O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə49/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
jinoyat huquqi

8.1. Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi,
belgilari va ahamiyati

Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi darajasini hisobga olgan holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining muhim xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi, ya’ni aybdorning o‘z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi.


Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin, ya’ni subyektiv aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo‘lgandagina jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi.
Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov ama­liyotida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu munosabat bilan jinoyatchi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va motivlarini chuqur o‘rganish lozim.
Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to‘g‘ri aniqlash jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelib, shaxsning u sodir etmagan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsiрining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun sud-tergov amaliyotida jinoyatning motivi, maqsadi va aybni to‘g‘ri aniqlashga juda katta e’tibor berish kerak, chunki Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, «shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi». Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir.
Jinoyatning maqsadi va motivi esa, subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanadi. Maqsadi va motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsagina, jinoyatni kvalifi­katsiya qilishga ta’sir etadi, boshqa hollarda esa, ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda hisobga oli­nishi zarur.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin