O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə56/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
jinoyat huquqi

UNING ASOSLARI


9.1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, jinoyat huquqning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo‘riq­lanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o‘z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa, jinoyat huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u jinoyat qonunida belgilab qo‘yilgan va sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo‘llashdan iboratdir. Shunga muvofiq, ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlari (axloqiy, fuqaroviy, ma’muriy va h.k.)dan, eng avvalo, o‘zining mazmuni jihatidan farq qiladi.
Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi berilgan: Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati tushuniladi.
Bundan tashqari, jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o‘rtasida kelib chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan faqat shu huquqbuzarlik uchun sanksiyada belgilangan jazo chorasini qo‘llash majburiyati vujudga keladi va unga nisbatan xuddi shunday ta’sir chorasi qo‘llaniladi.
Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy javobgarligi masalasi ko‘riladi. Jinoiy javobgarlik masalasi shaxsni dastlabki tergovga jalb qilish (majburlov va ehtiyot choralarini qo‘llash), ishni sudda ko‘rish, ayblov hukmini chiqa­rish, shartli hukm qilish va sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning tugashi yoki olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va sudlanganlik elementlarisiz bir lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va oxiri yo‘qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi bilan jinoiy javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo‘ladi. Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan davlatning majburlov chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir qiladi. Yoki shu vaqtdan boshlab, jinoiy javobgarlik tugaydi. Natijada, jinoiy javobgarlik belgilanmaydi va sudlanganlik yuzaga kelmaydi.
Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

birinchidan, o‘z yuridik mazmuniga ko‘ra jinoiy javobgarlik huquqiy oqibat keltirib chiqaradi;


ikkinchidan, jinoiy javobgarlikni faqat shaxsning aybi bilan sodir etilgan, ijtimoiy xavfli qilmish vujudga keltiradi;
uchinchidan, sud qilmish, jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarni qo‘llashdek davlatning majburlov shakllarida ifodalanadi;
to‘rtinchidan, u jinoiy huquqiy munosabatlar doirasida paydo bo‘ladi, amalga oshadi va bekor bo‘ladi.

Jinoiy javobgarlik sudning ayblov hukmiga oid qarori, ya’ni jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxsning sudla­nishidan boshlanadi. Jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:


1. Aybdorni jazo qo‘llamasdan sud qilish;


2. Aybdorga jazo belgilab, ammo uni real ijrosidan ozod qilib sud qilish;
3. Aybdorga jazo belgilab, uni ijro etgan holda sud qilish;
4. Aybdorga jazo va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning real ijro etishni belgilash bilan sud qilish.

Javobgarlikni amalga oshirishning birinchi shakli javobgarlikning ayblov hukmining chiqarilishi bilan tugallanishida ifodalanadi. Chunonchi, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga muvofiq, ish sudda ko‘rib chiqilmagunicha vaziyatning o‘zgarishi bois shaxs o‘zining namunali xulq-atvori, mehnatga yoki o‘qishga vijdonan munosabati tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolgan holatlarda ham sud uni jazoni o‘tashdan ozod etishi mumkin.





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin