O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoiy javobgarlikning ma’muriy, intizomiy va



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə58/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
jinoyat huquqi

9.3. Jinoiy javobgarlikning ma’muriy, intizomiy va
fuqaroviy javobgarlikdan farqi

Jinoiy javobgarlik faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lib, bu belgilari orqali ma’muriy intizomiy fuqaroviy javobgarliklardan farq qiladi:


1) qo‘llanish asoslari bo‘yicha: jinoiy javobgarlik qilmishida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lsagina qo‘llanadi. Javobgarlikning boshqa turlari (intizomiy, fuqaroviy javobgarlik)da jinoyat munosabati bilan keltirilgan zarar yoki boshqacha huquqbuzarlik uchun qo‘llanadi;


2) qo‘llashning mazmuni bo‘yicha: jinoiy javobgarlik sodir etilgan jinoiy qilmish uchun faqat davlat nomidan sud tomonidan ayblov hukmi chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy jazo yoki boshqacha majburlov chorasini qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning huquqiy holatini jiddiy cheklashdan iboratdir. Javobgarlikning boshqa turlarida esa, hatto sud tomonidan tayinlangan majburlov chorasi ham davlat nomidan tayinlanmaydi. Demak, jinoiy javobgarlik, o‘z mazmuniga ko‘ra, javobgarlikning eng og‘ir turi hisoblanadi;
3) javobgarlikning qo‘llanish subyekti bo‘yicha farqi: jinoiy javobgarlik faqat sud tomonidan tayinlanadi va qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmida ifodalanadi. Boshqa birorta organ yoki mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortishga haqli emas. Javobgarlikning boshqa choralarini sud tomonidan ham boshqa idora va mansabdor shaxslar tomonidan ham qo‘llanishi mumkin;
4) qo‘llanish tartibi bo‘yicha farqi: jinoyat-protsessual qonunida jinoiy javobgarlikka tortishning maxsus tartibi belgilangan bo‘lib, faqat Jinoyat-protsessual kodeksida tergov organlari va sudning jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi faoliyati tartibga solinadi. Boshqa javobgarlik turlari yuzasidan javobgarlikka tortish tartibi boshqa huquqiy normalar bilan tartibga solinadi;
5) javobgarlikka tortiladigan subyektlarning doirasi bo‘yicha farqi: jinoiy javobgarlik shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, faqat jismoniy shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladi. Masalan, korxonadan chiqayotgan iflos suvlar suv yoki atrof-muhitni ifloslantirsa va buning uchun Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan oqibat yuz bersa, korxona emas, balki korxonadagi buning uchun mas’ul bo‘lgan jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Boshqa turdagi javobgarlik, masalan, fuqaroviy javobgar yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.


1. Jinoiy javobgarlik nima va u qanday elementlardan iborat?
2. Jinoiy javobgarlik to‘g‘risida qanday nazariyalar mavjud?
3. Jinoyat huquqiy munosabatlarning subyektlari kimlar?
4. Jinoiy javobgarlikning asosi nima?
5. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qanday asoslar bo‘lishi kerak?
6. Jinoyatlarning ro‘yxati qayerda berilgan va bu ro‘yxat qat’iymi yoki taxminiymi?
7. Jinoiy javobgarlik nima?
8. Jinoiy jazo qo‘llash nima?
9. Jinoiy javobgarlikning vaqt bo‘yicha chegarasi bormi?
10. Jinoiy javobgarlikning intizomiy, ma’muriy javobgarlikdan farqi nimada?
10-bob. JINOYAТNI SODIR EТISH

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin