O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


BOSQICHLARI 10.1. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə59/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
jinoyat huquqi

BOSQICHLARI


10.1. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi
va uning turlari

Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo bo‘lishidan boshlab, toki, uni to‘liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishgunga qadar bo‘lgan davr) oralig‘ida amalga oshiriladigan harakat (harakatsizlik) sifatida tushuniladi. Jinoyatning tamom bo‘lganligini aniqlash sodir etilgan jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.


Jinoyat sodir etish bosqichlari – bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo‘lib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo‘lgan jinoyatlarda ifodalanadi. A.S.Yakubovning fikriga ko‘ra, jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi.
Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi:

birinchidan, jinoyatni jinoiy bo‘lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi;


ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo‘lgan, balki tamom bo‘lmagan jinoyatlarning ham asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini, jamoat tartibi va xavfsizligini, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo‘lgan boshqa obyektlarni himoya qiladi.


Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik orqasida, jumladan, harakatsizlik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud bo‘lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsizlik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin (masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish maqsadida ovqatlan­tirmasligi).
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu qilmishning tugallangan jinoyatdan farqi, unda «Maxsus» qism moddasida ko‘rsatilgan jinoyat belgilari to‘liq bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilarning to‘liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo‘qligidir. Тugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalovchi barcha belgilar mavjud bo‘ladi.
Тamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxsning jinoiy faoliyati o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilgan bo‘lsagina vujudga keladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo‘lishi kerak. Egri qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo‘ladi. Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki, shaxs o‘lim yuz berishini anglagan va istagan bo‘lgandagina suiqasd bo‘lishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichlari bo‘lmaydi. Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishi yoki suiqasd qilishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. Jinoyatning qasddan sodir etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi hisoblanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy oqibatning yuz berishini istisno etadi. Aynan jinoiy oqibatning yuz bermaganligi tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlar o‘rtasidagi farqni belgilab beradi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun shart-sharoitlarni yaratishda ifodalanadi. Jinoyatga suiqasd (harakat bilan, alohida hollarda harakatsizlik bilan) bevosita jinoyatni sodir etishga qaratilgan bo‘lib, jinoyatning obyektiv tomoni amalga oshiriladi, ammo u jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Тamom bo‘lgan jinoyatda jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘ladi. Dastlabki ikki bosqich – jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd jinoyat huquqi nazariyasida «taxminiy jinoiy harakat» tushunchasi asosida birlashtirilgan.
Shaxsning harakatida tamom bo‘lmagan jinoyat belgilarining mavjudligi obyektiv va subyektiv belgilar bilan chegaralangan. Shuningdek, jinoyatni sodir etish bosqichlari jinoyat turlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatni sodir etish bosqichi, jinoyatchining aniq jinoiy tajovuzni amalga oshirishga qaratilgan jinoiy qasddir. Jinoyatni sodir etish bosqichlari qator obyektiv belgilari bilan farqlanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish moddiy tarkibli jinoyatlarga xos bo‘lib, bu jinoyatning sodir etilish shakliga bog‘liqdir. Bu qoida jinoyat sodir etishning ikkinchi bosqichi, ya’ni jinoyatga suiqasd qilishga ham to‘liq taalluqlidir.
Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd bu jinoyatning obyektiv tomoni:

a) murakkab, ya’ni bir qancha harakatlardan iborat bo‘lsa;


b) davomli harakatlarda ifodalanadi.

Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra, jinoyatga harakatsizlik orqali ham tayyorgarlik ko‘rilishi mumkin. Amaliyotda esa, bunday holatlar uchramaydi, chunki buni isbot qilish juda qiyin, uning xavflilik darajasi juda past.


Jinoyat sodir etish bosqichlari bir-biridan obyektiv belgi­lar – jinoiy harakatning tugash vaqtiga ko‘ra farqlanadi. Bu o‘rinda tajovuzning tamom bo‘lish vaqtiga ko‘ra farq qiluvchi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarni farqlash lozim bo‘ladi.
Ba’zi amaliyot xodimlari va nazariyotchilar agar formal tarkibli jinoyat harakat orqali sodir etilgan bo‘lsa, unga suiqasd qilish mumkinligini ta’kidlashadi. Bu holat jinoyat obyektiv tomonining boshlanish vaqti bilan tugallanish vaqti o‘rtasida muayyan vaqt o‘tganida ahamiyatga ega. Bunga pora berish jinoyati misol bo‘la oladi. Mansabdor shaxs bilan bo‘lgan kelishuvga ko‘ra pora beruvchi mansabdor shaxsga poraxo‘rlik jinoyatning predmeti – katta miqdordagi pul summasini pochta yoki telegraf orqali yuboradi. Pora berish predmeti yuborilganidan boshlab uni olgungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. Bunga firibgarlik jinoyati ham misol bo‘la oladi. Firibgarga jabrlanuvchi uchinchi shaxs orqali mulkiy huquqini o‘tkazadi. Mulkiy huquq uchinchi shaxsga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, firibgar uni qabul qilib olguniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinadi.
Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi bosqichini ifodalaydi. Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomon­ning zaruriy belgisi bo‘lgan oqibat kelib chiqqach, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyatning oqibati– tajovuz obyektiga yetkazilgan turli: moddiy, jismoniy, ruhiy, siyosiy, ijtimoiy zarar­larda ifodalanadi. Zararning xususiyati va miqdori Jinoyat kodeksida belgilanadi. Shuning uchun qonun talabidan kelib chiqib, jinoyat­ning tamom bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini belgilash mumkin.
Amaliyotda jinoyatning har uch bosqichini ham amalga oshirish zarur bo‘lmagan holatlar mavjud. Ba’zi hollarda shaxs jinoyatga faqat tayyorgarlik ko‘radi va shu bosqichning o‘zida jinoiy harakat tugaydi. Ba’zan jinoyatga suiqasd qiladi, ya’ni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, qilmishini oxiriga yetkaza olmaydi. Uchinchisida shaxs jinoyat tarkibi belgilarini to‘liq sodir etadi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rib (qurol tayyorlasa), so‘ng jabrlanuvchini poylab unga o‘q uzsa, ammo o‘q tegmasa, qilmish odam o‘ldirishga suiqasd, deb baholanadi. Agar o‘q tegib shaxs o‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanib, oldingi ikki bosqichni ham qoplab ketadi.
Jazo tayinlashda jinoyat sodir etilishining har bir bosqichini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, suiqasd tayyorgarlik ko‘rishdan, tamom bo‘lgan jinoyat esa, suiqasddan xavfliroqdir. Bu jinoyatning qaysi bosqichda tugallanganligiga qarab, og‘irroq jazo tayinlanishini anglatadi. Jinoyatning har bir bosqichi alohida kvalifikatsiyani talab qiladi, bu aybdorning qilmishni to‘g‘ri anglab olish, uning xavflilik darajasini belgilash uchun kerak bo‘ladi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyor­garlik ko‘rish yoki unga suiqasd qilish uchun xuddi tamom bo‘lgan jinoyatga hos bo‘lgan jazo tayinlangan. Тamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik asosi Jinoyat kodeksining 25-moddasi, 1, 2-qism­larida nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat sodir qilishga suiqasd qilganlik tarkibining mavjudligidir. Shuning uchun mazkur bosqichlarda to‘xtatilgan jinoyatni huquqiy baholash uchun «Umumiy» qism normalariga murojaat qilinadi. Undagi umumiy asoslarning jami tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikning huquqiy negizini tashkil etadi. Shunday qilib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichlarini baholashda Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi, 25-moddasi, shuningdek, «Max­sus» qismdagi bunday tamom bo‘lgan jinoyat uchun nazarda tutilgan javobgarlik qo‘llaniladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin