O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Murakkab aybli jinoyatlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə50/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
jinoyat huquqi

8.2. Murakkab aybli jinoyatlar

1994-yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyatlarni sodir qilishda qasd va ehtiyotsizlikning uyg‘unligi birinchi marta ochib berilgan. Shu vaqtgacha bu tushuncha qonunda yo‘q edi. Jinoyat kodeksining 23-moddasida belgilanishicha: «Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi».


Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan bo‘lishi mumkin, kelib chiqqan oqibatlar esa, ehtiyotsizlik orqasida yuz bergan bo‘li­shi (masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuv­chining o‘limiga sabab bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, «d» bandi). Bunda shaxs qasddan badanga og‘ir shikast yetkazadi, o‘limga nisbatan esa, ehtiyotsizlikdan munosabatda bo‘ladi, chunki aybdor javbrlanuvchining sog‘lig‘iga tajovuz qilganda uni o‘ldirish niyati bo‘lmagan. Umuman bu qilmish qonunga ko‘ra (Jinoyat kodeksining 33-moddasi) qasddan sodir etilgan, deb hisoblanadi.
Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, Jinoyat kodeksi aybning faqat ichki shaklini, ya’ni qasd va ehtiyotsizlikni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan murakkab aybli (23-modda) jinoyatlar aybning uchinchi shakli emas, balki shaxsning jinoiy qilmishida qasd va ehtiyosizlikning uyg‘unlashuvidir xolos.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan holda shaxsning aybini yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun, agar oqibat yuz bersa, unda shaxsning ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi bo‘lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, murakkab aybli jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat jazoni og‘irlashtiruvchi oqibatlarga nisbatan bo‘lishi mumkin, lekin murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin