O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat tarkibining turlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə29/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
jinoyat huquqi

4.4. Jinoyat tarkibining turlari

Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibini tasniflashga oid olimlarning turli xil qarashlari mavjud. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganida amalga oshirish natijasida turli darajadagi og‘ir oqibatlar kelib chiqadi. Bundan tashqari, jinoyat sodir etayotgan shaxslarning ijtimoiy xavflilik darajasi ham bir xil emas. Shuni hisobga olgan holda jinoyat qonuni tomonidan bir xil turdagi jinoyatlarga nisbatan bir-biridan ijtimoiy xavflilik darajasi bilan ajralib turadigan alohida jinoyat tarkibi shakllantirilgan.


Ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:

1. Asosiy (oddiy) tarkibli;


2. Og‘irlashtiruvchi tarkibli;
3. Yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlarga ajratish mumkin.

Oddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilayotgan jinoyatning har biri uchun xos bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmay, jinoyatning nomi aytiladi xolos. Masalan, o‘g‘rilik (169-modda) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish. Har safar o‘g‘rilik jinoyati sodir etilganida, albatta, o‘zganing mulki yashirin ravishda talon-taroj etilganligi belgisi aniqlanishi lozim.


Asosiy tarkibga nisbatan og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi hollar qo‘shimcha belgilarga bo‘lib, uning ijtimoiy xavflilik darajasini, katta va kichiklikni ifodalaydi. Masalan, o‘g‘rilik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganda bu og‘irlashtiruvchi holdagi tarkib (169-moddaning 4-qismi); kuchli ruhiy hayajon­lanish holatida qasddan odam o‘ldirish (98-modda); onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (99-modda); zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, odam o‘ldirish (100-modda); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (101-modda); jinoyatning bu tarkiblari qasddan odam o‘ldirishning (97-modda) asosiy tarkibiga nisbatan yengillashtiruvchi tarkib hisoblanadi. Chunki bu jinoyat tarkiblarida Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi ko‘zda tutilgan asosiy tarkibga nisbatan jinoyatning bu turini sodir etganlik uchun yengillashtiruvchi holatning belgilari mavjud.
Odatda, jinoyat-huquqiy normalarning birinchi qismida sodir etilgan jinoyatning asosiy tarkiblari uchun javobgarlik, keyingi qismlarida esa jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutiladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin