O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Тamom bo‘lgan jinoyatlar tushunchasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə64/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
jinoyat huquqi

10.5. Тamom bo‘lgan jinoyatlar tushunchasi

Jinoyatni tamom bo‘lgan, deb topish uchun, Jinoyat kodek­sining «Maxsus» qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo‘lishi lozim. Modda­ning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) to‘liq mavjud bo‘l­ganda jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi.


Jinoyatning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu jinoyat qonunida belgilangan aniq bir jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ko‘rsatilgan oqibat kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Ba’zi bir jinoyatlarda uning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va aybdorning qasdi ayni shu oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi e’tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish maqsadida jinoyat sodir etsa, ammo badanga og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holatda jinoyat sodir etishga suiqasd bo‘ladi.
Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki yuz bermaganligidan qat’iy nazar, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Ba’zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan tanosil yoki OIТS kasalligini tarqatish jinoyatida, bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi (Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismi).
Ba’zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy guruhni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, jinoyat xuddi shu narsa tashkil etilgan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masa­lan, jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksining 242-mod­­dasi). Bu qilmish jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, uning mavjud bo‘lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyat huquqida bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat, deb yuritiladi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin