2.AQSh, Yaponiya, Finlandiya, Fransiya va Germaniya ta’lim tizimini tuzilishi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
1-8- sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSH da majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bog‘chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi hamma jihozlar va kuchli ovqatni ota- onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa “Kinder garde” deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga xaq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
1- kasb-hunar ta’limi, 2-biznes ta’limi, 3-savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish ta’limi.
Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi.
bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirish mumkin, bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4-bosqich aspirantura, doktorantura. Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til laboratoriyasi, vidioapparatura, kompyuter va hokazolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham ishlab turadi. To‘garaklar, qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish, 2-talabaning mustaqil
ishlashini amalga oshirish. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o‘rta maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar, umumiy yo‘nalishlarida bilim beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda: qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat, qurilish bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari o‘rgatiladi.
AQSH da har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan o‘quvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘ngi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televideniyasi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
asr arafasida AQSH yangi qabul qilingan “2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi” dasturi e’lon qilindi.
Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari, talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlariga chiqishlari, har bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari, maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Bu AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSH jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsern, sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining mablag‘lari tashkil qiladi.
AQSH dagi fundamental izlanishlarning bevosita ijrochisi oliy o‘quv yurtlari, ularni mablag‘ bilan ta’minlab, ishlab chaqarishga tadbiq etuvchilar esa, turli sanoat, qurilish va boshqa tashkilotlardir. Ishlab chiqarish korxonalari dorulfununlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, dorilfununlarning qariyib 70 foiz ilmiy xodimlari turli firmalarda tadqiqotchi maslahatchi bo‘lib ishlaydilar. Dorilfununning ilmiy xodimlari, ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy laboratoriyalariga boradilar.
O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 4-5 yilga mo‘ljallangan dastur asosida amalga oshiriladi, so‘ngra 4-6 oy amaliyot o‘tiladi.
Ta’limni xaddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimini puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu sababli shunday boy moddiy bazaga va tajribaga ega davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan talaygina bolalar topiladi.