O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati.
Insoniyat mavjud ekan, xar doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi fan yutuqlarini qo`lga kiritib boradi. Ta‘lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta‘minlaydi. Shu bois ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda bo`lishi talab etiladi. Shuningdek, ta‘lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to`g`ri xulosalar chiqarib, kelajakda o`zlarining munosib o`rinlarini topishga zamin yaratadi.
2020 yil 23 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining yangi “Ta'lim to'g'risidagi qonuni” qabul qilinib, avvalgi qonunga ko’ra asosiy farqlari haqida ma'lumot quyida o’z aksini topgan:
Birinchidan, ta'lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi: •
Ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); • Nazariy - ta'lim tashkiloti negizida, amaliy - ta'lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta'lim; Katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish; Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta'lim; Inklyuziv ta’lim; Eksternat tartibidagi ta'lim - o'quv dasturlarini mustaqil ravishda o'zlashtirishni o'z ichiga olib, uning yakunlari bo'yicha ta'lim oluvchilardan davlat ta'lim muassasalarida yakuniy va davlat attestasiyalaridan o'tish; Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. •
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (ta'lim inspektsiyasi), prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
Uchinchidan, ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko'proq e’tibor qaratilgan: • Ta'lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, Ustavga talablar; • Pedagogik xodimlar, ta'lim oluvchilar, ularning ota- onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo'yicha. Ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
To'rtinchidan, davlat ta'lim standartlari va talablari, o'quv jarayoniga o'quv rejalari va dasturlarini, ta'lim sohasiga eksperimental va innovasion faoliyat ta'limni joriy etish bilan bog'liq masalalar tartibga solingan. O'qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
birinchilarga quyidagilar kiradi: Nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash – lisenziyalar ta'lim inspektsiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta'lim turi uchun alohida beriladi; Ta'lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o'tkazish – ta'lim inspektsiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta'lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e'tiboran 5 yil davomida akkreditasiyadan o'tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu
attestasiya va akkreditasiyadan o'tkaziladi. Davlat akkreditasiyasidan o'tgan tashkilotlar maxsus reestrga kiritiladi, bu haqdagi ma'lumotlar ta'lim inspektsiyasining saytiga joylashtiriladi; Xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta'lim to'g'risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta'lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish. Tan olish va apostil qo'yish ham ta'lim inspektsiyasi vakolatiga kiradi;
ta'lim inspektsiyasi quyidagilarga haqli: Nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim- tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes- ombudsmanni xabardor qilgan holda; Ta'lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish.
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish islohoti. Bu islohot 11 yillik ta`lim tizimi bilan bog`liq.