O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat va jinoyat tarkibining o‘zaro munosabati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə32/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
jinoyat huquqi

4.6. Jinoyat va jinoyat tarkibining o‘zaro munosabati

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tushunchasi va jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi eng murakkab bo‘lgan masala­lardan biridir. Jinoyat tushunchasi Jinoyat kodeksining 14-mod­dasida berilgan bo‘lib, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi, deyiladi. Bu jinoyat tushunchasi va jinoyat tarkibi to‘g‘risida gap ketganda bitta hodisa, ya’ni jinoyat hodisasi sodir etilganligi to‘g‘risida gap boradi. Jinoyat va jinoyat tarkibi o‘xshash tushunchalar bo‘lsa-da, ammo ular mazmun va mohiyati jihatidan aynan bir xil tushunchalar emas.


Jinoyat va jinoyat tarkibi sodir etilgan obyektiv haqiqat bo‘lib, inson xulqining yuridik akti hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 14-moddasida jinoyat to‘g‘risida umumiy tushuncha berilgan bo‘lib, jazolash tahdidi bilan jinoyat qonunida taqiqlangan qilmishni aybli sodir qilishdan iboratligi aytiladi va bu tushunchada har bir jinoyatning belgilari ifoda etilmaydi, balki jinoyat to‘g‘risida umumiy tushuncha beriladi, xolos. Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining har bir moddasida esa, alohida bir jinoyatning jinoyat tarkibini ifodalovchi asosiy belgilari beriladi. Har qanday jinoyat insonning harakati yoki harakatsizligi natijasida sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishidir. Chunki bunday qilmish tufayli shaxs va jamiyatning manfaatlariga tajovuz qilinadi. «Maxsus» qismning moddalarida esa, shunday qilmishning sodir etishni qonunda taqiqlanganligi, bunday taqiqlarini buzib sodir etilganda shunday qilmishni sodir etganlikda ayblilik va jazoga sazovorlik belgilanadi.
Jinoyatning umumiy tushunchasi jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mazmunini ochib beradi, uning ijtimoiy xususiyati bo‘lgan ijtimoiy xavfliligini ko‘rsatib beradi. Jinoyat tushunchasi uning belgi­larini ko‘rsatib, qilmishga tavsif beradi. Ijtimoiy xavfli ekanligini belgilaydi va bu bilan jinoiy qilmishni boshqa huquq buzishlardan farqini ham aniqlab beradi. Jinoiy qilmishni kvalifikatsiya qilishda faqatgina Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining moddalarigina emas, balki «Umumiy» qism moddalaridan ham foydalaniladi. «Maxsus» qism normalarini amalda tatbiq qilishning umumiy qoidalari «Umumiy» qism moddalarida belgilanadi. Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining normalarini ishlab chiqishda qonun chiqaruvchi organ muayyan jinoyat tarkibning belgilarini imkoni boricha aniq qilib belgilashga harakat qiladi. Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi esa, jinoyat tarkibining tomon­larini umumlashtirilgan holda ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, barcha jinoyatlar tarkibi yuzasidan abstrakt (mavhum) tasavvur hosil qiladi, xolos. Bunda jinoyat huquqi faqat «Maxsus» qism nor­­malari qoidalaridagina emas, balki «Umumiy» qism qoida­laridan ham foydalanadi.
Shunday qilib, jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi biron-bir normada emas, balki jinoyat huquqi nazariyasida ishlab chiqiladi va jinoyatning yuridik tavsifini o‘zida ifoda etadi.
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi ilmiy bilishning muhim bosqichi hisoblanib, faqat o‘quv jarayonidagina emas, bal­ki dastlabki tergov organlari va sud faoliyatida sodir etilgan jinoyatni nazariy jihatdan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning nazariy bazasi bo‘lib hisoblanadi.
1. Jinoyat tarkibi deb nimaga aytiladi va jinoyat tarkibining ahamiyati qanday?
2. Jinoyat tarkibining elementlari (tomonlari)ni bayon eting.
3. Jinoyat tarkibining belgilarini ayting. Zaruriy belgilari nima, fakultativ belgilari nima?
4. Jinoyat tarkibining turlarini izohlang.
5. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflashning turlarini tushuntiring.
6. Jinoyatlarni obyektiv tomoniga ko‘ra tasniflashning turlari va mezonlarini tushuntiring.
7. Formal tarkibli jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi?
8. Moddiy tarkibli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ifodalanadi?
9. Kesik tarkibli jinoyatlarning va jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd qilish bosqichlaridan farqi nimada?
10. Jinoyat va jinoyat tarkibining o‘zaro munosabati qanday?


5-bob. JINOYAТ OBYEKТI



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin