O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Matematik-statistik metod



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə9/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Укув кулланма 2022

Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Rokch, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.


Nazorat uchun savollar:


1.“Pedagogika” tushunchasi qanday mazmunni anglatadi? 2.Didaktika (ta’lim nazariyasi) nima?

  1. Tarbiya nazariyasi nimalarni o‘rganadi?

  2. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 5.Pedagogikaning asosiy kategoriyalari mohiyatini yoriting. 6.Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?

  1. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlar qo‘llaniladi?
  1. MAVZU: SHAXS RIVOJLANISHINING UMUMIY QONUNIYATLARI




Reja:


    1. Pedagogik antropologiya.

    2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi.

    3. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlari.

    4. Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni.



Tayanch iboralar!


Shaxs, antropologiya, rivojlanish, ta’sir qiluvchi omillar, “Individ”, “shaxs”, “individuallik”, individual xususiyatlar, shaxs ijtimoiylashuvi, shaxsning ijtimoiy faolligi, qobiliyati



  1. Pedagogik antropologiya. Pedagogik antropologiya - ta'lim sub'ekti va ob'ekti sifatida ta'lim beruvchi va tarbiyalovchi shaxs haqidagi yaxlit va tizimli bilimdir. Har qanday pedagogik ta'limotning negizida psixologik va tabiiy fanlar bilan bir qatorda shaxs haqidagi ma'lum tarixiy g'oyalar yotadi. Butun ta'lim-tarbiya tizimining o'zagi bu

- shaxsdir. Chunki, ta'lim dunyoda sodir bo'layotgan barcha jarayonlar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yaxlit shaxsni shakllantirib beradi. Pedagogik antropologiya falsafa va pedagogika chorrahasida vujudga kelgan bo’lib, falsafaning hozirgi kungacha bo'lgan butun tarixi taraqqiyotining ulkan tajribasi va falsafa va pedagogikaning ilmiy aloqalari, inson muammolari va ta'lim-tarbiya muammolari bunga dalildir. Pedagogikaning o‘zi fan sifatida “inson qanday bo‘lishi kerak va bunga qanday erishish mumkin?- degan savolga javob bersa, pedagogik antropologiyaning mazmuni - inson tarbiyasiga yaxlit va har tomonlama yondashuv yaratish zaruriyati bilan belgilanadi. Pedagogik antropologiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini “inson kim va nima uchun tarbiyalanadi hamda uning jismoniy, psixologik, ruhiy va axloqiy holatlarini o’z kelajagi uchun qanday ahamiyati bor?” degan savolga javobida ko‘ramiz.
Pedagogik antropologiyaning kelib chiqishi "XVIII asr oxirida paydo bo'lgan “Antropologiya" (Inson haqidagi fan) tushunchasi bilan bog’liq tarzda o'z ifodasini topdi. Nemis faylasufi Immanuil Kant “antropologiya” fanining asosiy vazifasi insoniyat rivojlanishining asosiy bo'g'ini bo'lgan noyob tur – “Homo sapiens”ni har tomondan o'rganishdir, deb hisoblagan. I.Kant o’zining “Pedagogika haqida”, “Filantropin haqida ikki maqola” nomli risolalarida o'zining pedagogik g'oyalarini ishlab chiqdi, tarbiya va ta'lim orqali odamlarni shakllantirish va takomillashtirish uchun pedagogik antropologiyaning ahamiyati va zaruriyatini asoslab berdi. I.Kant ham xuddi boshqa olimlar kabi inson xulq-atvoridagi murakkabliklar va ziddiyatlarga qarab, ba’zan uning o‘ta tajovuzkor ekanligi, boshqarib bo‘lmaydigan va oldindan baholab bo‘lmaydigan mavjudot ekanligini tushungan. Shu boisdan buyuk mutafakkir: “qanday
qilib inson tabiatini tinchlantirish, uning odatlarini qanday yumshatish mumkin?” degan savolni qo’yib va “faqat tarbiya orqali insonni yaxshi tomonga o'zgartirishi mumkin”, - degan xulosaga kelgan.
Pedagogik antropologiyaning tadqiqot predmeti sifatida - tarbiya va ta’limning ta’sirida insonning o‘zini o’zi anglashi va takomillashishi masalasi yotadi. “Pedagogik antropologiya” tushunchasini ilmiy jihatdan tadbiq etishda K.D. Ushinskiy. Pedagogika fani va o‘qituvchilar malakasini oshirish amaliyoti masalalarini muhokama qilganda undan foydalangan. K. D. Ushinskiy pedagogikaning maqomi, maxsus ta’lim fani bor- yo‘qligi masalasini muhokama qildi. Uning fikricha, pedagogikani tibbiyot va siyosat bilan bir qatorda so'zning qat'iy ma'nosida fan deb atash mumkin emas, chunki uning maqsadi tabiat hodisalari yoki inson ruhi dunyosi emas, balki amaliy faoliyatdir. Sovet davrida pedagogika fanining rivojlanishida K.D. Ushinskiyning pedagogik antropologiya haqidagi fikrlari qat'iy unutildi va uning pedagogik asarlarini 1988-1990 yillarda ommaviy nashr qilish boshlandi. Unga qadar Pedagogik antropologiya insonshunoslik fanlari tizimi sifatida mamlakatimizda joriy etilmagan edi. Demak, pedagogik antropologiya ta'lim haqidagi har qanday bilimlarning shaxs bilan o'zaro bog'liqligini o'z ichiga olgan maxsus antropologik yondashuvni ishlab chiqish va qo'llashga yo'naltirilgan bo’lib, barcha hodisa va jarayonlarni inson tabiati haqidagi bilimlar bilan bog‘laydi hamda shaxsning pedagogikaga integratsiyalashuvini ta’minlaydigan usul va vositalarni ishlab chiqadi. Bunda esa antropologik aksiomatikaga tayanadi va shu asnoda insonning shakllanishi va rivojlanishi muammolari nazariyasi va metodologiyasi vujudga keladi, shaxsiyat shakllanadi.
Pedagogik antropologiya uchun asosiy narsa insonning mohiyati va uning tarbiyasi masalasidir. O.Bolnovning fikricha, bu mohiyatni o'zgarmas va hamma zamonlar uchun belgilab bo'lmaydigan deb tushunish mumkin emasligini aytib: -“pedagogika insonning to'liq tasavvuriga asoslanmasligi kerak, chunki bu uning kelajakka bo'lgan qarashini yopadi. Shaxs mohiyatining “ochiqligi” pedagog uchun faoliyat erkinligining mafkuraviy asosidir” degan xulosani berib o’tadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin