O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat tarkibining tuzilishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə27/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
jinoyat huquqi

4.2. Jinoyat tarkibining tuzilishi

Jinoyat tarkiblarining tuzilishi bo‘yicha ularni moddiy, formal va kesik tarkiblarga ajratish mumkin.


Moddiy tarkibli jinoyatlar deyilganda, jinoyatning shunday tarkibi tushuniladiki, unda jinoyat natijasida biron-bir moddiy oqibat kelib chiqishi yoki kelib chiqishi mumkinligi nazarda tutiladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish. Bu moddiy tarkibli jinoyat, chunki qasddan odam o‘ldirganlik uchun shaxsni javobgarlikka tortish uchun ijtimoiy xavfli harakatning sodir etganligi kifoya qilmay (o‘ch olish, urish va boshqalar), balki uning natijasida zararli oqibat, ya’ni o‘lim kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra o‘lim yuz bermagan bo‘lsa, aybdor shaxs odam o‘ldirishda ayblanmay, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlikka tortiladi.
Formal tarkibli jinoyat deyilganda, biron-bir zararli oqibatning kelib chiqishi shart bo‘lmay, biron-bir oqibat kelib chiqqan taqdirda ham jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydigan jinoyatlar tushuniladi.
Ijtimoiy xavfli harakat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun uni ijtimoiy xavfli qilmishi (hara­kat yoki harakatsizlik) sodir etganligini aniqlash kifoya qilinadi. Masalan, uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’­muriy jazo qo‘lanilgandan keyin sodir etganligini aniqlash lozim. Bunday hollarda jinoiy javobgarlikka tortish uchun jinoyat sodir etilganligi natijasida oqibatning vujudga kelishi shart emas.
Kesik tarkibli jinoyat deyilganida, shunday jinoyat tarkibi tushuniladiki, jinoyatning oxiriga yetgan vaqtini qonun oldingi bosqichiga ko‘chiradi, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga ko‘chiradi. Masalan, bosqinchilik (164-mod­da) yoki tovlamachilik (165-modda) yoxud jinoiy uyushma tashkil etish (242-modda).
Jinoyat tarkibini qonun chiqaruvchi organ tomonidan ifodalash usuliga ko‘ra oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin.
Oddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyat tarkibining har bir tarkibiy elementlari bittadan bo‘ladi: 1 ta obyekt, 1 ta harakat (harakatsizlik), 1 ta oqibat, 1 ta ayb shakli. Masalan, Jinoyat kodeksining 97-mod­dasi, 1-qismi «Qasddan odam o‘ldirish jinoyati».
Murakkab tarkibli jinoyatlarda jinoyat tarkibi elementlarining har biri yoki ulardan biri ikki yoki undan ortiq miqdorda bo‘ladi. Masalan, ikki obyektli yoki ko‘p obyektli jinoyatlar, bir necha oqibat keltirib chiqaruvchi jinoyatlar va h.k. Ko‘p obyektli jinoyat hisoblangan Jinoyat kodeksining 164-moddasida javobgarlik belgilangan bosqinchilikni murakkab tarkibli jinoyat sifatida misol keltirish mumkin.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin