O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə7/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146
Укув кулланма 2022

Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

  1. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy»,

«qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

  1. to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).

Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq me’zonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin