqqat bilan o‘rganiladi va tegishli chora ko‘riladi.
Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. Vaqti- vaqti bilan o‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqtlari va mablag‘lari hisobiga malaka oshiradilar.