O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə46/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
jinoyat huquqi

7.3. Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi


Aqli rasolik – bu jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri. Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso, deb topiladi», deyiladi. Shunga ko‘ra, «Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi» (Jinoyat kodeksining 18-moddasi, 2-qismi). Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday chora ko‘rilmaydi, degani emas.
«Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso, deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin» (18-moddaning 3-qismi).
Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e’lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni o‘tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug‘dirganida, qo‘llaniladi.
Aqli norasolik – yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun har ikki mezon bir vaqtda mavjud bo‘lishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko‘rsatkich, ya’ni jinoyatni sodir etgan shaxs haqiqatan o‘z harakati va uning oqibati uchun javob bera oladimi yoki yo‘qmi, degan masalalar sud tomonidan to‘la aniqlanishi kerak.
Тibbiy ko‘rsatkich belgilariga ega bo‘lgan ruhiy kasalliklarga:

a) surunkali ruhiy kasallik;


b) vaqtinchalik ruhiy kasallik;
d) aqlning pastligi;
e) kasallikning boshqa holatlari kiradi.

Surunkali boshqa kasallik davolab bo‘lmaydigan yoki qiyin davolanadigan ruhiy kasallik bo‘lishi mumkin. Masalan, shizo­freniya, progressiv falajlik, paranoyya, epilepsiya, bosh miya sifilisi (yallig‘lanishi) va hokazo.


Vaqtinchalik ruhiy kasallik ruhiy holatning vaqtinchalik buzilishi bo‘lib, shaxs keyinchalik sog‘ayib ketadi, masalan, белая горячка – umumiy yuqumli kasalliklar davridagi ruhiy kasallik va hokazo. Aqlning pastligi yoki oligofreniya – tug‘ma yoki tug‘ilish vaqtida inson ruhiy holatining ishdan chiqishi.
Aqlning pastligi uch darajaga bo‘linadi: yengil darajali debillik (imbetsilnost), o‘rta daraja (idiotiya), to‘liq, ya’ni aqliy qobiliyatning ishdan chiqishi. Kasallikning boshqa holatlari inson ruhiyatining ruhiy kasalliklardan tashqari holatdagi buzilishidir (masalan, giyohvandlik vositasini vaqtincha iste’mol qilmaslik tufayli ro‘y beradigan ruhiy holat, yuqumli kasallik vaqtidagi ruhiy yetishmaslik).
Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o‘z harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmaydi (intellektual belgi) va o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Yuridik mezonning intellektual belgisi shuni bildiradiki, bunda shaxs o‘z harakatini, uning g‘ayriqonuniy va jamoat uchun xavfli ekanligini tushunmaydi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun qonun bo‘yicha tibbiy va yuridik mezonlar aniqlanishi lozim. Ko‘pchilik hollarda, agar shaxs o‘z harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmas ekan, o‘z harakatlarini ham boshqara olmaydi. Biroq, sud-tergov amaliyotida shaxs o‘z harakatlari yuzasidan hisob bera oladi, lekin uni boshqara olmaydigan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, shaxs giyohvandlik vositasini iste’mol qilishi kerak bo‘lgan vaqtda uni topa olmasa, har qanday harakatni sodir etishga, shu jumladan, dorixonaga o‘g‘rilikka kirishga ham qodir bo‘ladi. Bunda giyohvand jinoyat qilayotganligi to‘g‘risida o‘ziga hisob beradi, lekin o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Bu hollarda tibbiy ko‘rsatkichlardan birining mavjudligi shaxsni aqli noraso, deb topilishi uchun asos bo‘ladi.
Har bir jinoyat ishini ko‘rishda shaxsni aqli noraso, deb topish uchun, albatta, sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi lozim. Qonunga ko‘ra, aqli noraso, deb topilgan shaxs jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi va u harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin