O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə53/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
jinoyat huquqi

8.5. Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari

Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan oqibatiga qarab, ayrim hollarda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va vositaga qarab, kvalifikatsiya qilinadi. Oqibatning yo‘qligi javobgarlikni istisno etadi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik faqatgina jinoyat qonunida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina kelib chiqadi.


Jinoyat kodeksining 22-moddasida aybning ehtiyotsizlik shakliga quyidagicha ta’rif berilgan: «O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilgan, deb topiladi».
Ko‘pchilik hollarda ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlar shaxsning o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida ijtimoiy manfaatlarga bo‘lgan loqayd munosabatlar va boshqalar tufayli sodir bo‘ladi. Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik kelib chiqqan oqibatga qarab belgilanadi. Masalan, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi), ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 111-mod­dasi), transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishning badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi (266-moddaning 1-qismi), yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazishga sabab bo‘lishi (259-moddaning 1-qis­mi) va shu kabilar.
Ammo qator hollarda javobgarlikka tortish uchun oqibatning kelib chiqishi nazarda tutilmaydi. Masalan, davlat sirlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 162-moddasi). Bu jinoyat qasddan va shuningdek, ehtiyotsizlik orqasida ham sodir etilishi mumkin hamda davlat sirlari oshkor etilgan vaqtdan boshlab qilmish tugallangan, deb hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 22-moddasi mazmunidan ko‘rinib turibdiki, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. O‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilayotgan jinoyatning intellektual (tafakkuriy) holati shundan iboratki, aybdor o‘zining xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra biladi.
Agar jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning beparvolik orqasida sodir etilgan jinoyat bilan taqqoslansa, ko‘rinib turibdiki, aybning o‘z-o‘ziga ishonish xavfliroq shaklidir, chunki bu holda aybdor xulq-atvori natijasida qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra bila turib, ongli ravishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga rioya qilmaydi. Masalan, haydovchi mast holda avtomashinani odamlar ko‘p joyda yuqori tezlikda boshqaradi, u ongli ravishda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi. Buning natijasida aybdor odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibat ro‘y berishi mumkinligiga ko‘zi yetadi va bu oqibatlar kelib chiqmasligi to‘g‘risidagi ishonchi xom xayol bo‘lib chiqadi (irodaviy holat).
Jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish ko‘rinishida sodir etilgan qilmishlar transport vositasini boshqarish, tabiiy muhitni qo‘riqlash va tabiatdan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun xos. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishi natijasida jinoyat-huquqiy normada ko‘rsatilgan oqibat yuz bermagan bo‘lsa, qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmaydi Masalan, haydovchi ongli ravishda belgilangan tezlikni oshirib, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi, ammo bu hech qanday oqibatlarga olib kelmadi. Bu holda haydovchiga yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan ma’muriy choralar qo‘llaniladi.
Jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishda shaxsning ongi va irodasi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatga, o‘zining xulq-atvoriga befarq bo‘lmaydi, balki hech qanday oqibat yuz bermaydi, deb hisoblaydi.
Beparvolik ko‘rinishidagi jinoyatni sodir etishda shaxs qonunda ko‘zda tutilgan o‘z xulq-atvori tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan bilmaydi. Lekin bilishi mumkin va zarur. Beparvolik ko‘rinishidagi jinoyatlarni sodir etishda oqibatlarni ko‘ra bilmaslik, shaxsning qonun talablariga, turli qoidalarga va boshqalarga beparvoligidan dalolat beradi. Jinoiy beparvolikda shaxs o‘z xulq-atvorining ijtimoiy xavfliligini anglamaydi. Natijada, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishi mumkin. Shunga qaramasdan, sodir etilayotgan qilmish holatlarini hisobga olib oqibatning yuz berishi mumkinligini bilishi zarurdir. Jinoiy beparvolik o‘z-o‘ziga ishonishdan shunisi bilan farq qiladiki, avvalo, shaxs o‘z xulq-atvorining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglamaydi. Lekin vaziyatni hisobga olib, jinoiy oqibat yuz berishini shaxs bilishi mumkin va zarurdir.
Sud-tergov amaliyotida jinoiy beparvolikni tasodifan yuz bergan qasddan ajrata bilish lozim. Jinoyat kodeksida birinchi marta (24-mod­dasida) aybsiz holda zarar yetkazish tushunchasi berilgan. Unda: «Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini angla­magan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi».
Bunday shaxsning harakatlari tufayli ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqan taqdirda ham aybi bo‘lmaydi (qasddan yoki ehtiyotsizlik shaklida) aybining yo‘qligi birinchi navbatda u qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagani, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagani yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagani va ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmaganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun shaxs har qanday ijtimoiy xavfli oqibat yuz berganda ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyotida oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun aybdorda imkoniyat bo‘lganmi yoki yo‘qmi, degan masalalarni hal qilish uchun obyektiv va subyektiv mezon ishlatiladi.
Beparvolikning obyektiv mezoni shaxsning yozilgan va yozilmagan oldini olish qoidalariga rioya qilmasligi natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish majburiyatini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, agar haqiqiy yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan shaxs ushbu xavfli oqibatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Subyektiv mezon shaxsning aniq bir vaziyatda va o‘zining individual xususiyatlari bilan ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini anglatadi.
O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikning umumiy jihatlari ko‘pligidan, ular aybning bir shakli tarkibiga kiritilgan. Ularning umumiyligi, eng avvalo, yagona ruhiy va ijtimoiy negizga ega ekanli­gida namoyon bo‘ladi. Bularga hushyorlikning yo‘qligi, e’tiborsizlik, ehtiyotkorlik qoidalarini mensimaslik va boshqalar kiradi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin