O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə39/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari.


Islohotlarni tadrijiy yo‗sinda amalga oshirish strategiyasi boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi.


Mustaqillikning ilk yillarida aksariyat hollarda matbuot erkinligi masalasiga o‗ta jo‗n va biryoqlama munosabatda bo‗lingani sir emas. O‗sha yillarda so‗z erkinligining sharti bitta mutlaq erkinlik berilsa bo‗ldi, olam guliston, jamiyat ham, matbuot ham demokratlashadi- qo‗yadi degan qarashlar xukmron edi. Vaholanki, real hayot bunday tushunchalarning tamomila aksini ko‗rsatdi. Ommaviy axborot vositalari:

  • jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi o‗rin tutishi, omma bilan hokimiyat o‗rtasida faol muloqot vositasiga aylanmog‗i;

  • amalda "to‗rtinchi hokimiyat" darajasiga erishmog‗i va shu orqali jamiyatda oshkoralik muhitini yaratishi, demokratik tamoyillarning keng yoyilishida jonbozlik ko‗rsatishi, matbuotning, demakki, jurnalistning o‗rni va ahamiyatini mustahkamlash uchun, eng avvalo, huquqiy baza, huquqiy muhit yaratilmog‗i zarur edi. O‗zbekiston bu borada jahon tajribasida sinovlardan ko‗p bor o‗tgan eng to‗g‗ri yulni tanladi.

E‘tirof etish kerakki, istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy qonunchilik instituti, professional Parlament tajribasi vujudga keldi, shakllandi. Buni matbuot va ommaviy axborot vositalari, umuman, jamiyatni axborotlashtirish sohasiga doir qabul qilingan qonunlar misolida ham ko‗rish mumkin. Ikkinchidan, qabul qilingan va amaliyotga kiritilgan har qanday qonun, u qaysi sohaga daxldor ekanidan qat‘i nazar, jurnalist faoliyatida yo bilvosita, yo bevosita ahamiyatga ega. Chunki e‘lon qilingan har qanday yo‗nalishdagi, hajmdagi (hatto qisqa axborotning ham) maqola-materialning salmog‗ini muallifning qonunlardan boxabarlik darajasi belgilaydi. Zero, ana shu sharoitdagina qonun ishlaydi, hayotga tatbiq etilish ko‗lami kengaya boradi, huquqiy meyorlar kundalik turmushga singadi, nihoyat, qonun bandlarining mumkin
qadar keng targ‗ib etilishi yo‗lga qo‗yiladi. Bevosita ommaviy axborot vositalariga taalluqli turkum qonunlarga kelsak, jamiyatning erkinlashuvini ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz tasavvur qilib bo‗lmaganidek, ommaviy axborot vositalari erkinlashuvining qonuniy asoslarini yaratmay turib, matbuot so‗ziga to‗laqonli erkinlik bagishlash ham mumkin emas. O‗zRda yaratilgan va hayotga tatbiq etilgan, bevosita ommaviy axborot vositalari sohasiga tegishli qonunlar istiqlol davri milliy jurnalistikasining bosqichma-bosqich zamonaviy maqomlarga ko‗tarilishida ulkan ahamiyat kasb etdi.
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq hayot va davr har bir soxa vakillari oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‗ya boshladi. Jumladan, demokratik jamiyat qurishning asosiy masalalaridan bo‗lmish matbuotni erkinlashtirishning o‗ziga xos xususiyatlarini, talablarini, qonuniyatlarini o‗rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, manfaatlar uyg‗unligiga erishish, xususan, ommaviy axborot vositalari tizimidagi islohotlarni, chunonchi, ular faoliyatini erkinlashtirish, nomarkazlashtirish, o‗zini o‗zi boshqarish mexanizmini yaratish, ommaviy axborot vositalarini bozor munosabatlari sharoitida sog‗lom raqobat asosida faoliyat yuritishga tayyorlashdek jarayonlar davri kelgan, bunday serqatlam va murakkab jarayonlarni tartibli, ayni chog‗da samarali tarzda tashkil etish uchun ham, yuqorida takidlanganidek, ommaviy axborot vositalari tizimini isloh etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarur edi. Shu ma‘noda, 1997 yil milliy matbuotimiz tarixi sahifalariga alohida sana sifatida kiradi. Shu yili mamlakatimiz Parlamenti tomonidan "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‗g‗risida"gi, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‗g‗risida"gi hamda "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonunlar qabul qilindi.
Matbuot jamiyatning demokratik institutlaridan biri bo‗lib, jamiyat oldida qanday vazifa turgan bo‗lsa, matbuot oldida ham ayni shunday vazifa turadi. Bundan anglashiladiki, turli jamiyatlarga mansub axborot vositalari matbuotning umumiy prinsiplariga (voqealarni xolis, haqqoniy va vaqtida yoritish) rioya qilgan holda, jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, bir- biridan farq qilishi ham mumkin. Buni rivojlangan va taraqqiy topgan mamlakatlarning matbuoti bilan milliy rivojlanish yo‗liga endi-endi qadam qo‗yayotgan mamlakatlarning matbuoti misolida aniq ko‗rish mumkin.
Mustaqillik davri matbuotidagi izlanishlar, jahon tajribasining ilg‗or namunalaridan ibrat olish mahsuli o‗laroq, jurnalist tekshiruvi o‗zbek matbuoti sahifalaridan ham o‗rin oldi, jurnalist tekshiruviga ixtisoslashgan jurnalistlar guruhi yetishib chiqdi.
"Jurnalistlar faoliyatini himoya qilish to‗g‗risida"gi Qonun 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan bo‗lsa, shu yilning dekabr oyida qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonunning 9-moddasi ham "Jurnalistik tekshiruv"ga bag‗ishlangani bejiz emas. Avvalgi Qonunning 9-moddasidagiga nisbatan, yangi Qonunning 9-moddasida jurnalist tekshiruvi birmuncha kengroq bayon etilgan, ushbu yo‗nalishga ixtisoslashayotgan jurnalistlar faoliyati uchun yanada keng imkoniyatlar berilgan.
Mustaqillik davri matbuotining o‗ziga xos xususiyatlari ommaviy axborot vositalari sonining ortishi, nomarkazlashuvi, mulkiy jihatdan xilma-xillashuvida, ayniqsa, nodavlat OAVning ko‗paya borishida o‗z ifodasini topa boshladi. Bunday holatda ommaviy axborot vositalarini tashkil etish, ular faoliyatini yuritish yoki to‗xtatish bilan bog‗liq munosabatlarga doir huquqiy meyorlarni ishlab chiqish kechiktirib bo‗lmaydigan vazifalardan ekanligi tabiiy. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida‖gi Qonun ayni shu maqsadlarga xizmat qildi. Mazkur Qonundagi muhim yangiliklardan biri mamlakatimizda davom etayotgan jamiyatni erkinlashtirish jarayonlariga bevosita taalluqli edi. YA‘ni, respublikamizda yuridik shaxslar qatori jismoniy shaxslarga ham ommaviy axborot vositalarini ta‘sis etish huquqi berilishi mutlaqo yangilik bo‗ldi.
"Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonunning 3 va 4-moddalari xalqimizning, xususan, ijodkorlarning asriy orzularini ro‗yobga chiqardi, deyish mumkin. Chunki "Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‗z fikri va e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga ega‖ligi, mazkur huquqiy meyorning izchil davomi bo‗lmish "O‗zRda ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. E‘lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar
oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‗zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‗q", deya belgilanishi axborot sohasida mustabid tuzumdan kolgan eng katta illatga barham berdi.
Garchi "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‗g‗risida"gi Qonun bandlari jurnalistning ijod chog‗idagi va undan oldingi bosqichga daxldor faoliyatiga taalluqli bo‗lsada, uning "Jurnalistning javobgarligi" deb atalgan 15-moddasi jurnalist asarining chop etilgandan keyingi bosqichiga ham bevosita taalluqli. Unda jurnalistning o‗zi tayyorlagan va tarqatgan xabar va materiallarning haqqoniyligi uchun javobgarligi belgilanganki, mazkur modda hayotga keng tatbiq etilgani sayin "Senzuraga yo‗l qo‗yilmaydi" degan moddaning to‗la ishlashiga imkon yaratadi. Chunki jurnalist yozayotgan so‗zi uchun shaxsiy javobgarligini chuqurroq va amaliyroq idrok eta borishi, birinchidan, uning shaxsiy salohiyati ortib borishiga asos yaratsa, ikkinchidan, matbuot so‗zining ta‘sirchanligi, matbuotning jamiyatdagi nazoratchilik vazifasining sog‗lomlashuvi uchun xizmat qiladi. "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonunning "Raddiya berish va javob qaytarshi huquqi" deb nomlangan 27-moddasi ham jurnalist so‗zining, nuqgai nazarining puxta va mustahkam bo‗lishiga asos yaratadi.
Mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari zamon va global o‗zgarishlar shiddatiga hamohang tarzda kechmoqda. Ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar, mamlakat hayotini modernizatsiyalash, jamiyatdagi demokratik evrilishlar, fuqarolik jamiyati tayanch mezonlarining qaror topishi, jumladan, son va miqyos jihatidan kengayib borayotgan ommaviy axborot vositalari "maydoni"ning vujudga kelishi sohaga doir qonunlarni qayta kurib chiqish, zarurat tug‗ilgan xollarda ularni yangi taxrirda qabul qilishga ehtiyoj tug‗dirdi. 2007 yilning yanvar oyida yangi taxrirda qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonun ana shunday ehtiyoj mahsuli edi.
Mazkur Qonunning amaldagi Qonunga nisbatan yangiligi nimada?
Avvalo, shuni aytish kerakki, 1997 yili amalga kiritilgan "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi Qonunga 2002 yilning avgust oyida o‗zgartirishlar kiritilgan edi. 2007 yilning yanvar oyida esa Qonun yangi tahrirda qayta qabul qilindi. Unda quyidagi yangiliklar bo‗ldi:
Qonun shaklan jiddiy o‗zgardi, 6 bobning har birida OAV faoliyati bilan bog‗liq alohida bosqichlar qamrab olindi va umumlashtirildi;

  • "Ommaviy axborot vositalari" tushunchasi kengaydi, jumladan, elektron OAV bilan bog‗liq yangiliklar kiritildi;

  • OAV muassisi va muassislari, OAV tahririyati, bosh muharrir, tahririyat xodimi maqomi mustahkamlandi.

Milliy ommaviy axborot vositalari tizimi, birinchi navbatda, aholining axborotga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatining asosiy shartlaridan biri jamiyatda erkin axborot almashinuvi jarayonlari ta‘minlanishidir. Emin-erkin axborot almashinuvi yaratilgan jamiyatgina "axborotlashgan jamiyat" maqomiga ega bo‗ladi. Jamiyat miqyosida kechadigan turli jarayonlar, munosabatlar an‘anaviy "matbuot" yoki "ommaviy axborot vo- sitalari" tushunchalariga "sig‗maydi", shu bois jahon tajribasida, chunonchi, keyingi yillarda matbuotga doir ilmiy tadqiqot ishlari va amaliyotda "ommaviy kommunikatsiya" atamasi keng ommalashmoqda. Amaliy jihatdan olganda, mamlakatimizda ommaviy kommunikatsiya talablari va ehtiyojlari har jihatdan, ayniqsa, huquqiy jihatdan zamonaviy talablarga javob berishini ta‘kidlash lozim.
1992 yilning yanvar oyida "Aloqa to‗g‗risida"gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda demokratik islohotlar boshlanayotganidan dalolat edi. Zero, aloqaning huquqiy asoslari mohiyat- e‘tibori bilan jamiyatda ochiq axborot muhiti shakllanishiga zamin yaratadi. "Axborotlashtirish to‗g‗risida"gi Qonun (1993 yil, may) bu yo‗nalishdagi navbatdagi muhim qadam bo‗ldi. "Fuqarolarning murojaatlari to‗g‗risida"gi Qonun (1994 yil, may) jamiyatda shaxs huquqining mustahkamlanishi, uning o‗rni, fikri va so‗ziga e‘tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. "O‗zRning davlat tili haqida"gi (1995 yil, dekabr), "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‗g‗risida"gi (1996 yil, avgust), "Noshirlik faoliyati to‗g‗risida"gi (1996 yil, avgust), "Reklama to‗g‗risida"gi (1998 yil, dekabr), "Telekommunikatsiyalar to‗g‗risida"gi (1999 yil, avgust)
qonunlar ham bilvosita, ham bevosita jamiyatda demokratik qadriyatlar va talablarga javob beradigan, axborot maydonini yaratishga xizmat qiladigan, pirovard natijada, respublikadati hayot tarzini taraqqiy ettan davlatlar darajasiga ko‗tarishga xizmat qiladigan hujjatlardir.
Zamonaviy taraqqiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)siz tasavvur qilish qiyin. Ayni chog‗da, shaxs, jamiyat va davlatning axborot ehtiyojini AKTsiz yo‗lga qo‗yish qiyin. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan, madaniyat va san‘at, maishiy sharoit singari inson hayoti bilan bog‗liq jabhalarda sog‗lom turmush tarzining qaror topishi ko‗p jihatdan AKTga chambarchas bog‗liq. Mana shunday talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‗z erkinligini ta‘minlashga qaratilgan amaldagi ayrim qonunlarga qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritish, shuningdek, yaxshi qonunlar qabul qilish taklifi bilan chiqdi. Chunonchi, Prezident tomonidan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida"gi, "Teleradioeshittirish to‗g‗risida"gi, "Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‗g‗risida"gi, "Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida"gi Qonunlarni qabul qilish yuzasidan kiritilgan takliflar har jihatdan muhim va dolzarb ekanligini alohida ta‘kidlash zarur.
Mamlakat hayotida muhim o‗zgarishlar yuz berayotganida, jamiyat yangilanayotganida ommaviy axborot vositalariga bo‗lgan talab keskin oshadi. Chunki yangi sharoitda boshqaruv tizimi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tamoyillari, ma‘naviy-axloqiy qadrishlar o‗zgaradi, milliy rivojlanish va taraqqiyotning yaqin-uzoq istiqbolga mo‗ljallangai asosiy yo‗nalishlari belgilab olinadi. Matbuot jamiyatning faol va erkin demokratik institutlaridan biri sifatida yangi g‗oyalar targ‗ibotchisiga, jamoatchilik fikrini shakllantirishniig ta‘sirchan, samarali minbariga aylanadi. Odamlarda jamiyat hayotida, dunyoda yuz berayotgan muhim o‗zgarishlarni matbuot orqali bilishga, ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga qiziqish kuchayadi.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da (2010 yil 12 noyabr) parlament faoliyatini. siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirish, partiyalararo raqobatni kuchaytirish va uning samaradorligiga erishish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalariga doir huquqiy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‗lgan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy hayotida erishilgan yutuqlarni, xalqimizning dunyoqarashi va ongi-shuurida, turmush tarzida, davlat jamiyat shaxs munosabatlarida ro‗y berayotgan o‗zgarishlarni tahlil qilish bilan birga, davlatimizning umumiy taraqqiyotini yangi sifat bosqichiga ko‗tarish, xalqimizning hech kimdan kam bo‗lmagan farovon turmushini ta‘minlash, mamlakatda ijtimoiy adolat prinsiplarini to‗la qaror toptirishga doir hayotning o‗zi kun tartibiga qo‗yayotgan masalalar yuzasidan g‗oyat muhim takliflarni o‗rtaga tashladi.
Globallapguv va raqobat dunyo miqyosida kuchayib borayotgan bir paytda har bir mamlakat dunyo hamjamiyatida o‗zi egallab turgan o‗rnini xolis va tanqidiy baholashi, har tomonlama chuqur o‗ylangan, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari puxta ishlab chiqilgan taraqqiyot dasturi hamda uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‗lishi kerak. Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining boshqa muhim masalalari qatori axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‗z erkinligini ta‘minlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish, ularning erkinligi va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga ham jiddiy e‘tibor berildi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyatini, so‗z erkinligini ta‘minlaydigan, demokratik talab va standartlarga mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida"gi Qonunning qabul qilinishi odamlarning o‗zlari istagan axborotni hech bir moneliksiz olishini, ayni chog‗da, axborotni muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta‘minlash imkonini berdi. Natijada matbuotimiz sahifalarida sobiq tuzum sharoitida mutlaqo qo‗l urilmagan, hech kim jur‘at etmagan, rasman taqiqlab qo‗yilgan ko‗plab mavzular, chunonchi, tanqidiy mushohadalar, qiyosiy tahlillar, ijtimoiy-siyosiy sharhlar paydo bo‗ldi.
Mamlakatimizning yetakchi nashrlarida e‘lon qilinayotgan materiallarning ta‘sirchanligi sezilarli darajada oshdi. Yangi mustaqil matbuot biroz sustkashlik, qiyinchilik bilan bo‗lsa-da, o‗zining yangi yo‗li va maqomini topib oldi.
Prezident OAV imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotidagi o‗rnini mustahkamlash, jurnalistlar faoliyatini ijtimoiy va huquqiy jihatdan kafolatlash zarurligini yana bir bor kun tartibiga qo‗ydi: "Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarni erkin va xolis ifodalashga qodir bo‗lishi, hokimiyat bilan jamiyat o‗rtasida xolis vositachi bo‗lishi va, muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‗lishi uchun professional jurnalistlar va OAV xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‗rib chiqish, axborot olish, tahlil qilish, ishlash va yetkazishning zamonaviy usullari va vositalarini o‗zlashtirishda ularga yordam berish zarur" (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fyqapolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: O„zbekiston, 2011. B. 70-79.).
Islom Karimovning asarlari, nutq va ma‘ruzalari, matbuot va OAV xodimlariga tabriklarida mustaqillik davri matbuotining bosh vazifalari aniq-lo‗nda ifodalab berilgan.
―Axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari matbuot, radio-televideniye faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Qisqa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari tom ma‘noda
―to‗rtinchi hokimiyat‖ darajasiga ko‗tarilmog‗i lozim. Bu to‗g‗rida gapirganda, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid bo‗lgan ba‘zi bir masalalar haqida to‗xtalib o‗tish o‗rinli deb bilaman. Shuni ochiq aytishimiz kerakki, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqtlar davomida mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo, psixologik jihatdan o‗zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o‗zi uchun yangi bo‗lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko‗rsatma kutib o‗tirgandek ko‗rinadi. O‗ylaymanki, haqiqiy demokratik matbuot ko‗rsatma asosida yashay olmaydi va yashashi ham mumkin emas. Erkin matbuot real vaziyat sharoitida faoliyat ko‗rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko‗tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalari faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak" (Prezident Islom Karimovning OM 2002 yilgi 9-sessiyasida so‗zlagan nutqidan).
―Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‗layotgan voqealar to‗g‗risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‗lidan ilgari yurishimizga to‗siq bo‗lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi‖ (Karimov I.A. O„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo„lmaydi. 13-j. -T.: O„zbekiston, 2005. -B. 403.).
Matbuot so‗zining ta‘sirchanligi va samaradorligiga erishishda iqtisodiy erkinlik muhim ahamiyatga ega. U yoki bu nashr iqtisodiy jihatdan mustaqil emas ekan, bu holat uning so‗ziga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Xarajatlarini qoplay olmayotgan tahririyatlar aksariyat hollarda turli tashkilotlarga, masalan, banklarga, tijorat yo‗nalishidagi korxonalarga, tadbirkorlarga yordam so‗rab, murojaat qiladilar. Ular homiylik yordami ko‗rsatishlari mumkin, ammo buning uchun gazeta sahifalarida o‗z faoliyatlariga doir quruq maqtov-targ‗ibot materiallarini e‘lon etilishini talab qilishadi. Bu esa nashr mavqeini susaytiradi.
O‗zRning Birinchi Prezidenti I.Karimovning yana bir taklifi ―Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‗g‗risida‖ Qonun qabul qilinishi matbuotda xolislik va haqqoniylik prinsiplarining to‗la qaror topishiga zamin yaratadi. Chunki tijorat ishlari bilan shug‗ullanmaydigan ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy nashrlarning reklama materiallariga zo‗r berishi ularni asosiy vazifadan chalg‗itadi, tahririyatga moddiy yordam ko‗rsatayotgan norasmiy homiylarning ta‘siriga tushib qolish xavfi yuzaga keladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari yangilanish va qayta shakllanish yo‗lini bosib o‗tdi.
Matbuot jamiyatda siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, jamoatchilik fikrini shakllantirish, jamiyat a‘zolarining ijtimoiy faolligiga, xususan, amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligiga ta‘sir ko‗rsatish, xalqimizning milliy va ma‘naviy qadriyatlarini asrab-avaylashda muhim rol o‗ynamoqsa. OAV faoliyatini rivojlantirish va erkinlashtirishda jamoat tashkilotlari, jumladan, Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‗zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi faoliyati fikrimizga dalil bo‗la oladi.
Milliy matbuotimiz tizimida yangi tarmoqlar, jumladan, xususiy gazeta-jurnallar, radio va televideniye, nashriyot va bosmaxonalar paydo bo‗ldi. Siyosiy nargiyalarning nashrlari matbuotda fikr erkinligi, ijodiy raqobat, bahs-munozara ruxini kuchaytirdi. Vazirlik va tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqasini kuchaytirish maqsadida ularning matbuot xizmatlari tashkil etildi. Faol, fidoyi ijodkorlar mehnatini qo‗llab-quvvatlash maqsadida ―Oltin qalam‖,
―Yilning eng faol jurnalisti‖, ―Eng ulug‗, eng aziz‖ tanlovlari o‗tkazilmoqda. Matbuotda uzoq yillar ishlagan fidoyilar davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‗lishmoqda. O‗zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a‘zolari tarkibida gazetalarning bosh muharrirlari ham borligi, ayniqsa, quvonarlidir.
2017 yilda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan OAVning soni 1513, nashriyotlar soni 122 tani tashkil etgan (Qarang: I.Mirziyoyev. Asarlar. 2-jild. 2018. 186 bet.)
Sohani yanada rivojlantirish va zamon talablari darajasiga yetkazish maqsadida 2018 yil 24 mayda O‗zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, Vatanimiz mustaqilligining dastlabki davrida o‗tkazilayotgan keng qamrovli islohotlar, hayotimizning barcha sohalari qatori ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham o‗zining ijobiy samarasini bermoqda.



  1. Yüklə 7,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin