O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatchilik tushunchasi va uning sabablari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə25/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
jinoyat huquqi

3.4. Jinoyatchilik tushunchasi va uning sabablari

Jinoyat va jinoyatchilik bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa bo‘lib, jinoyat – jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat qonunida taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni aybli sodir etishdan iborat bo‘lgan hodisa bo‘lsa, jinoyatchilik muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan barcha turdagi jinoyatlarning yig‘indisidan iborat.


Jinoyatchilik g‘oyat murakkab ijtimoiy huquqiy hodisa bo‘lib, uning kengroq ta’rifini quyidagicha ifodalash mumkin:

jinoyatchilik kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan o‘zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor tavsifiga ega bo‘lgan, jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus nazorat choralari o‘rnatishni talab qiladigan salbiy, ijtimoiy-huquqiy hodisadir.


Alohida ijtimoiy xavfli qilmishlarning jinoyat ekanligi masalasi jinoyat huquqida o‘rganiladi. Kriminologiya fani esa, qilmishning jinoyat va jinoyat emasligini emas, balki jinoyatchilikni kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan salbiy ijtimoiy hodisa sifatida o‘r­ganadi.


Jinoyat huquqi jinoyatga yuridik fakt sifatida qarasa, krimino­logiya jinoyatni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganadi. Shunga ko‘ra, jinoyat huquqi bilan kriminologiya fani bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanligi jinoyat huquqida belgilanadi. Shunga ko‘ra, kriminologiya o‘zining boshlang‘ich asoslarini jinoyat huquqidan oladi.
Jinoyat hodisasi – jinoyat-huquqiy nuqtayi nazaridan o‘rga­ni­l­ganda, bu hodisa inson tomonidan jinoyat qonuni bilan taqiqlangan aktni sodir etish, deb baholanadi. Jinoyatga jinoyat huquqiy nuqtayi nazardan baho beriladigan tushuncha jinoyat huquqi nazariyasida ishlab chiqilgan. Jinoyat huquqida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishga jinoyat tarkibi qoidalari tatbiq etilib, jinoyat tarkibi to‘rt tomondan, ya’ni jinoyatning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni tahlil qilinib, qilmishning jinoyat yoki jinoyat emasligi aniqlanadi, Jinoyat kodeksidagi muayyan moddasining belgilariga taqqoslanib ko‘riladi va o‘sha moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan, deb topiladi.
Qilmishni jinoyat deb, hisoblash masalasi to‘rt belgi bilan, ya’ni qilmishning ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi, jazoga sazovorligi va aybning mavjudligi belgilari bilan ifodalansa, jinoyat kriminologiya nuqtayi nazardan o‘rganilganda ikki jihatdan yondashiladi, ya’ni:

birinchidan – jinoyat sodir qilgan shaxsning o‘zini tavsifi va uni o‘rab turgan atrof-muhit nuqtayi nazardan;


ikkinchidan – jinoyatga bir marta sodir qilingan alohida akt sifatida emas, balki vaqt va makonda sodir etilgan jarayon nuqtayi nazardan o‘rganiladi.

Demak, jinoyat hodisasi jinoyat-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, shaxsni jinoyat qonunining muayyan moddasi bilan javobgar qilish uchun zarur bo‘lgan belgilar tizimi tahlil qilinadi. Kriminologiya nuqtayi nazardan qaralganda esa, jinoyat sodir qilishning sharoit va sabablari, jinoyat sodir etgan kishining o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari va jinoiy xulqning oqibatlari o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, jinoyat hodisasi kriminologiya nuqtayi nazardan tahlil qilinganda ushbu shaxs tomonidan jinoiy faoliyatni davom ettirishi yoki yangi jinoyat sodir etish mumkinligining oldini olish uchun qanday harakatlar qilish kerakligi va boshqa shaxslar tomonidan ham shunday qilmish sodir etilishining oldini olish uchun qanday choralar ishlab chiqish kerakligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, jinoyat sodir qilgan shaxsga qonun doirasida jinoyatning oldini olishda qanday aniq choralari ko‘rish mumkinligini ham belgilaydi.


Jinoyat huquqi jinoyatni jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso shaxs tomonidan sodir etilgan yuridik fakt sifatida o‘rgansa, kriminologiyada jinoyatchilik quyidagi belgilarda ifodalanadigan hodisa, deb o‘rganiladi:

1. Jinoyatchilik – jamiyatda mavjud bo‘ladigan hodisa.


2. Jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqara­digan va uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus nazorat choralarini o‘rnatishni talab qiladigan salbiy ijtimoiy hodisa.
3. Jinoyatchilik – o‘zgaruvchan hodisa.
4. Jinoyatchilik – ijtimoiy-huquqiy hodisa.


Jinoyatchilik – kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan o‘zga­ruvchan hodisa. Jinoyatchilikning holati, darajasi, strukturasi inson taraqqiyoti davomida sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib boruvchi hodisaligi shundaki, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqiy o‘zgarishlarga qarab o‘zgarib boradi. Sifat jihatidan sodir etish usuli, uyushgan guruh bo‘lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etilishi va hokazolarda ifodalanadi.
Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, jinoyatlar­ning subyektlari jamiyat a’zolarining o‘z ichidagi shaxslar bo‘lib, ular o‘zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosa­batlarga va jamiyat a’zolariga tajovuz qiladi. Jinoyatchilik hodisaning sharoit va sabablari ham ijtimoiy sabablar tufayli yuz beradi.
Jinoyatchilik ijtimoiy hodisa sifatida boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlardagi iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, ruhiy boshqaruv, huquqiy va hokazo munosabatlar bilan bog‘lanib ketgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning o‘sishi, xususiyatlari, ijtimoiy jara­yon­larning o‘zaro aloqadorligi qarama-qarshiliklar, krimino­logik vaziyatlarning miqyosi bilan belgilanadi.
Jinoyatchilik sodir etilgan jinoyatlarning oddiy yig‘indisidan iborat bo‘lmay, bir butun ijtimoiy hodisani tashkil qiluvchi jinoyat­lar tizimidan iborat. U o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘zining ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘lanib ketgan. Shuning uchun uning sabablari ham ana shu ijtimoiy munosabatlarda yotadi.
Jinoyatchilik muayyan hududda, muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatlar jamidan iborat ekan, jinoyat va jinoyatchilikning aloqadorligi bir qismdan bir butunga, alohida­likdan umumiylikka ega bo‘lgan umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. Jinoyatchilikning qonuniyatlari alohida turdagi jinoyatlar orqali emas, balki uni bir butun salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Jinoyatchilikni oddiy raqamlarda ifodalab, uning mazmun va mohiyatini ochib berib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, jinoyatchilik kriminologiyada sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko‘rsatkichlari uning darajasi va dinamikasi bo‘lsa, sifat ko‘rsatkichlari uning strukturasi va xususiyatlaridagi o‘zgarishlardir.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishi jarayonida uyush­gan jinoyatchilik, giyohvand vositalar bilan noqonuniy muomala qilish, korrupsiya jinoyatlarining o‘sganligi kuzatildi. Bular jinoyatchilikdagi sifat o‘zgarishlardir.
Jinoyatchilikning sabablari g‘oyat murakkab mavzulardan biri hisoblanib, insoniyatning ko‘p ming yillik tarixida bu salbiy ijtimoiy hodisa odamlarning eng ilg‘or qismini har doim tashvishga solib kelgan. Nima sababdan odamlarning muayyan qismi jinoyat sodir qiladi? Jinoyat sodir qilishning sababi qayerda yotadi? Bu muammo fanlarning turli tarmoqlari mutaxassislari tomonidan jiddiy muno­zaralarga sabab bo‘lib kelmoqda va hozirgi kunda ham olimlar bu borada bir fikrga kelishgan emas. Jinoyatchilik sabablari to‘g‘risidagi masalalar «Kriminologiya» darsligining III bo‘limida, ya’ni 5 va 6-bob­larda batafsil bayon qilingan1.
1. Jinoyat deb nimaga aytiladi?
2. Jinoyatning belgilarini bayon eting.
3. Jinoyatni tasniflash deb nimaga aytiladi? Uning turlarini izohlang.
4. Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash nima?
5. Jinoyatlarni miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash nima?
6. Jinoyatlarni tasniflashning ahamiyati nimalarda ifodalanadi?
7. Jinoiy qilmishni boshqa huquqbuzishlardan farqi nima?
8. Jinoyat va jinoyatchilik nima?
9. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi?
10. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflashda qanday mezon asos qilib olingan?
11. Jinoyat qaysi belgilariga ko‘ra boshqa huquqbuzarliklardan farq qiladi?
12. G‘ayriaxloqiy qilmishlar nima va ularning jinoyatlardan farqi bormi?
4-bob. JINOYAТ ТARKIBI



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin