O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə11/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
Укув кулланма 2022

Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi. Pedagogika, psixologiya va falsafa fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga uchta muhim factorlar: irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda ta’lim-tarbiya kabi omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etadi.

Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi yoki biologik (tabiiy) omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir?
O‘z davrida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilk bor ilgari inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit hamda tarbiya muhim rol o‘ynaydi degan qarashni ilgari surgan bo‘lsa, Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma xususiyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari shaxs rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, ruhiy rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs va jamiyat o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, shaxsning jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va inson o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi; inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Shaxs rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy muhit tomonidan ko‘rsatiladigan ta’siri tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Yani: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi; 2) tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin;

  1. tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Shaxsning shakllanishida quyidagi omillarning ta’sir katta:

Demak, tarbiya bilan rivojlanish o‘zaro aloqador bo‘lib, shaxsning rivojlanishida tarbiya doimiy va uzluksiz xarakter kasb etadi. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.


Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Faoliyat o‘zi nima?



Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi.
Shaxsni shakllantirishda faoliyat samaradorligiga erishish uchun mazkur jarayonini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish talab etiladi.
Faoliyat faol va sust (passiv) bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Shaxsning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat
qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, ta’lim oluvchi shaxsida kuzatiladigan kamchilik va xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan barcha kamchiliklarning asosiy sababi faoliyatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham shaxs faoliyati uning rivojlanishi natijasi sanaladi. Shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish (shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi) orqali faoliyatni rivojlantirish muhim sanaladi.
O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlari o‘yin, o‘qish va mehnatdan iborat bo‘lib, faoliyatga kirishishning asosiy shakli muloqot sanaladi. Faoliyat yo‘nalishlari shaxs o‘quvchilar tomonidan o‘zlarining qiziqish va ehtiyojlariga ko‘ra tanlanadi. Ayni vaqtda ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilish (o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirish), ijtimoiy, sport, badiiy, texnik hamda hunarmandchilikka bo‘lgan shaxsiy qiziqish va ehtiyojlariga ko‘ra turli to‘garak, klublarga jalb etilgandirlar.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin