O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoiy javobgarlik asoslari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə57/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
jinoyat huquqi

9.2. Jinoiy javobgarlik asoslari

Jinoyat huquqida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari muhim jinoyat-huquqiy muammolardan biri hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish asoslari falsafiy va yuridik jihatdan ko‘rib chiqiladi.


Jinoiy javobgarlikning falsafiy jihati shaxsda o‘z harakatini boshqara olish erkinligi mavjud bo‘lgan, qonun doirasida harakat qilishi mumkin bo‘lgan, ammo bu imkoniyatni suiiste’mol qilib, qonuniy taqiqni buzgan hollarda qo‘llaniladi. Shaxs o‘z harakatlarini amalga oshrishda mustaqil bo‘ladi.
Bu masala yuzasidan uch yo‘nalishda fikr bildiriladi:

birinchi yo‘nalish, (fatatistik yo‘nalish) tashqi vaziyat shaxsni boshqaradi, uning xulqiga ta’sir etadi va faqat shu muhit ta’sirida harakat qilishga majbur qiladi. Bunda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi yoki shaxsga uning aybisiz ayb qo‘yiladi;


ikkinchi yo‘nalish, (indoterministik yo‘nalish) inson faoliyati hech narsaga bog‘liq bo‘lmaydi, u har doim mustaqil tarzda o‘z xohishiga ko‘ra harakat qiladi;
uchinchi yo‘nalish, inson faoliyati atrof-tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi, uning ijtimoiy qobiliyati, shaxsiy ehtiyoji har qanday holatda qanday harakat qilish kerakligini belgilaydi. Bu shaxsning erkinligi bo‘lib, u mustaqil harakat qiladi va o‘z harakati uchun mustaqil javob beradi.
Jinoiy javobgarlikning yuridik jihati, jinoiy javobgarlikning nima uchun, qanday qilmish uchun va u qaysi sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga kelishini belgilaydi Jinoyat kodeksining 16-mod­dasida belgilanishicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish asos bo‘ladi.
Bu norma jinoiy javobgarlikning faktik va yuridik asosini belgiilaydi.
Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishdir. Qilmishning jinoyat, deb tan olinishi uchun unda qonunda ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lishi kerak.
Jinoiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ asoslar jinoiy javobgarlikning umumiy asosini tashkil qiladi. Sodir etilgan qilmish bilan qonunda ko‘rsatilgan belgilar o‘rtasida to‘liq muvofiqlik mavjud bo‘lsa, qilmishga baho berish davlatning vakolatli idoralariga aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1. Jinoiy javobgarlikning yagona va yetarli asos sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilarining mavjud bo‘lishidir.
Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibi tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibiga ta’rif berilgan. Jinoyat tarkibi deganda, Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida tavsiflaydigan obyektiv va subyektiv elimentlarning yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi normalarining dispozitsiyasida qaysi qilmish jinoyat ekanligi ko‘rsatilgan va ularga ta’rif berilgan. Jinoyatning obyektiv belgilari yordamida Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar (jinoyatning obyekti), qilmishning o‘zi hamda oqibatlari va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish (jinoyatning obyektiv tomoni); jinoyatning subyektiv belgilari orqali ayb, jinoyatning motivi va maqsadi (subyektiv tomon) va jinoyat sodir etgan shaxsga qo‘yiladigan talablar anglanadi.
2. Faqat sodir etilgan qilmishdagina jinoyat tarkibi bo‘lishi mumkin. Bu orqali Jinoyat kodeksida shaxsni jinoyat sodir etish haqidagi fikr, o‘y, xayol uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligini kafolatlanadi.
3. Jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan qilmish ijtimoiy xavfli, ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan yoki ular shunday zararni yetkazishning real xavfini keltirib chiqargan bo‘lishi lozim. Jinoiy javobgarlik asoslari belgilangan Jinoyat kodeksinig 16-moddasida qilmishning ijtimoiy xavfli bo‘lishi ko‘rsatilmagan. Lekin Jinoyat kodeksining boshqa moddalari mazmunidan bunday xulosaga kelish mumkin, ularda shaxs, davlat yoki jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qimishlar jinoyat, deb hisoblanishi belgilangan.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi obyektiv mezon hisoblanadi. Qonun chiqaruvchining vazifasi qilmishni ijtimoiy xavfli, deb baholab, unga qarshi kurashishidan iboratdir. Agar qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilari bo‘lib, lekin u ijtimoiy xavfli bo‘lmasa, u jinoyat, deb topilmaydi.
4. Jinoiy javobgarlikka tortish asosini aniqlash uchun sodir etilga qilmishni Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi normasi bilan tahlil qilish lozim. Agar sodir etilgan qilmishning tarkibiy elementlari «Maxsus» qism moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibiga muvofiq bo‘lsa, sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Agar sodir etilgan qilmishda jinoyatning biror belgisi bo‘lmasa yoki u ijtimoiy xavfli bo‘lmasa, jinoyat deb baholanmaydi. Masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish. Bu qilmish ijtimoiy xavfli bo‘lsa-da, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bunda jinoyat qonunini analogiya bo‘yicha qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat huquqiga taalluqli bo‘lgan jinoyat tarkibi elimentlaridan adabiyotlarda jinoiy javobgarlikka tortish uchun sodir etilgan qilmishning mavjud bo‘lishi yagona asos bo‘ladi1.
Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos shaxs tomonidan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Biroq, uni aniq bir shaxsga nisbatan tatbiq etish uchun yuridik hujjat – sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud bo‘lishi lozim. Sudning hukmi jinoiy javobgarlikni qo‘llashning asosi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 5-moddasida fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: «Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar». Bu asos hech qanday shaxs holatni yaxshilovchi yoki yengillashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanmaydi, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 8-moddasida: «Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas», deyilgan. Bitta qilmish uchun ikki marta jinoiy javobgarlikka tortmaslik faqat jinoiy javobgarlikka xos xususiyatdir. Ammo bitta jinoyat uchun jinoiy javobgarlik bilan bir qatorda boshqa javobgarlik choralari ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, jinoyat tufayli yetka­zilgan moddiy zarani qoplash (fuqaroviy javobgarlik), ishdan bo‘shatish (intizomiy javobgarlik).



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin