O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə63/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
jinoyat huquqi

10.4. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi va uning huquqiy belgilari 1994-yilgi Jinoyat kodeksining 26-moddasi va 30-moddasi, 5-qismida ifodalangan. Jinoyat kodeksining 26-mod­dasi, 1-qismiga muvofiq, shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan hara­katlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb baholanadi.


Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat jinoyatga tayyor­garlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida, ya’ni jinoyat tamom bo‘lmagan holda yuridik ahamiyatga ega.
Qonunda qaysi hollarda jinoyatdan ixtiyoriy qaytish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksining 26-moddasi, 1-qismiga ko‘ra:

a) shaxs tomonidan tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish;


b) jinoyatni sodir etishni to‘xtatish;
d) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olish – jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb hisoblanadi.

Shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi asoslari huquqiy adabiyotlarda turlicha ko‘rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish orqali qilmishning va shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi.


Ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy o‘ziga xos tomoni jinoiy oqibat va javobgarlikning vujudga kelmasligidir. Masalan, shaxs odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish maqsadida o‘q otish qurolini tayyorlaydi, biroq, odam o‘ldirish jinoyatini sodir etishdan o‘z xohishiga ko‘ra, ixtiyoriy qaytadi va jinoyat qurolini yo‘qotadi. Bunda shaxs odam o‘ldirish yoki g‘ayriqonuniy ravishda qurol tayyor­laganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning xohishi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosa­batlarga zarar yetkazmaydi va shuning uchun ham u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksining 26-moddasi, 2-qismida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlik belgilanmasligi ko‘rsatilgan.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytilgan, deb topish uchun:

1) shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligi;


2) jinoiy oqibat yuz berishini anglagan holda uning oldi olingan bo‘lishi kerak.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish o‘ziga xos ikki belgiga ega:

birinchisi, jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriyligi;


ikkinchisi, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning qat’iyligi.


Ixtiyoriylik deganda, shaxsning boshlangan jinoiy harakatni o‘z xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish imkoni borligini anglagan holda to‘xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning motivi turlicha (uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, diniy e’tiqodi, jabrlanuvchiga rahmi kelishi va boshqalar), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlariga ko‘ra, bo‘lishi mumkin.
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashi. Bunday holatlarsiz, shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi. Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirishga harakat qilsa, lekin atrofda odamlarning borligi, qurolning yaroqsizligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Demak, jinoyat sodir etish uchun imkoniyatning yo‘qligi ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi, balki jinoyatchi jinoiy harakatni to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish qat’iy bo‘lishi kerak. Qat’iylik – jinoyat sodir etayotgan shaxsning jinoyat sodir etish fikridan qaytishi va o‘zining jinoiy harakatini to‘xtatishi. Ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bu ikki belgiga ko‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb hisoblash uchun:

birinchidan, jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni mavjudligi;


ikkinchidan, jinoiy oqibatni oldini olingan bo‘lishi kerak.

Shaxsni jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarga, jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo‘ladi va buni biladi. Ixtiyoriy qaytish jinoiy oqibat yuz bergunga qadar, ya’ni tayyorgarlik va suiqasd bosqichida bo‘lgan bo‘lishi lozim.


Jinoyat kodeksida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki turi belgilangan bo‘lib, ulardan biri jinoyatning obyektiv tomoni sodir etilgunga qadar bo‘lgan barcha harakatlar, ikkinchisi, obyektiv belgilariga ko‘ra, bir-biridan farq qiluvchi harakatlardir.
Ixtiyoriy qaytishning bu ikki turi obyektiv belgilariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi, biroq har ikki tur uchun umumiy bo‘lgan:

a) jinoiy harakatni yoki jinoiy oqibat yuz berishini to‘xtatish;


b) ixtiyoriy qaytish;
d) qaytishning qat’iyligi kabi belgilarga egadir.

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv ko‘rinishi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda eng muhimi shaxsning tayyorgarlik harakatini boshlaganligi yoki jinoyat obyektiv tomonini bajarishga kirishganligi va jinoyatni to‘liq sodir etmasligi hisoblanadi. Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi passiv bo‘lib, jinoiy faoliyat jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida tugaydi. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ixtiyoriy qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi. Masalan, jinoyatga tayyorgarlikni to‘xtatish. Shuningdek, ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini yo‘qotish, huquqni muhofaza qilish organliriga tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar berish). Ixtiyoriy qaytishning ikkinchi turi esa, shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat oqibatining oldini olishga qaratilgan harakatdir.


Тamom bo‘lmagan suiqasd bosqichidagi ixtiyoriy qaytish ham harakatsizlikda ifodalanadi. Shaxs jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishni boshlagan holda uni oxiriga yetkazmasdan tugatadi. Masalan, jinoyatchi o‘g‘rilik jinoyatini sodir etish maqsadida uyning qulfini buzadi, ammo uyda xonadon egalari borligini ko‘rib, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytadi. Тamom bo‘lmagan suiqasd aktiv harakat orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ona o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish maqsadida uni ovqatlantirmay qo‘yadi, lekin keyinchalik buning oldini olish maqsadida zarur choralarni ko‘radi. Shaxs jinoyatni tavsiflovchi tashqi ta’sir ostida emas, balki o‘zining ichki ishonchiga asosan sodir etmaydi.
Тaniqli huquqshunos olimlarning fikrlariga ko‘ra, tamom bo‘lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo‘lishi mumkin emas. Ular o‘z fikrlarini qasddan odam o‘ldirish jinoyati misolida ko‘rib chiqib shunday deydilar, shaxs odam o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, u sodir etib bo‘lingan harakatni bartaraf eta olmaydi1.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish subyektiv tomondan qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Masalan, jinoyatchi uy ichida odamlar uxlayotganligini bilgan holda uyga o‘t qo‘yadi. Uning uyga o‘t qo‘yishga bo‘lgan munosabati to‘g‘ri qasddan, ichkarisidagi odamlarning hayotiga bo‘lgan munosabati esa, egri qasddan bo‘ladi. Chunki uy ichidagi odamlar olovdan qochib, o‘lmay qolishi ham mumkin. Agar shaxs jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytsa, ham to‘g‘ri qasddan, ham egri qasddan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 30-moddasi ishtirokchilikda sodir etilayotgan jinoyatlardan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikni istisno etadi. Тashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ixtiyoriy ravishda jinoyat sodir etishdan qaytib, jinoyatni oldini olish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga bog‘liq barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rsa, u jinoyatda ishtirok etganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
Bu qoidadan ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishi, yakka shaxsni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishidan keskin farq qiladi:

birinchidan, qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikdan ozod etish uchun muayyan shartlar nazarda tutilgan;


ikkinchidan, qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya’ni faqatgina dalolatchi, tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin;
uchinchidan, ular tomonidan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytib, jinoyatni oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rilgan bo‘lishi zarur.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin