O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Aybsiz holda zarar yetkazish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə55/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
jinoyat huquqi

8.7. Aybsiz holda zarar yetkazish

1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida birinchi marta aybsiz holda zarar yetkazish tushunchasi berildi (24-modda). Unga ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning holatlariga ko‘ra, ko‘zi yetishi lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi.


Aybsiz holda zarar yetkazishning formal tarkibli qilmishlarga nisbatan tatbiq qilganda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxs mavjud vaziyatga ko‘ra, o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglamaydi. Moddiy tarkibli qilmishga nisbatan tatbiq qilganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi lozim va mumkin bo‘lmaganligidir. Aynan anglashi mumkin va lozim bo‘lmaganligi aybsiz holda zarar yetkazishni ehtiyotsizlikning beparvolik turidan farqlab turuvchi mezon hisoblanadi.
Bir hafta oldin ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab kelgan A. kech soat 22.00 da tanishi K. bilan uyida suhbat qilib o‘tirgan edi. Shunda eshikning qo‘ng‘irog‘i chalinadi. A. o‘rnidan turib, eshikni ochishi bilan uch kishi shaxt bilan uyga kirishadi. A. o‘zining raqiblari o‘ch olgani keldi, deb xayol qilib K.dan yordam berishni so‘raydi. K. o‘rnidan turib, o‘tirgan stulni olib uyga bostirib kirganlarning birining boshiga urib, badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazadi. Тergov organi K. va A.larning qilmishini Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 2-qismi, «v» bandi bilan ayb e’lon qilib, ishni sudga chiqaradi. Sud ish holatlarini batafsil tahlil qilib, A. va K.larni Jinoyat kodeksining 24-moddasi qoidalariga asoslanib, oqlov hukmi chiqaradi. Sud shunday qarorga kelishiga ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda uyga bostirib kirgan kishi militsiya xodimi ekanligiga qaramasdan (A.ning ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan), kirib kelganlarning biri profilaktika inspektori va ikki kishi mahalla posboni bo‘lib, ularning birortasida ularning farqini ko‘rsatib turuvchi belgi yo‘q edi. Bundan tashqari, mahalla posbonlarining birini qo‘lida tayoq ham bo‘lgan. Sud ana shunday vaziyatda A. va K.lar o‘zlariga hujum qilinganini o‘ylab harakat qilgan, deb topgan.
Sud ana shunday vaziyatni hisobga olib, ularni to‘g‘ri oqlagan.

1. Jinoyat subyektiv tomoni, deb nimaga aytiladi?


2. Jinoyat subyektiv tomonining jinoyat tarkibi elementlari tizimidagi ahamiyati nimalarda ifodalanadi?
3. Jinoyat subyektiv tomonining belgilarini bayon eting.
4. Ayb, deb nimaga aytiladi, uning shakllarini izohlang.
5. Qasd deb nimaga aytiladi, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning turlarini sanab o‘ting.
6. Тo‘g‘ri va egri qasdning farqlari nimada?
7. Ehtiyotsizlik va uning turlarini bayon eting.
8. Qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarning farqlarini tushuntiring.
9. Jinoyatlar motivi va maqsadining huquqiy ahamiyati nimada?
10. Egri qasd bilan o‘z-o‘ziga ishonishning farqlari nimalarda ifodalanadi?
11. Murakkab aybli jinoyatlar deganda, qanday jinoyatlar tushuniladi?
12. Jinoyat huquqida xato deganda, nimalarni tushunasiz?
9-bob. JINOIY JAVOBGARLIK VA

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin