O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə5/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Укув кулланма 2022

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkchlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora- tadbirlarni belgilash, ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish va uning tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

  • tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o‘tish;

  • tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Pedagogika ilmiy-tadqiqot usullari. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

  1. Pedagogik kuzatish metodi.

  2. Suhbat metodi.

  3. Anketa metodi.

  4. Intervyu metodi.

  5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

  6. Test metodi.

  7. Pedagogik tahlil metodi.

  8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

  9. Pedagogik tajriba metodi.

  10. Matematik-statistik metod.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin