O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatning maxsus subyekti



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə47/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
jinoyat huquqi

7.4. Jinoyatning maxsus subyekti

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning maxsus subyekti tushunchasi berilgan. Shaxsni jinoyatning maxsus subyekti, deb hisoblash uchun subyektning zaruriy belgilari bilan birga (yosh, aqli rasolik), albatta, boshqa belgilar ham bo‘lishi kerakki, bunday belgisiz shaxsning tegishli norma bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.


Ko‘p hollarda ushbu belgilar jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyasida ko‘rsatiladi yoki ularni sharhlash orqali aniqlanadi. Jinoyatning maxsus subyekti belgilari turlicha bo‘lib, ular xizmat, kasb, fuqarolik yoki harbiy majburiyat bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning subyekti faqat mansabdor shaxs bo‘la oladi (205, 206, 207, 208, 209, 210, 211-moddalar), harbiy xizmatga oid jinoyatlarda faqat harbiy xizmatchilar subyekt bo‘la oladi (279–300-moddalar). Тransport harakati va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarda uning subyekti faqat transport vositasini boshqarayotgan shaxs bo‘la oladi (260, 266-moddalar).
Тa’mirlash qoidalarini yoki transportni ekspluatatsiyaga chiqarish qoidalarini buzganlik jinoyatida subyekt faqat ta’mirlovchi yoki transportning texnik holati uchun javobgar shaxsgina bo‘la oladi. Davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun davlat sirlari xizmat yoki kasb yuzasidan ishonib topshirilgan shaxsgina javobgarlikka tortiladi (162-modda).
Jinoyat qonunining «Maxsus» qismini o‘rganish shuni ko‘rsa­tadiki, jinoyatning maxsus subyekti belgilarini quyidagicha tasnif­lash mumkin:

1) fuqaroligi;


2) demografik belgilari (jinsi, yoshi);
3) mansabi;
4) harbiy xizmatga aloqadorligi;
5) bajarayotgan ishi;
6) kasbiy majburiyati;
7) shaxsiy majburiyatlari;
8) subyektning asosiy holatlari (retsidivist, xavfli retsidivist).

Bu tasnif, albatta, taxminiydir. Har bir ijtimoiy xavfli harakat sodir etilganida sud-tergov xodimlari jinoyatning maxsus subyektining alohida belgilarini aniqlashi lozimki, bularsiz harakat sodir etgan shaxs ushbu jinoyatning subyekti, deb topilmasligi kerak.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin