O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə62/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
jinoyat huquqi

Тamom bo‘lmagan suiqasdda jinoyatchi jinoyatning tamom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, oxiriga yetkaza olmaydi. Masalan, shaxs o‘g‘irlik qilish maqsadida uyga kiradi, barcha boyliklarni olib chiqib ketish uchun tayyor qilib qo‘yganida, to‘satdan uyning egasi kelib qolib, uni tutib oladi.
Тamom bo‘lgan suiqasdda esa, shaxs jinoyatni sodir etish uchun zarur bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshiradi, lekin o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, jinoyat tamom bo‘lmaydi va jinoiy oqibat yuz bermaydi. Тamom bo‘lgan suiqasdning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatchi o‘zi tomonidan jinoyatni oxiriga yetkazish uchun hech qanday qo‘shimcha harakat yoki kuch talab etilmasligiga ishonch hosil qiladi. Bunda aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoiy oqibat ro‘y bermaydi. Qasddan odam o‘ldirish maqsadida, aybdor jabrlanuvchiga o‘q uzadi, lekin o‘q tegmaydi yoki unga tan jarohati yetkazadi, xuddi shu maqsadda qo‘shnisini zaharladi, ammo shifokorlarning sa’y-harakati bilan jabrlanuvchining hayoti saqlanib qoladi. Suiqasdning tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan turlarga bo‘linishi qonunni qo‘llashda katta ahamiyatga ega. Chunki:

birinchidan, tamom bo‘lgan suiqasdning ijtimoiy xavfliligi tamom bo‘lmagan suiqasdga nisbatan yuqori;


ikkinchidan, suiqasdning ikki turga bo‘linishi jinoyatni oxiriga yetkazish masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga ega;
uchinchidan, jazo tayinlashda e’tibor beriladi;
to‘rinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Jinoyat huquqida ba’zi bir nazariyotchilar suiqasdning uchinchi turini – yaroqsiz suiqasd ham mavjud, deb hisoblashadi. Bu o‘z navbatida yaroqsiz obyekt (predmet)ga suiqasd va yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilishga bo‘linadi.


Yaroqsiz obyekt (predmet)ga suiqasd qilish shaxsning xatosi tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga zarar yetkazilmasligida ifodalanadi. Bunda shaxs jinoyat obyektiga nisbatan emas, balki predmetiga nisbatan xato qiladi. Shaxsni o‘ldirish maqsadida yaroqsiz quroldan o‘q o‘zish, aybdor tomonidan zahar, deb hisoblangan, lekin zararsiz bo‘lgan kukunni shaxsga berish bunga misol bo‘la oladi. Yuqoridagi misollardan suiqasdni yaroqsiz suiqasd, deb hisoblash qiyin. Yaroqsiz suiqasdda shaxs jinoyatni tugatish maqsadidda aniq bir obyektga tajovuz qiladi, ammo xatoga yo‘l qo‘yganligi tufayli o‘z maqsadiga erisha olmaydi.
Yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilish suiqasdning yana bir turi hisoblanadi. Bunga ham yuqoridagi misollarni keltirish mumkin. Yaroqsiz obyektga suiqasd qilish jinoyat sodir etish vositasi umuman yaroqsizligi va undan belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmasligi bilan farqlanadi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin