- ni (ye): akkredit-lash (akkreditovaniye), kod-lash (kodirovaniye), asfalt-lash (asfaltirovaniye) va h.k. Tormojeniye, kooperirovaniye, izolirovaniye singari o‘zlashma terminlarning asosi o‘zbek tilida mustaqil ma’no ifodalamaydi. Bunday vaziyatlarda o‘zbek tilida o‘zlashmaning asosi qayta tiklanadi va unga o‘zbekcha affiks qo‘shiladi. Masalan, tormoz-lash (tormojeniye), abstrakt-lash (abstragirovaniye), model-lashtirish (modelirovaniye) va h.k.;
Ba’zan modernizatsiya, elektrofikatsiya singari o‘zlashmalarga – lash,-lashtirishqo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida modernizatsiyalash, modernizatsiyalashtirish, elektrofikatsiyalash, elektrofikatsiyalashtirish singari terminlar ham paydo bo‘ladi.
O‘zbektiligao‘zlashganruscha-baynalmilalterminlar.Ruscha so‘z
+ ruscha so‘z yoki baynalmilal so‘z + ruscha so‘z strukturali qo‘shma terminlar o‘zlashish jarayonida o‘zbek tili qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning o‘zbek tilida o‘zlashishi tubandagi usullar bilan amalga oshadi:
Ruscha-baynalmilal terminlarning rus tiliga xos ikkinchi komponenti o‘zbek tilidagi mos so‘z bilan emas, balki so‘z yasovchi affiks bilan almashtiriladi. Oqibatda, ruscha-baynalmilal qo‘shma termin o‘zbek tilida yasama terminga aylanadi:
- soz: mashina-soz (mashinostroitel), vagon-soz (vagonostroitel), samolyot-soz (samolyotostroitel), raketa-soz (raketostroitel), shahar-soz (gradostroitel) va h. k.;
-sozlik:mashina-sozlik (mashinostroyeniye), shahar-sozlik (gradostroitelstvo) vagon-sozlik (vagonostroyeniye), pribor-sozlik (priborostroyeniye), raketa-sozlik (raketostroyeniye) va h. k.;
-shunos: material-shunos(materialoved), mashina-shunos (mashinoved) va h. k.;
Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning ikkinchi komponenti ayni o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi yoxud kalka usuli bilan tarjima qilinadi: bomba - qidirgich (bomboiskatel), bomba -pana (bomboubejishe), giper – tovush (giperzvuk), kino – qurilma (kinoustanovka), elektr - hisoblagich (elektroschetchik), elektr–sim (elektroprovod), radio-niqoblash (radiomaskirovka), mikro-qarz (mikrokredit) alfa-sinov (alpha-testing), kross-brauzerlik (cross-browser) va h.k.
Ushbu metod ruscha-baynalmilal xarakterdagi qisqartma qo‘shma terminlarni o‘zlashtirish jarayonida ham qo‘l keladi: aero-chana (aerosani), tele-markaz(teletsentr), termo–qarshilik (termosoprotivleniye), gelio-qurilma (gelioustanovka), tele-sharhlovchi (telekommentator), avia–sozlik (aviastroyeniye), avto–yo‘l (avtodoroga), veb-hujjat(veb-dokument), veb-anjuman(veb-konferensiya), motoo‘qchi rota (motostrelkovaya rota) va h.k.
Ruscha – baynalmilal terminning har ikki komponenti o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi (yoki kalka qilinadi): ko‘prikqo‘ygich (mostoukladchik), havoisitgich (vozduxonagrevatel), havosovutgich (vozduxooxladitel), havotozalagich (vozduxoochistitel) va h.k. So‘nggi paytlarda birinchi komponenti qisqartmalardan tashkil topgan ikki komponentli terminlarning o‘zbek tili terminlar tizimida faol qo‘llanishi kuzatilmoqda. Chunonchi, internet tarmog‘ida qo‘llanayotgan DNS serveri, BGP bayonnomasi, NSFNET tarmog‘i, ISDN standarti, BRI interfeysi, CASE tizimi shular jumlasidandir.